Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Kempegovda xalqaro aeroporti

Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Janob Mirzaolim (munozara) 11:29, 13-Oktyabr 2023 (UTC)

Ushbu maqola Hindistonning Bangalor shahriga xizmat koʻrsatuvchi asosiy fuqarolik aeroporti – Kampegovda xalqaro aeroporti haqida. Aeroport Hindistonning 3-eng yirik aeroporti hisoblanadi. Maqola Inglizcha Vikipediyada „yaxshi“ maqola unvoniga sazovor boʻlgan. Maqolani oʻqib, oʻz fikringizni shu yerga yoki munozara sahifasiga yozishingizni soʻrayman. Hurmatli Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul, Artemev Nikolay, Nataeva, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Miss Kamola, Alpasli, Salazarov, Panpanchik, Hilola Jurakulova, Humoyun Qodirov, Diwikiped. Janob Mirzaolim (munozara) 11:29, 13-Oktyabr 2023 (UTC)

Fikrlar

tahrir
Asslaomu alaykum. Oʻlchov birliklari inglizchada qolib ketibdi masalan : acre. Yana bitta men tushunmagan narsa - 1,600 ha balkim gadir. - Xoqoni Said yozish 18:54, 13-Oktyabr 2023 (UTC)
Vaalaykum assalom. Assalomu alaykum. O'lchov birliklari convert andozasidan foydalanib ifodalangan. Shu sababdan akr - acre va gektar - ha bo'lib qolgan. Bu andozalar o'zbekchaga tarjima qilinganda, bu muammo avtomatik tarzda to'g'rilanadi. Janob Mirzaolim (munozara) 03:34, 14-Oktyabr 2023 (UTC)
Mashina tarjimalari qolib ketgan. „U davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Bengaluru International Airport Limited (BIAL) konsorsiumi tomonidan egalik qilinadi“. Qaysi oʻzbek tilida soʻzlashuvchi shunday deydi? „Cargo village“ tikka „yuk qishlogʻi“ deb olingan. „Kelajakdagi rejalari“ – aeroport oʻzi reja tuzyaptimi shunda? "Cirium kompaniyasi tomonidan dunyodagi eng punktual aeroportlar top-20 ligiga kirdi". Va hokazo. Nataev munozara 13:28, 18-Oktyabr 2023 (UTC)
 Bajarildi 1-xato. „Bengaluru International Airport Limited (BIAL) davlat-xususiy sheriklik konsorsiumi aeroportga egalik qiladi va boshqaradi“ deb oʻzgartirildi.
 Bajarildi Cargo village – yuk shaharchasi deb oʻzgartirildi. Yoki Kargo qishlogʻi degan yaxshiroqmi? Cargo village deb qoldirish maqsadga muvofiq boʻlmasa kerak. Chunki bu atoqli ot emas, turdosh ot. Xuddi airport soʻzini aeroport deb tarjima qilganimizdek.
 Bajarildi Kelajakdagi rejalari boʻlimi Aeroportga aloqador kelajakdagi rejalar deb oʻzgartirildi.
 Bajarildi „Cirium kompaniyasi tomonidan dunyodagi eng punktual aeroportlar top-20 ligiga kirdi“, jumlasining kesimi majhul nisbatga oʻzgartirildi Janob Mirzaolim (munozara) 11:19, 19-Oktyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum „Rejalashtirilishi“ ostsahifasi nomi tushunarsiz, balki aeroport „loyihasi“ yoki aeroportni „loyihalash“dir (planning faqat reja maʼnosini bildirmasa kerak). „Bangalor shahri markazidan 5 kilometr (3.1 mi) masofada joylashgan HAL aeroporti shaharga xizmat koʻrsatuvchi dastlabki aeroport edi va 2008-yilgacha Bangalorning asosiy aeroporti boʻlib kelgan edi.“ Bangalor shahri markazidan 5 kilometr (3.1 mi) masofada joylashgan HAL aeroporti shaharga xizmat koʻrsatuvchi dastlabki aeroport boʻlgan boʻlib, 2008-yilgacha Bangalorning asosiy aeroporti boʻlgan. Mahalliy reyslar taklifining kutilmagan mashhurligi aeroportning tez kengayishiga turtki boʻldi. (gap tushunarsiz boʻlib qolgan) „taklif“ balki „talab“dir. Yoki gap „yangi ichki reyslarning kutilmaganda mashhurlashishi aeroportning tez kengayishiga sabab boʻladi“ boʻlishi lozim. „edi“ jumlasi koʻp ishlatilgan. Ancha tushunarsiz joylari koʻp ekan, nomzod maqolani ingliz tilidan tarjima qilgan boʻlsa, ingliz tilini yaxshi biladigan foydalanuvchi yoki administrator bir koʻrib chiqishi lozim Humoyun Qodirov (munozara) 16:36, 18-Noyabr 2023 (UTC).

Havolalar bo'limida modul xatosi bor. Ibrohimjon 04:53, 1-Noyabr 2023 (UTC)

Rozilar

tahrir
  1.  Roziman – XayrinisoJorayeva (munozara) 10:20, 24-Oktyabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman – Nigora Jorayeva (munozara) 14:23, 24-Oktyabr 2023 (UTC)
  3.  Roziman – Wonmirzo (munozara) 17:43, 24-Oktyabr 2023 (UTC)
  4.  Roziman – PanPanChik #yozish 04:58, 30-Oktyabr 2023 (UTC)

Qarshilar

tahrir
  1.  Qarshiman – Tepada ta’kidlangan xatoliklar to’g’irlanmagan, muallif statusga bo’lgan qiziqishni yo’qotgan.Creobek (munozara) 20:50, 10-dekabr 2023 (UTC)

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir

 Bajarilmadi. Nominator statusga boʻlgan qiziqishini yoʻqotgan. Maqoladagi kamchiliklarni tuzatib, maqolani qayta nomzodlikka koʻrsatishi mumkin boʻladi. Kagansky munozara 20:30, 10-Dekabr 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.