Kujula Kadfiz
Kujula Kadfiz (Kadfiz I) -Kushon podsholigittt asoschisi (miloddan avvalgi 1-asr oxiri — milodiy 1-asr 1-yarmi). Koʻchmanchi yuyechjilar (toharlar)ning guyshuan — kushon qabilasiga mansub. Xitoy tarixiy yilnomalarida u Kiotszyuko nomi bilan maʼlum. Tarixiy haqiqatga yaqin taxminga koʻra, yuyechji qabilalari tomonidan Baqtriya istilo qilingandan (miloddan avvalgi 2-asr, 3-choragi) taxminan 100 yildan bir oz vaqt oʻtgach, K. K. kushonlar oʻrtasidagi oʻzaro taxt uchun kurashda qolgan 4 yuyechji qabilalari orasidagi oʻz tarafdorlari bilan Baqtriyaning jan.-gʻarbiy hududlarida oʻz hukmronligini oʻrvatgan. U parfyanlarning Baqtriyaning gʻarbiy hududlariga uyushtirgan tajovoʻzlariga qarshi harbiy harakatlar olib borgan. Baqtriyada yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va harbiy kuchlar nisbati K. K. foydasiga oʻzgarmaganligi, uni Hindukush togʻlari osha Kobul (Gaofu) viloyatiga ketishga majbur qildi. U Kobul viloyatini boʻysundirib, viloyat hokimi sifatida tangalar zarb qilishni yoʻlga qoʻydi. Kobuliston hokimi boʻlgan vaqtda K. K. hali mustaqil siyosat olib bormagan. U Paropamisad (Kashmir)ning hind-yunon shohi Germeyning (miloddan avvalgi 1-asrning oʻrtalari) ustuvorligini kabul qilgan. Asta-sekin K.K.ning harbiy qudrati oshib borishi unga qoʻshni hududlarni oʻz tasarrufiga olishga imkoniyat berdi. Bu borada Hindistonning shim.-gʻarbiy hududlaridagi siyosiy parokandalik unga juda qoʻl kelgan. U oʻz eʼtiborini shu yerdarni bosib olishga qaratgan. Koʻp vaqt oʻtmay, u oʻz homiysi Germeyga qarashli hamma yerdarni oʻziga boʻysundirgan. Germeyga qarashli hududlarning qoʻshib olinishi kushon hokimligining qudratli davlatga aylanishiga olib keldi. Keyinchalik K.K. jan.dagi hind-parfyan shohi Gandofar hududlari (Gandhara, Araxosiya) hisobiga oʻz davlati chegarasini yanada kengaytirgan. Xitoy manbalarida qayd qilinishicha, K.K. 80 yil umr koʻrgan. Shundan taxminan 50 yilini yuyechji qabilalarini birlashtirishga, kushonlar qabilasining ustuvorligini oʻrnatishga, Kushon podsholigiga asos solishga va uni qudratli davlatga aylantirishga bagʻishlagan.
Adabiyot
tahrir- Bichurin N. Ya. ( Iakinf), Sobraniye svedeniy o varodax, obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremeva, t.2, M.-L., 1950; Pugachenkova G.A., Rtveladze E. Yu., Severvaya Baktriya — Toharistan, T., 1990.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |