Viktor Mahmudov
Viktor Vladimirovich Mahmudov (ruscha: Виктор Владимирович Махмудов) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi boʻlgan oʻzbek harbiy rahbari va xavfsizlik xizmati xodimi[2]. Bu lavozimga 2013-yil 21-sentyabrda tayinlangan[3].
Viktor Vladimirovich Mahmudov | |
---|---|
ruscha: Виктор Владимирович Махмудов | |
![]() Sergey Shoygu, Zokir Hasanov va Viktor Mahmudov MDH mudofaa vazirlari uchrashuvida | |
Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi | |
Mansab davri 2020-yil 14-avgustdan — | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Otabek Umarov |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi | |
Mansab davri 2013-yildan — | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Bahodir Toshmatov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-sentyabr 1968-yil Toshkent |
Mukofotlari |
![]() |
Xizmat yillari | 1986-yildan |
Unvoni | General-leytenant |
BiografiyasiTahrirlash
1968-yilda harbiylar oilasida tug‘ilgan[4]. Uning otasi Vladimir Mahmudov (general) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i bo‘lgan[5]. Uning bobosi Nosir Mahmudov O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan[6][7].
Viktor Mahmudov 1990-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini tamomlagan. 2008-yil 9-oktyabrdan 2010-yil 9-iyungacha Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni boʻlgan[8]. 2010-2013-yillarda Oʻzbekiston Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari va Bosh shtab boshligʻi lavozimlarida ishlagan[9][10]. 2013-yilda Birinchi Prezident Islom Karimov Farmoni bilan Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan.
2015-yil 14-yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.
2020-yil 14-avgustda Otabek Umarov oʻrniga O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi etib saylandi[11][12][13].
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўн бир йиллиги муносабати билан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари, Мудофаа ва Фавқулодда вазиятлар вазирликлари, Давлат чегараларини ҳимоя қилувчи қўмитаси ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. LexUz.
- ↑ „Руководство“. president.uz. Qaraldi: 6-iyun 2021-yil.
- ↑ „В Узбекистане назначен новый глава Совбеза“. russian.people.com.cn. Qaraldi: 25-may 2020-yil.
- ↑ „Президент Узбекистана произвел ряд кадровых назначений“ (ru). Trend.Az (21-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 6-iyun 2021-yil.
- ↑ „Махмудов Владимир Насырович | Tsentr voenno-politicheskix issledovaniy“. eurasian-defence.ru. Qaraldi: 7-iyun 2021-yil.
- ↑ „Генерала сменили на генерала“ (ru-RU). UzMetronom.com (21-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 6-iyun 2021-yil.
- ↑ „МАХМУДОВ Насыр | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 6-iyun 2021-yil.
- ↑ „Toshkent harbiy okrugi tarixi“. 6-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-yanvar 2023-yil.
- ↑ „Главный телохранитель президента Узбекистана назначен заместителем председателя Совета безопасности“. Радио Озодлик.
- ↑ „O'zbekistonda xavfsizlik uchun mas'ul rahbarlar o'zgartirilgan“. BBC News O'zbek (23-sentabr 2013-yil).
- ↑ „Федерацию триатлона возглавил секретарь Совбеза, Ассоциацию MMA — министр обороны“ (ru-UZ). Газета.uz (14-avgust 2020-yil). Qaraldi: 6-iyun 2021-yil.
- ↑ „В Федерации триатлона и Ассоциации ММА состоялись новые назначения“. Курсив - деловые новости Узбекистана.
- ↑ „Спортивные федерации“.