Vikipediya munozarasi:Maqolalarni nomlash (kishilar ismlari)

Eng oxirgi fikr: 10 kun oldin (Humoyun Qodirov tomonidan „Badiiy asarlar va qonunlarda shaxsiyatlar ismlari“ mavzusida)

Rus tilidan translit qilingan ismlar tahrir

Salom Vikipediya! Menda bir savol bor, @Nodir ogʻa. Rus tilidan ismlarni qay yoʻsinda transliteratsiya qilgan maʼqul. Harfma harf ruschasini oʻzbekchaga oʻgirish kerakmi? Keyin, inglizlarda Большие Вязёмы kabi soʻzlardagi Ы́ harfi y sifatida translit qilinadi Bizda bu tartib qanday boʻladi. Maslahatim, Vikipediya:Rus tilidan translit qilish asoslari nomli boʻlim yaratib, keng omma bilan yorqin misollar orqali qoidalar ishlash kerak. MaxiMillian (munozara) 07:03, 26-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Ruscha „ы“ oʻrniga „i“ ishlataveramiz. Oʻzbekcha „i“ ham „и“, ham „ы“ ga mos keladi. Meni ismim bunga yaqqol misol. Nataev munozara 08:49, 26-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Sharq tillaridan ismlar transliti tahrir

Yapon, Xitoy, Koreys tilidagi ismlar, nomlar translitida koreyscha talaffuzi orqali translit qilamizmi yoki ingliz/rus ogʻalarimizdan tikka koʻchiramizmi? MaxiMillian (munozara) 07:05, 26-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Ochigʻi, bilmayman. Bugunga qadar ruslarga qarab transliteratsiya qilib kelganimizni hisob oladigan boʻlsak, shunday qilishda davom etish kerak, degan boʻlardim. Nataev munozara 10:18, 28-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Talaffuziga yaqin qilib translit qilishni qoʻllagan boʻlardim. Misol sifatida xitoycha ismlarni olsak, inglizlar xitoycha talaffuziga yaqin qilib olishadi. Masalan, en:Xi Jinping (习近平) ni olsak, ruslar Jingpingni Tszinpin, deb yozadi, talaffuz qiladi. Mana bu yerda esa Jinping deyapti. Bundan tashqari, mana bu maqolada aytilganidek, Tszinpinda boshi va oxiridagi tovush xitoy tilida bunday talaffuz qilinmaydi. Ularda Jinping shaklida talaffuz qilinadi va oxirida „-pin“ emas, „-ping“ boʻladi.
Malikxan munozara 15:59, 28-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

C va W harflari tahrir

Yana men. Menda bir savol bor. Ismlarni aslidek yozish kerak degan qoida borkuya lekin, nega biz alifbomizda yoʻq harflardan foydalanishga majburmiz? Ularni vaziyatga koʻra muqobiligi alishtirmoq kerak nazdimda. Bu faqat ismlarda emas, joy, sport klublari va hokazo nomlarda ham shu savol bor. Dunyo tillari yetakchisi ingliz tili alifbosida yoʻq harfdan foydalanmaydi. Masalan bizning Gʻ va Oʻ harflarni tinchkina oʻgirib qoʻya qolishadi. MaxiMillian (munozara) 07:10, 26-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

@Optima D: en:Recep Tayyip Erdoğan, en:Abdullah Gül maqolalariga qarang. Inglizcha alifboda ğ, ü harflari yoʻq, lekin ular aslidek yozishgan. Maqola boshida, ismdan keyin talaffuzini keltirsak, muammo boʻlmaydi. Yoki en:Gʻafur Gʻulom maqolasiga qarang. Ularda harfi yoʻq. Alifbomizda yoʻq harflarni muqobiliga almashtirishga kelsak, masalan, Whitney Houstonni olaylik. Uni, masalan, w ni v bilan almashtirib, Vhitney Houston, deb yozamizmi? Lotin yozuvidan foydalanadigan barcha tillarda asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlari aslidek yoziladi. Istisno faqat ozarbayjonlar va bir nechta kichik xalqlar. Joylar, sport klublari, shirkatlarga kelsak, masalan, Walmartni bizda w yoʻq deb Valmart yoki Ualmart, deb yozgan paytimizda, Facebookda cni s bilan almashtirib, Fasebook, deb yozishimiz kerak boʻladi. Bizda c yoʻq, lekin qolgan f, a, e, b, o, k harflari bor. Bu mantiqsizlik boʻladi.
Malikxan munozara 08:12, 26-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Umuman olganda, kishilar ismlari (albatta, asli lotin yozuvida boʻlmasa, translit qilamiz), shirkatlar, sport klublari, qoʻshiq/albom nomlarini translit qilish gʻalati boʻladi. Masalan, en:Saving All My Love for Youni Seyving Ol May Lav fo Yu, deb translit qilamizmi? :)
Malikxan munozara 10:52, 26-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Malikxanning fikrlariga qoʻshilaman. Lotin yozuvida ismlarini aslidek – asl harflari va diakritik belgilari bilan yozaveramiz. Nataev munozara 10:21, 28-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Ismlar talaffuzi tahrir

Bu jumla xato talaffuzlar kiritilishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun oʻzgartirishni taklif etaman: Muayyan ismni transliteratsiya qilishning eng oson yoʻli – oʻsha shaxs haqidagi ruscha maqolani ochib qarash. Ruscha Vikipediyada ismlar buzib translit qilinishi kuzatiladi: ru:Гамлет, ru:Кабельо, Камила. Biror ism talaffuzini YouTubeʼdan topish maʼqul. Buning iloji boʻlmasa, bolgarcha Vikipediyada haqiqatga yaqinroq translit beriladi, u yerdan olish mumkin: bg:Хамлет, bg:Камила Кабейо. Koʻrsatilgan jumla oʻrniga buni taklif etaman: Muayyan ismning talaffuzini koʻrsatish uchun oʻsha ism tilga olingan audio va/yoki video materiallarga tayanish mumkin. Abdulla munozara 09:01, 15-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

Men qarshi emasman, lekin audio/video izlashdan koʻra ruschadan oʻrnak olish osonroq deb oʻylayman. Nataev munozara 18:42, 2-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Yaxshi taklif, lekin video yoki matnli bo'lsa ham, manba keltirilsa yaxshi va ishonchli bo'lardi. Shu orada ruscha Vikiga ham qarab o'tgan yaxshi bo'lardi. Salazarov(gaplashuvuza?) 06:33, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Qo'shilaman. Harflar qanaqa jaranglashini aniqlahning yaxshi yo'li audioformatini tinglab ko'rish. Khasan azim1 (munozara) 10:03, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Badiiy asarlar va qonunlarda shaxsiyatlar ismlari tahrir

Asarlar va qonunlarda kishilar ismlari qoʻllanilgan holatlarda bizda hozir chalkashliklar bor. Quyida xom qoʻllanmani taklif qilyapman. Shunchaki fikr bildirmay, ishlatish mumkin boʻlgan holatda taklif kiritinglar, iltimos. Manbalarga ishoratlar ham ragʻbatlantiriladi.

Holat Asl nomlanishi Oʻzbekcha manbalarda yozilishi Oʻzbekcha Vikipediyada yozilishi
Birikma oʻzbekcha manbalarda uchraydi
Birikma oʻzbekcha manbalarda qisman uchraydi
  • indeks uchramaydi, ammo olim ismi „Xoking“ oʻlaroq yoziladi
Birikma oʻzbekcha manbalarda umuman uchramaydi
  • manba yoʻq

Badiiy asarlar tahrir

Oʻzbek tiliga oʻgirilgan asarlar nomlarida originali lotin yozuvida yoziladigan ismlarni yozishda yuqoridagi qoidaga amal qilmaymiz, balki oʻzbekcha manbalarda uchraydigan variantni ishlatamiz. Masalan, „Garri Potter va hikmatlar toshi“ deb olamiz, „Harry Potter va hikmatlar toshi“ emas, sababi rasmiy tarjimada aynan birinchi variant qoʻllanilgan. Boshqa misol: izquvar Sherlok Xolms haqidagi oʻzbekcha toʻplamlar haqidagi maqolalarni „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“ deb nomlash kerak, „Sherlock Holmes haqida hikoyalar“ emas.

Asar qahramonlari ismlarini yozishda ham ayni qoidaga amal qilamiz. Oʻzbek tiliga oʻgirilgan manbalarda qanday yozilsa, oʻshanday yozamiz. Masalan, Sherlok Xolms deb yozamiz, Sherlock Holmes emas.

Oʻzbekcha manbalarda uchraydigan qahramon haqida yangi asar chiqsa, asar nomini toʻlaligicha aslidek yozamiz, ammo maqola ichida qahramon ismini transliteratsiya qilamiz.

Oʻzbek tiliga rasman tarjimasi mavjud boʻlmagan asarlar haqidagi maqolalarda esa maqola nomini ham, qahramonlar ismini ham aslidek yozamiz. Masalan, „American Prometheus“ deb yozamiz, „Amerikalik Prometey“ emas.

Ilmiy atamalar tahrir

Ilmiy atamalar aksar oʻzbekcha manbalarda transliteratsiya qilingan. Masalan, oʻzbekcha manbalarda „Om qonuni“ deb yozilgan, „Ohm qonuni“ emas. Shuning uchun Vikipediyada ham ilmiy atamalarni oʻzbekcha manbalarga tayangan holda transliteratsiya qilamiz. Yaʼni, „Om qonuni“ deb yozamiz.

Birikmadagi shaxs ismi oʻzbekcha manbalarda uchrasa, oʻzbekcha manbalardagi versiyani olamiz. Masalan, „Xoking indeksi“ deb yozamiz, „Hawking indeksi“ emas. Indeks haqida ayni damda oʻzbekcha manba yoʻq, ammo ismi Xoking oʻlaroq yozilgan manba juda koʻp.

Oʻzbek tiliga rasman tarjimasi mavjud boʻlmagan qonunlardagi shaxsiyatlar ismini esa aslidek yozaveramiz. Masalan, „Streisand samarasi“ deb yozamiz, „Streyzand samarasi“ emas.

Takliflar boʻlsa, marhamat. Nataev munozara 19:18, 2-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Takliflar tahrir

Taklif oʻlaroq shuni keltirib oʻtmoqchimanki, ismlarni ikki xil formatda (yaʼni, ham translit, ham notranslit) ishlatish chalkashliklarga olib keladi. Xuddi „sentabr yok sentyabr?“ kabi. Aynan bir xil formatga oʻtishni taklif qilaman. Yaʼni barcha ismlarni transli qilib yozishimiz kerak. Chunki oʻzbek tilidagi manbalarning salmoqli qismi, xoh lotin, xoh kirill alifbosida boʻlsin, oʻquvchilar oʻqiy olishi va talaffuz qilishiga qulay boʻlishi uchun translit qilishadi. Buni oʻzbek tilidagi istalgan badiiy yoki ilmiy kitob manbalarida topishimiz mumkin. Tilimizdagi asosiy manbalarda ismlar translit qilib yozilsa, biz „lotindan lotinga translit qilinmaydi“ degan qoidaga amal qilib tursak, oʻzimizni ishimizni oʻzimiz qiyinlashtiramiz.

Oʻzbekcha Vikipediyani oʻquvchilarning asosiy qismi oʻzbeklar. Ular yoshligidan boshlab, Albert Einstein deb emas, Eynshteyn deb oʻqib katta boʻlishgan (bu bir misol). Ular qidiruv tizimlariga Eynshteyn deb soʻrov berishadi. UzWikidagi maqolada Albert Einstein deb nomlangan, shunda google (agar yoʻnaltirish berib, uni Google identifikatsiya qilgan boʻlmasa) bizdagi maqolani emas, balki umuman boshqa bir saytdagi aynan bizdan olingan maʼlumotlardan iborat maqolani koʻradi.
Ismlarni aslidek yozib, ularni translit versiyasini yoʻnaltirish qilib chiqish imkonsizligini koʻrdik. Bu oydin haqiqat.

Gapning poʻstkallasi: Barcha ismlarni translit qilaylik. Istisno holatlariga faqatgina rasman tarjimasi keltirilmagan kitob, kinofilm, musiqiy sanʼat asari, haykal va portret nomlarida keltirilgan ismlarni olaylik. Streyzand samarasiga kelsak, bu shaxs nomiga qoʻyilgan atama hisoblanib, uni translit qilishga hech qanday rasmiy bir taqiq boʻlmasa kerak. Bu kabi holatlarda manba izlash yohud RuWikidan oʻrnak olishni keltisak yaxshi boʻlardi.

Atamalar yozilishiga manba sifatida maktab, kollej yohud universitet darsliklarini qoʻllashni rasmiylashtirib, oʻzbek tilida yozilgan tashqi manbalardagi ilmiy maqolalarni esa manba qatoridan chiqarib yuborishni ham taklif beraman. Hozircha menda shu, yana nimadir topsam, taklifimga qoʻshimcha qilaman. Salazarov(gaplashuvuza?) 06:57, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Shuningdek, {{talaffuz}} andozasidan foydalanishni bas qilib (asl ismi: Asl Ismi) kabi andozadan foydalanishni ham taklif o'laroq kiritmoqchiman. Salazarov(gaplashuvuza?) 07:01, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Salazarov, Einstein yoxud Eynshteyn haqida deb yozsak bas, hatto farqli (xato yaʼni) yozsak ham bizga Albert Einstein haqida maʼlumot chiqarib beraveradi Google. bu, oʻylashimcha, Wikidatadagi maqola boʻlimining yagona tizimga ulangani sababli. qisqasi, ismlarni translit qilish toʻgʻri tanlov emas deb oʻylayman. maqolaning kirish qismida oʻzbek tili manbalarida translit qilingan ism shaklini keltirib oʻtish yoki yoʻnaltirish berish ham bir yechim. kirish qismida translit qilingan yozuvli matn ham Googlega kerakli/qidirilayotgan maqolani topishda bir yordamchi boʻladi. biz rus tilidan olgan juda koʻp jumlalarni xato talaffuz qilmoqdamiz. misol uchun, Aynshtayn (nemislar va turklar shundoq aytishadi) shaklidagi ismni Eynshteyn deymiz yanglishib hanuz. bunga misol bisyor (Hamlet, Hitler kabi). bu kabi yanglishliklarga boshqa yoʻl qoʻymaslik maqsadida translit qilmagan ming maʼqul, fikrimcha. hurmat ila Alpasli (munozara) 10:18, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Alpasli; Eynshtyen shunchaki misol edi. Bunaqa ismlar bisyor axir. Wikidataga ulanmay qolgan nomukammal maqolalar uchun bitta yaxshi, Googledan ba'zi sabablarga ko'ra chiqqan maqola orqali hukm o'qimoq xatodir. Turklarning alifbosi va ular mustamlaka qilib, bosib olgan hamda tiliga ta'sir o'tkazganlar boshqalar. Bizniki esa ruslar. Shunday ekan o'z manbalarimizda ismlar qanday yozilayotgan bo'lsa, shunday yozishimiz kerak. Asl ismi shunchalik kerak bo'lsa, maqola ichidagi (asl ismi: Asl Ismi) andozasi orqali bildirib olaveramiz. Salazarov(gaplashuvuza?) 10:22, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
ruslarni alifbosida qolganimizda farqi boʻlmasdi, ularning qoidasiga amal qilaverardik. hozir vaziyat boshqa. lotin yozuvidan lotin yozuviga translit qilish fikri manga maʼqul kelmayapti. lotin yozuvidagi ismlarning xalqaro oʻlaroq qabul etilgan rasmiy shaklini yozavergan maʼqulroq. lotin yozuvidan lotin yozuviga translit qilingan ism shakllari boʻlishi unchalik toʻgʻri tanlov emas deb bilaman. Alpasli (munozara) 10:34, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Xalqaro qandaydir hujjatda qabul qilingani uni hammajoyda amal qilishi majburiy degani emas. Vikipediya manbalarga tayanadi. Bizdagi manbalarda translit qilib yoziladi, kirilldayam, lotindayam. O'zimizni xalq shunday o'rgangan joyida boshqa yerdan qonun olib nega kerak? Yaqin yillarda ismlarni qanday yozilishi bo'yicha biror qonun chiqib qolsa, (Xudo yorlaqab) o'shandayam aslidek yozamiz deyishmasa kerak. Uni ustiga ona tili darsliklarida ham birorta ismni aslidek yozilganini ko'rmadim. Shunday ekan nufuzli manbalarga tayanib ish tutaveraylik. Biz har taraflama ruscha tizimga tobe'miz, buni tan olib, yozishni epaqaga keltiraylik. Salazarov(gaplashuvuza?) 10:52, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Salazarov, manbalarga tayanishimiz bor gap. manbalarga tayanar ekanmiz, oʻris tizimidan chiqolmagan bobolar yozgan darsliklarga emas, yangi manbalarga tayanaylik. masalan, Oʻzbekistondagi yirik internet nashri — kun.uz Hitler deb qoʻllayotgan bir davrda (boshqa nashrlarda ham bor bu shakli), biz ham Hitler deb qoʻllashimiz toʻgʻriroq boʻladi nazdimda. darsliklar ham kelajakda shu tartibga oʻtadi deb oʻylayman, buning uchun avlodlar almashinuvi roʻy berishi lozim. biz tanlovni shunga koʻra berishimiz kerak boʻlyapti. demak, yo avlodlar almashinuvini kutib oʻtiramiz, yoki joriy qilinishi kerak boʻlgan yangi tartibga oldindan oʻtib qoʻya qolamiz. Alpasli (munozara) 11:30, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Siz nazarda tutgan kutilayotgan tartib Hali biror bir olimning xayolida yo'q bo'lsa kerak. Uning ustiga Kun.uz Gitler ham deb yozgan. Siz saytlardan ko'ra adabiyotlardan, badiiy kitoblardan manbalar keltiring. Nashrlarga kunimiz qolsa, ismlar muammoliz hal bo'lmaydi. O'zbekistondagi ommaviy nashrlar qanday xohlasa shunday yozishyapti. Salazarov(gaplashuvuza?) 11:39, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Taklif faqat badiiy asarlar va shaxsiyat ismi qoʻllanilgan atamalar haqida edi, ammo shaxsiyatlar ismlarini yozish haqidagi muhokama yana qaytmay ilojimiz yoʻq. Balki 2023-yilgi katta muhokamada kelishilganidek, hozir emas, balki muayyan muddatdan keyin barcha ismlarni, jumladan, badiiy asarlar qahromnlari va shaxsiyat ismi bor atamalarni toʻliq translit qilishga oʻtamiz. Nataev munozara 13:57, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
@Nataev; Yana kutsak vaqt yo'qotsak kerak deb o'ylayman. Bir konsensusga kelib, kutganimizga yarasha 2023-yilgi qoidaga o'tib qo'yaqolsak yaxshi bo'lardi, og'a. Salazarov(gaplashuvuza?) 14:01, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
O'zingiz ham shu munozara uchun manbalar izlashda ko'rdingiz, biznkilar ismlarni buzishadi. Bu ularni qonida bor. Salazarov(gaplashuvuza?) 14:01, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum oʻzbek tiliga tarjima qilingan asarlarni Nodir aka taklif qilgan varianti qoʻllab-quvvatlayman. Chunki bir vaqtlar kirill yozuvidagi tarjima asarlarning koʻplari bugungi kunda lotin yozuvida ham nashr etilmoqda. Shaxslarning ismlariga kelsak, oʻzbek tilining lotin yozuvi islohoti amalga oshishini kutishdan boshqa iloj yoʻq. Humoyun Qodirov (munozara) 17:14, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Ismlarga kelsak 2023-yilgi forumni qo'llash vaqti keldi deb o'ylayman. Ko'pchilik rozilik bildirgandi. Badiiy asarlar va ilmiy atamalar bobidaggi takliflarning ikkisi ham asosli shu sababdan bir qoidani qabul qilishimiz cho'zilsa kerak. Mirishkorlik (munozara) 12:16, 8-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

„Maqolalarni nomlash (kishilar ismlari)“ loyiha sahifasiga qaytish.