Viktor Anatolyevich Chjen (1945-yil 10-may, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2020-yil 13-oktabr, Sankt-Peterburg, Rossiya) — sovet, oʻzbek va rus iqtisodchisi, shoir, jamoat arbobi, Rossiya Yozuvchilar uyushmasi va MARIS Prezidiumi aʼzosi, „IP-MARIS“ birjasi birja kengashi raisi, iqtisod fanlari doktori. 200 dan ortiq kitoblar, monografiyalar va ilmiy ishlar muallifi. 1990-1994-yillarda —SSR, keyin esa Oʻzbekiston Respublikasi sanoat vaziri lavozimlarida ishlagan. 1995-yilda Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi, Bosh vazir oʻrinbosari (1995-2000), soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi (2000) lavozimlariga tayinlangan.

Viktor Anatolyevich Chjen
Oʻzbekiston Respublikasi sanoat vaziri
Mansab davri
1990 – 1994-yillar
Hukumat boshligʻi Islom Karimov
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
Mansab davri
1995 – 2000-yillar
Hukumat boshligʻi Islom Karimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10.05.1945
Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 13.10.2020
Sankt-Peterburg, Rossiya
Taʼlim Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti

Tarjimai holi tahrir

Viktor Chjen 1945-yil 10-mayda Samarqandda tugʻilgan. 1968-yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetini muhandis-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Sovet Armiyasi saflarida Leningrad harbiy okrugida xizmat qilgan. Uzoq vaqt ishlab chiqarishda ishlab, yirik mashinasozlik korxonalarini boshqargan. Nomzodlik, keyin esa doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

1990-yilda Oʻzbekiston SSR sanoat vaziri etib tayinlangan va bu lavozimda 1994-yilgacha ishlab kelgan. 1995-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov farmoni bilan Viktor Chjen Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi etib tayinlangan. 2000-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri maslahatchisi etib tayinlangan.

2001-2014-yillar davomida „VAMI“ OAJ ilmiy-tadqiqot loyiha instituti bosh direktori lavozimida ishlagan. 2001-2014-yillar davomida boʻlgan davrda Butunrossiya alyuminiy-magniy institutini boshqargan. Viktor Chjen Kaliforniya xalqaro fanlar akademiyasining a’zosi, „Shimoliy-Gʻarbiy loyiha-muhandislik kompaniyasi“ direktorlar kengashining hamraisi boʻlgan. 2020-yil 13-oktabrda vafot etgan.

Ijodkorlik tahrir

Viktor Anatolyevich 200 dan ortiq monografiyalar, kitoblar va ilmiy ishlar muallifi boʻlgan. Uning tarixiy va teologik-falsafiy mavzularda yozgan „Tasodifiy faylasufning sayohatlari“, „Amir Temur“, „Rurikdan Nikolaygacha“, „Onaon“, „Bibliya she’rlarda“, „Dinlar asoschilari“ kitoblari alohida qiziqish uygʻotadi.

Mukofotlari tahrir

  • Oltin Yesenin medali;
  • V.S.Pikul nomidagi xalqaro mukofot;
  • M.A.Sholoxov nomidagi xalqaro mukofot;
  • M.Yu.Lermontov nomidagi medal;
  • „Rossiyaning eng yaxshi qalamlari“ professional e’tirofining jurnalistik mukofoti.