Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Visola Tangirova!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Umarjon Rahimov (munozara) 13:25, 21-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Ism Familiya tahrir

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Oʻzbekcha Vikipediyada kishi haqidagi maqolalarni Ism Otasining ismi Familiya formatida emas, Ism Familiya formatida nomlang. Shunda, Konstantin Petrovich Nechayev emas, Konstantin Nechayev boʻladi. Malikxan munozara 20:14, 24-Iyun 2022 (UTC)Javob berish

@Malikxan Assalomu alaykum. Xushvaqt boʻling. Xoʻp shunday qilaman Visola Tangirova (munozara) 06:07, 25-Iyun 2022 (UTC)Javob berish

Kishi ismlari tahrir

Salom. Sizdan iltimos qilardimki, asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang, balki aslidek yozing. Masalan, Albert Eynshteyn yoki Albert Aynshtayn, deb emas, Albert Einstein, deb yozing. {{Talaffuz}} andozasini maqolada ishlatishingiz mumkin, shunda bu ism qanday oʻqilishini bilib olish mumkin. Batafsil VP:Kishilar ismlari sahifasi bilan tanishib chiqing. Yoqimli tahrirlar tilayman! Malikxan munozara 00:26, 26-Iyun 2022 (UTC)Javob berish

@Malikxan Assalomu alaykum. hoʻp Visola Tangirova (munozara) 00:30, 26-Iyun 2022 (UTC)Javob berish
Gotthard Geynritsi maqolasi nomini Gotthard Heinriciga koʻchirdim. Siz esa maqola ichidagi barcha asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini aslidek qilib tuzatishingiz lozim. Gotthard Geynritsi emas, Gotthard Heinrici, Adolf Gitler emas, Adolf Hitler. Malikxan munozara 00:30, 26-Iyun 2022 (UTC)Javob berish
@Malikxan hoʻp Visola Tangirova (munozara) 00:33, 26-Iyun 2022 (UTC)Javob berish

Qirim haqiqati sahifasi tezda oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi tahrir

 

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Siz yaratgan Qirim haqiqati nomli sahifa bizning siyosatimizga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlarining „U1: Maʼnosiz“ bandiga binoan oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirmaslik lozim, deb hisoblasangiz, bu haqda uning munozara sahifasida tayinli sabab(lar) keltirgan holda bayon eting.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Panda D (munozara) 05:01, 23-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

  DarkHorse sizga goʻzal va yoqimli atirgul hadya qildi! Yoqimli tahrirlar!

DarkHorse(munozara) 09:27, 1-Sentabr 2022 (UTC)

@Husniddin Rasulov, Rahmat Visola Tangirova (munozara) 09:29, 1-Sentabr 2022 (UTC)

Forumda ishtirok eting! tahrir

Salom, Visola Tangirova! Vikipediyada faol va tajribali foydalanuvchilardan biri boʻlganingiz uchun sizni ushbu forumda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman! MaxiMillian (talk) 10:45, 14-Oktabr 2022 (UTC)

Yangi 2023-yil muborak boʻlsin! tahrir

  Yangi 2023-yil bilan!

Assalomu alaykum Visola! Sizni kirib kelgan yangi 2023-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman! Kelayotgan yil barchamizga baxt, omad va quvonch keltirsin. Yakunlangan 2022-yilda siz bilan oʻzbekcha vikipediyada tanishganligimdan juda xursandman! Yangi yilda Vikipediyani birgalikda rivojlantirishimizga tilakdoshman!!!
Samimiy tilaklar ila

PanPanChik #yozish 07:31, 1-Yanvar 2023 (UTC)Javob berish

rahmat kattakon, @Panpanchik Perlamutr (menga yozish!) 21:57, 9-Yanvar 2023 (UTC)Javob berish

8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tahrir

Fayl:Women's day.png 8-mart bilan!

Assalomu alaykum do'stim Visola ! Sizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimizdan qutlab, Sizga baxoriy tabassum, mustaxkam sixat-salomatlik, quyosh xarorati-yu olam-olam quvonchga to‘la xissiyotlarni yo‘ldosh bo‘lishiga tilakdosh bo‘lib qolamiz!

Lablaringizdan samimiy kulgu, xonadoningizdan baxt-saodat tuyg‘ulari, ezgulik xissi, nur va sevinch, mehr va muxabbat aslo arimasin!
Samimiy tilaklar ila

HusniddinRasulov(munozara) 20:28, 7-Mart 2023 (UTC)Javob berish

qaynoq tilaklar uchun katta rahmat Perlamutr (menga yozish!) 09:31, 9-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Atirgul tahrir

  Salom. Sizga atirgul hadya qilaman va yoqimli tahrirlar tilayman! Sitora Rashidova (munozara) 00:00, 4-May 2023 (UTC)Javob berish
@Sitora Rashidova, Assalomu alaykum, hadya uchun rahmat, men yoqtirgan gul <3 Visola Tangirova(menga yozish!) 17:06, 4-May 2023 (UTC)Javob berish

TM statusi tahrir

  Qizil panda maqolasi
TM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni muhokama boʻlimida qoldirishingizni va uni statusga olib chiqishda oʻz maslahatlaringiz bilan oʻrtoqlashishingizni soʻragan boʻlar edim. Eʼtiboringiz uchun TASHAKKUR!!! PanPanChik #yozish 09:50, 28-May 2023 (UTC)Javob berish

Soʻrovnomada qatnashing! tahrir

Salom! Mana bu sahifada administratorlik bayrogʻini qabul qilib olish uchun nomzodimni qoʻygan edim. Iltimos, soʻrovnomada oʻz ovozingiz bilan ishtirok etsangiz! Hurmat bilan, Salazarov 18:06, 9-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

Avtomat tarjima tahrir

Salom, Vikipediyadagi faolligingiz uchun rahmat. Siz yaratgan va xushsifat maqola statusiga nomzod qilgan „Sardoba Qaynar“ maqolasi deyarli toʻliq avtomat tarjimadan iborat. Iltimos, maqola matnini toʻliq qayta koʻrib, tuzatib chiqing. Jamshid Nurqul (munozara) 10:09, 11-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

xo'p bo'ladi Visola Tangirova(menga yozish!) 10:19, 11-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

TM nomzodi tahrir

Assalomu alaykum. Mana bu yerda tanlangan maqola uchun nomzod koʻrsatilgan. Ovoz berishda faollikka chaqiraman. Hurmat bilan, Mrjavokh1r (munozara) Mrjavokh1r (munozara) 08:19, 30-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

Tanlangan maqola uchun nomzod tahrir

Assalamu alaykum xurmatli admin va faol foydalanuvchi. Men Inson yuragi nomli maqolamni TM uchun nomzod qilib koʻrsatmoqchiman. Bu jarayonda sizning ovozingiz katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman. Hurmat bilan Wikisurgery94 (munozara) 09:42, 30-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

XM statusi tahrir

  Prezident maktabi (Andijon) maqolasi
XM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni muhokama boʻlimida qoldirishingizni va uni statusga olib chiqishda oʻz maslahatlaringiz bilan oʻrtoqlashishingizni soʻragan boʻlar edim. Eʼtiboringiz uchun TASHAKKUR!!! Ibrohimjon 16:09, 5-Sentabr 2023 (UTC)

Registon (poyezd) tahrir

@Visola Tangirova Salom! Iltimos, maqolaga to'g'ri turkum qo'shishga harakat qiling va mashina tarjimalarini kamroq ishlating, oldindan rahmat! 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 02:17, 23-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

@Alibek Attamonov salom, hali maqolani tahrirlashni yakuniga yetkazganim yo'q Visola Tangirova(menga yozish!) 02:21, 23-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
@Visola Tangirova Ok 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 02:22, 23-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Yangi yaratayotganingiz maqolalar boʻyicha tahrir

salom, Visola! maqolalaringizni tilga ulash va turkumlashni unutmang. yoqimli tahrirlar Alpasli (munozara) 05:57, 27-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum, xo'p bo'ladi Visola Tangirova(menga yozish!) 06:04, 27-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Shokolad tahrir

  Mendan sizga bir boʻlak oq va qora shokolad!
Mendan sizga bir boʻlak shokolad! Oʻzbekcha Vikipediyada qoʻshayotgan hissangiz va yangi kelgan foydalanuvchilarga berayotgan yordamingiz (jumladan menga ham) uchun minnatdorman! Shu tahlidda yana siz bilan bir qator ishlarni birgalikda amalga oshirishlikdan umidvorman! Yoqimli ishtaxa!— Ibrohimjon 11:59, 3-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish
@Abdufattohov Ibrohimjon rahmat kattakon<3 Visola Tangirova(menga yozish!) 08:18, 4-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish
❤️ Ibrohimjon 10:13, 4-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

. tahrir

  Minnatdorlik va chorlov
Siz bilan tanishganim va bir jamoaga tushganimdan xursandman. Keyingi safar jamoaviy yigʻilganimizda sizni bir chashkadan qahva ichishga taklif qilaman.
Hurmat bilan Elbek (Xoqoni Said)

Elbek (munozara) 08:57, 4-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

Statusga nomzod tahrir

  YM statusiga nomzod
Assalomu alaykum! Ushbu maqola Turkshohiylar sulolasi haqida. Chap tarafda turgan tamgʻa esa mazkur sulola tamgʻasi hisoblanadi. Mazkur maqolani Yaxshi maqola statusiga nomzod qilib koʻrsatdim! Ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman!
Elbek Yozish 22:19, 8-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

Mukofotimni qabul eting! tahrir

  „Charchamas ishtirokchi“ yulduzi
Markaziy Oʻzbekiston oyligida faol ishtirok etganingiz uchun ushbu yulduz bilan taqdirlayman. Ishtirokingiz uchun katta rahmat. Humoyun Qodirov (munozara) 09:33, 9-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

XM statusi tahrir

Assalomu alaykum. XM statusi uchun nomzodlikka qoʻyilgan Vanadzor maqolasini koʻrib chiqib, mana bu sahifada o'z fikringizni bildirgan holda ovoz berish jarayonida qatnashishingizni so'rayman! Hurmat bilan, Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 14:28, 20-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

Salom tahrir

Pufflepuf ☺ Anoynymus (munozara) 05:57, 24-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

Soʻzlarni xatolarisiz yoza olmasangiz, iltimos yozmang, nima deganingiz bu Pufflepuff yoki koʻrmaganmidingiz qanday yozilishini 😊stikerga balo bormi bu yerda faqat vikipediyaga doir narsalarni yozing. Axadjon1 (munozara) 06:09, 24-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish