Vima kadfiz, Kadfiz II (mil. 1-asr) — Kushon podsholigi shohlaridan — kushonshoh (4778). Kujula Kadfizning oʻgʻli va vorisi. taxminan 30 yil podsholik qilgan. V. K. davrida Kushon podsholigi hududi kengaygan, xususan Hindistonning bir qismi qoʻshib olingan. V. K. davrida pul islohoti oʻtkazilgan, tangalar oltin va misdan zarb qilingan. Oltin tangalar: 1 di-nor (8 g ga yaqin), 2 dinor, 1/4 dinor va ehtimol 1/2 dinor qiymati bilan chiqarilgan. V. K. davrida Kushon podsholigining siyosiy markazi Sugdda boʻlib, Hindistondagi mulklarni noiblar boshqargan. V. K. zarb etgan tangalarning orqa tomonida hindlarning Shiva xudosi bilan buqazebu, oldi tomonida esa V. K.ning mehrob oldida turgan surati aks etgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil