Virilizm (grekcha: „virilis“ — erkakka xos) — ayollarda erkaklarga xos ikkilamchi jinsiy belgilar paydo boʻlishi; endokrin kasallik. Bunda soqol, moʻylov oʻsishi, ovoz doʻrillashi, skelet muskullarining jadal rivojlanishi va boshqala kuzatiladi. Buyrak usti bezi poʻstloq qavatining hamda gipofiz oldingi boʻlagi funksiyasining buzilishi va turli kasalliklar tufayli tuxumdonda yuzaga kelgan oʻzgarishlar sabab boʻlishi mumkin. Bunda tuxumdon faoliyati susayadi, jinsiy aʼzolar va koʻkrak bezlari kichrayadi, hayz koʻrish izdan chiqadi. Virilizmni endokrinolog vrach konservativ yoʻl bilan davolaydi. Ayrim hollarda jarrohlik usuli qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil