Viktor Mixaylovich Nikulin (1904-yil, Prjevalskiy uyezdi, Semirechensk viloyati, Rossiya imperiyasi1961-yil, Moskva, Rossiya SFSR, SSSR) — sovet partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi (1938−1939)[1].

Viktor Mixaylovich Nikulin
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1938 – 1939
Hukumat boshligʻi Vyacheslav Molotov
Yetakchi Iosif Stalin
Oʻtmishdoshi Mamajon Abdukarimov
Vorisi Abdulla Shomurodov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1904-yil
Pokrovka qishlogʻi, Prjevalskiy uyezdi, Semirechensk viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1961-yil
Moskva, Rossiya SFSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati rus
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Tarjimayi holi

tahrir

Viktor Nikulin 1904-yilda Semirechensk viloyati, Prjevalskiy uyezdi, Pokrovka qishlogʻida tugʻilgan[1]. Millati rus. Otasi xalq oʻqituvchisi boʻlgan. 1913-yilda Toshkentda cherkov qoshidagi boshlangʻich maktabning 2-sinfini, 1917-yilda Skobelev shahridagi boshlangʻich maktabni, 1922-yilda Toshkentdagi 8 oylik kechki umumiy taʼlim kurslarini, 1923-yilda Toshkent mexanika texnikumining birinchi kursini tugatgan. 1946–1948-yillarda Butunittifoq kommunistik (bolsheviklar) partiyasi Markaziy Komiteti qoshidagi Oliy partiya maktabida oʻqigan. 1924-yilda Rossiya kommunistik yoshlar ittifoqi, 1926-yildan KPSS aʼzosi. 1919−1921-yillarda Skobelev shahrida Turkiston 4-oʻqchi polki musiqachisi, Rossiyadagi fuqarolar urushi qatnashchisi, 1922-yilda sovun ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik zavodi ishchisi[1], 1923−1926-yillarda Toshkent tramvayi zavodida elektromontyor, 1926-yilda Toshkent tramvayi zavodi komsomol qoʻmitasi kotibi, 1926−1927-yillarda Toshkent shahar komsomol markaziy tuman qoʻmitasi tashkiliy nazorat boʻlimi mudiri, 1927−1928-yillarda Toshkent viloyati kasaba uyushmasi qoʻmitasida komsomol okrug qoʻmitasi instruktor-vakili, 1928-yilda Toshkent viloyat qishloq va oʻrmon xoʻjaligi birlashmasi raisi oʻrinbosari, 1928−1929-yillarda Toshkent viloyati transport xodimlari kasaba uyushmasi raisi oʻrinbosari, 1929−1930-yillarda Toshkent tramvayi zavodi zavod qoʻmitasi raisi, elektromontyor, 1930-yilda Toshkent viloyati kommunal ishchilar uyushmasi raisi, keyinchalik Toshkent viloyati kasaba uyushmasi tashkiliy nazorat boʻlimi mudiri, 1930−1931-yillarda"Glavxlopok" bosh boshqarmasi mexanik ustaxonasi partiya qoʻmitasi kotibi, 1931-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahridagi Proletar tumani qoʻmitasi tashkiliy nazorat boʻlimi mudiri, 1931−1934-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Mirzachoʻl tumani qoʻmitasi 1-kotibi, 1934-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahridagi Proletar tumani qoʻmitasi 1-kotibi, keyinchalik Marksizm-Leninizm instituti talabasi[1], 1934−1935-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Lenin tumani qoʻmitasi 1-kotibi, 1935−1936-yillarda „Pravda Vostoka“ gazetasi partiya boʻlimi mudiri, 1936-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Madaniyat va propaganda boʻlimi mudiri oʻrinbosari, 1936−1938-yillarda Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi[2], 1938−1939-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi, 1939−1941-yillarda Moskvadagi Molotov nomidagi Butunittifoq planlashtirish akademiyasi talabasi, 1941−1943-yillarda Qirgʻiziston Kompartiyasi Jalolobod viloyati qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri, 1943-yilda Qirgʻiziston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissarligi siyosiy boʻlimi boshligʻi[1], 1943−1944-yillarda Issiqkoʻl viloyati partiya qoʻmitasi 1-kotibi, 1944−1945-yillarda Jalolobod viloyati partiya qoʻmitasi 1-kotibi, 1945−1947-yillarda Litva Kommunistik partiyasi Klaypeda shahar qoʻmitasining 1-kotibi[3], 1948-1949-yillarda SSSR Vazirlar soveti huzuridagi Kolxoz ishlari boʻyicha Kengashning Dogʻiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi boʻyicha vakili, 1949−1950-yillarda KPSSning Ulyanovsk viloyati qoʻmitasining maʼmuriy organlar boʻlimi mudiri oʻrinbosari, 1950−1951-yillarda SSSR Paxtachilik vazirligining tashkiliy kolxoz boshqarmasi boshligʻi, 1951−1953-yillarda „Sovetskoye xlopkovodstvo“ gazetasi tahririyati iqtisodiyot boʻlimi mudiri, 1953−1954-yillarda „Selskoye xozyaystvo“ gazetasida boʻlim muharriri boʻlib ishlagan[1]. 1961-yilda Moskvada vafot etgan.

Mukofotlari

tahrir

1939-yil 21-yanvarda Mehnat Qizil Bayroq ordeni[1][2], 1947-yil aprelda Qizil Yulduz ordeni bilan mukofotlangan[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Никулин Виктор Михайлович“ (rus tilida). centrasia.org. 2023-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Никулин Виктор Михайлович“ (rus tilida). 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Указ Президиума Верховного Совета СССР“. газета Правда, №88 (12.04.1947). 2020-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.