Richard Willstätter
(Vilshtetter Rihard Martindan yoʻnaltirildi)
Richard Willstätter (talaffuzi: Richard Uillstaetter) (1872.13.8, Karlsrue — 1942.3.8, Lokarno, Shveysariya) — nemis kimyogari va biokimyogari. Syurix oliy texnika maktabi (1905—12), Berlindagi kayzer Vilgelm kimyo instituti (1912-15), Myunxen universiteti (1916-25) professor Asosiy ishlari tropin, atropin, kokain alkaloidlari, qon pigmentlari va xlorofillning kimyoviy tuzilishini oʻrganishga bagʻishlangan. Vanilin boʻyoqlari va oʻsimlik pigmentlari (antotsianlar va flavonlar)ni tekshirgan. Fermentlar kimyosiga katta hissa qoʻshgan, katalitik gidrogenizatsiya, fotosintez va sellyulozaning parchalanish jarayonlarini oʻrganish borasida tadqiqotlar oʻtkazgan. 1915-yili Nobel mukofoti laureati bo'ldi[1][2].
Richard Willstätter | |
---|---|
Tavalludi | 13-avgust 1872 |
Vafoti | 3-avgust 1942 |
Fuqaroligi | Germaniya imperiyasi, Veymar Respublikasi va Uchinchi reyx |
Manbalar
tahrir- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |