Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Sardoba Qaynar

Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Visola Tangirova(menga yozish!) 04:34, 10-Iyun 2023 (UTC)

Assalomu alaykum, Sardoba Qaynar maqolasi rus tilidan tarjima qilindi. Maqola Qo'qon xonligi davrida bunyod etilgan va hozirgi kungacha Toshkentda saqlanib qolgan yagona sardoba haqida. Ushbu maqola ruscha vikipediyada xushsifat statusini olgan. Hamda maqola Vodiy oyligi maqolalari turkumiga ham kiradi.

Hurmatli, Kagansky, Jamshid Nurqul, Umarjon Rahimov, Muxriddin Azimov, Malikxan, MirzoUlugʻbek Karimov, Alpasli, Laziz Baxtiyorov, Salazarov, Humoyun Qodirov, Panpanchik, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, ShohjahonSobirov, Finikchik, Diwikiped, Kamol Azzam va boshqa foydalanuvchilar, iltimos ovoz berishda ishtirok etsangiz! Visola Tangirova(menga yozish!) 04:34, 10-Iyun 2023 (UTC)

Fikrlar

tahrir

Avvalo, maqolani yaratganingiz uchun tashakkur! Ayrim oʻrinlarda tushunarsiz qismlariga duch keldim. Bu AT hosilasi boʻlishi mumkin. Shu sababli ayrim oʻrinlariga izoh bersangiz, ehtimol bu aslida ham shundan boshqacharoq tarjima qilinmas:

  1. Gumbaz bulogʻi kichik Omonqulsoy suv oqimini oʻzlashtiradi. Bu soʻzning maʼnosi nima? Buloq suv oqimini qanday oʻzlashtiradi?
  2. Anʼanalarga ko‘ra Gumbaz qurilishi 19-asrga to‘g‘ri keladi. Jumladan tushunadigan boʻlsak, anʼanalarga koʻra barcha gumbazlarning qurilishi 19-asrga borib taqaladimi?
  3. Uning taʼkidlashicha, uning gʻishtlari, hech boʻlmaganda, baʼzi oldingi binolarning xarobalaridan qolgan qadimgi gʻishtlarni oʻz ichiga oladi Shunda u yaʼni olimning taʼkidlashicha olimning gʻishtlari boshqa xaroba gʻishlarini oʻz ichiga oladimi (yoki maʼnoga mosroq qadimgi gʻishtlar bilan qoʻshib qurilganmi)?
  4. „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida — Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 5.12.2014-yildagi 335-son Qarori“ shu holatda yozishni qanchalik toʻgʻri deya baholagansiz? Ehtimol „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisi“dagi — Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 5-dekabr 2014-yilgi 335-son Qarori tarzida yozilishi kerakdir?

Shuningdek maqola tarkibida va va va… Bogʻlovchilaridan juda koʻp foydalanganingiz ham yoqimsizroq koʻrinadi.

Maqola sifatini yaxshilab chiqishingizni soʻrab qolar edim. PanPanChik #yozish 08:05, 10-Iyun 2023 (UTC)

Xayrli kun, hurmatli @Panpanchik. Avvalambor xatolarni aniqlashga yordam berganligingiz uchun katta rahmat. Maqolani yana bir bor koʻrib chiqib, xatolarini tuzatib Toshkent oyligida doirasida nomzodlikka qoʻyaman Visola Tangirova(menga yozish!) 09:57, 10-Iyun 2023 (UTC)
Ishlaringizda omad) PanPanChik #yozish 14:15, 10-Iyun 2023 (UTC)
@Visola Tangirova:, yuqoridagi gapingizdan, siz maqolani qayta koʻrib chiqib, keyinchalik nomzodlikka qayta qoʻymoqchisiz degan mazmunda yozgan koʻrinasiz.? Nomzodlikdan hozircha voz kechmoqchimiz? — Kagansky munozara 03:44, 13-Iyun 2023 (UTC)
Assalomu alaykum @Kagansky, ha agar imkoni boʻlsa shunday qilmoqchi edim. Hozir esa maqolani yaxshi holatga keltirib, nomzod sifatida qoldirmoqchiman. Visola Tangirova(menga yozish!) 03:50, 13-Iyun 2023 (UTC)
OK. — Kagansky munozara 04:01, 13-Iyun 2023 (UTC)
  • Maqola uchun tashakkur lekin u hozirgi koʻrinishida gʻirt avtomat tarjimadir. Maqola status olishi uchun u oʻzbek tilida ravon yozilgan boʻlishi kerak. Inson ongi aralashmagan, online tarjimon yordamida qilingan bunday avtomat tarjimalar hech qachon status ololmaydi, munozara qilib Vikipediyadan ham oʻchirilishi mumkin. Maqola matnini boshdan-oyoq qayta koʻrib chiqing! Jamshid Nurqul (munozara) 09:47, 11-Iyun 2023 (UTC)
    tuzatildi @Jamshid Nurkulov Visola Tangirova(menga yozish!) 16:11, 11-Iyun 2023 (UTC)
    Maqolada hali gʻaliz jumlalar, avtomat tarjima unsurlari koʻp. Masalan, kirish qismida „Oʻrta Osiyoning issiq va qurgʻoqchil iqlimi sharoitida suvning oʻrni va ahamiyati alohida boʻlGAN. Shahar va qishloqlarda suvni saqlash va obodonlashtirish maqsadida ochiq suv havzalari — havzalar, karvon yo‘llari bo‘ylab maxsus yopiq suv omborlari — sardobalar qurilDI“, deb yozilgan. Biz guvohi boʻlmagan xabarlar -gan qoʻshimchasi bilan ketgani maʼqul. Oʻzi umuman, „Oʻrta Osiyoning issiq va qurgʻoqchil…“ deb boshlangan va „… bilan daryo yoki yer osti suvlari bilan toʻldirilgan“, deb tugagan joygacha kirish qismiga umuman mos emas. Bu gaplarni kirish qismini koʻproq soʻzli qilib koʻrsatish uchun yozganingizni tushunaman lekin kirish qism maqolaning umumiy mazmunini qisqa bayon etgani maʼqul, sardobalarning qurilish tarixini boshqa boʻlimga yozgan yaxshiroq. Sizga misol sifatida Muzaffar Murodovich yozgan va nomzodlikka qoʻygan Yogʻochli sardoba maqolasining kirish qismini aytish mumkin. Unda kirish qismidagi har bir gap bevosita Yogʻochli sardobaga oid, umumiy tushunchalardan qochilgan. Jamshid Nurqul (munozara) 17:42, 12-Iyun 2023 (UTC)
    Assalomu alaykum, @Jamshid Nurkulov. Maqolani yana bir bor koʻrib xatolarini tuzatishga harakat qildim. Kirish qismidagi Sardoba Qaynarga tegishli boʻlmagan maʼlumotni olib tashladim. Visola Tangirova(menga yozish!) 12:25, 17-Iyun 2023 (UTC)

Rozilar

tahrir
  1.  Roziman — Ruscha Vikipediyada bu statusni olgan ekan — Sitora Rashidova (munozara) 07:55, 10-Iyun 2023 (UTC)

Qarshilar

tahrir
  1.  Qarshiman — Rus tilidan tarjima juda gʻaliz chiqqan. Tarjimon oʻzi yozayotgan mavzuni toʻliq tushunib yetganiga shubham bor. Mavzuni toʻliq tushunmaslik ortidan gaplarning maʼnosi umuman boshqa tomonga burilib ketgan. Jamshid Nurqul (munozara) 10:37, 23-Iyun 2023 (UTC).
  2.  Qarshiman keltirilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan. Avtomat tarjima ekanligi sezilib turibdi. Agar tuzatilmasa hatto oʻchirishga nomzod qilish tarafdoriman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:19, 23-Iyun 2023 (UTC)

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir

 Bajarilmadi. Maʼlum muddat davomida yetarli ovoz toʻplay olmadi.—   Mirzoulug'bek |@  11:19, 23-Iyun 2023 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.