Vladimir Mahmudov
Vladimir Nosirovich Mahmudov (ruscha: Владимир Насырович Махмудов) — 1995-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshligʻi[1][2]. General-leytenant.
Vladimir Nosirovich Mahmudov | |
---|---|
ruscha: Владимир Насырович Махмудов | |
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshligʻi | |
Mansab davri 1995-yildan – 2000-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-oktyabr 1944-yil Samarqand |
Vafoti |
26-fevral 2005-yil (60 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari | |
Xizmat yillari | 1963-2000 |
Unvoni | General-leytenant |
Biografiyasi
tahrirUning otasi Nosir Mahmudov O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan[3][4][5][6][7]. Uning oʻgʻli Viktor Mahmudov 2013-yilda Birinchi Prezident Islom Karimov Farmoni bilan Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan[8][9].
1944-yilda Samarqand shahrida tugʻilgan.
1963-yildan SSRI Qurolli Kuchlarida.
1967-yilda V. I. Lenin nomidagi Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini tamomlagan.
1967-1970-yillarda kursant vzvodi komandiri.
1970-yildan 1975-yilgacha — Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtida kadetlar rotasi komandiri.
1978-yilda M. V. Frunze nomidagi Harbiy akademiyani tamomlagan.
1979-yil dekabr oyida Sovet qoʻshinlarining Afgʻoniston hududiga bostirib kirishida ishtirok etgan. 1979-yil dekabrdan 1981-yil dekabrigacha 51932-harbiy qism (108-motooʻqchi diviziyasining 181-motooʻqchi polki) komandiri lavozimida xizmat qilgan.
Ashxobod shahridagi korpus komandirining oʻrinbosari boʻlgan.
1989-1992-yillarda O‘zbekiston SSR harbiy komissari boʻlgan.
1992-yildan 1995-yil yanvarigacha — Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti boshligʻi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshligʻi, mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2005-yil 26-fevralda vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Руководство“. president.uz. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „В Узбекистане назначен новый глава Совбеза“. russian.people.com.cn. Qaraldi: 2020-yil 25-may.
- ↑ „Генерала сменили на генерала“ (ru-RU). UzMetronom.com (2013-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „МАХМУДОВ Насыр | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „Президент Узбекистана произвел ряд кадровых назначений“ (ru). Trend.Az (2013-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „Махмудов Владимир Насырович | Tsentr voenno-politicheskix issledovaniy“. eurasian-defence.ru. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ „O'zbekistonda xavfsizlik uchun mas'ul rahbarlar o'zgartirilgan“. BBC News O'zbek (2013-yil 23-sentyabr).
- ↑ „Генерала сменили на генерала“ (ru-RU). UzMetronom.com (2013-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „МАХМУДОВ Насыр | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.