Vitaliy Valentinovich Shashkov (1960-yil 22-avgust, Olmaota, Qozogʻiston SSR, SSSR) – sovet futbolchisi, darvozabon ampluasida oʻynagan[1]. 2014-yildan 2020-yilgacha Samaradagi „Krilya Sovetov“ professional futbol klubi bosh direktori. Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy.

Vitaliy Valentinovich Shashkov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 22-avgust 1960-yil (1960-08-22) (63 yosh)
Tavallud joyi Olmaota, Qozogʻiston SSR, SSSR
Boʻyi 176 sm
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1980 SKIF 2 (0)
1980 Soʻgʻdiyona 2 (0)
19811984 Meliorator 48 (0)
19841985 Vostok 67 (0)
19861987 Tekstilshchik 14 (0)
1988 Meliorator 8 (0)
Boshqargan klublari
19881992
19922004
SKA Merey
SSK VVS
1996 Rossiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
20142020 Krilya Sovetov (bosh direktori)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimayi holi tahrir

Vitaliy Shashkov 1960-yil 22-avgustda Olmaotada tugʻilgan[1]. Futbolchi sifatida „SKIF“ (Olmaota), „Soʻgʻdiyona“ (Jizzax), „Meliorator“ (Qiziloʻrda), „Vostok“ (Oʻskemen), „Tekstilshchik“ (Ivanovo) kabi futbol klublarida darvozabon ampluasida oʻynagan[2]. Olmaota shahridagi Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiy boʻlgan. Vitaliy Shashkov mamlakatda ayollar futbolini birinchilardan boʻlib rivojlantiradi. 1988−1992-yillarda Olmaotadagi „SKA-Merey“ ayollar futbol klubiga murabbiylik qilgan[2]. 1992-yilda jamoa Samaraga koʻchib oʻtdi va oʻz nomini „SSK VVS“ga oʻzgartiradi. Vitaliy Shashkov murabbiyligi futbol klubi jamoasi toʻrt marta ayollar futboli boʻyicha Rossiya chempionatida gʻalaba qozongan[2]. 1995-yil dekabr oyida Braziliya Futbol Konfederatsiyasi Rossiya ayollar milliy futbol terma jamoasini „Braziliya kubogi“ turnirida ishtirok etishga taklif qiladi[3], ammo jamoa tarkibini tezda yigʻishning iloji boʻlmagani uchun oʻyinchilar „SSK VVS“ liboslarida oʻyinga tushadilar. Jamoa AQSh (1:8) va Braziliyaga (0:4) magʻlub boʻlib, Ukraina terma jamoasini (3:1) magʻlub etib, turnirda uchinchi oʻrinni egallagan[3]. 2005-yildan buyon „Krilya Sovetov“ futbol klubi tarkibida ishlab kelmoqda[2]. Uzoq vaqt davomida Vitaliy Shashkov yoshlar jamoasi va klub maktabining kundalik faoliyati uchun mas’ul boʻlgan[4]. 2010-yilda Shashkov jamoaning sport direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. Keyinchalik vitse-prezident va bosh direktorning sport boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan[5]. 2014-yil 27-iyunda Vitaliy Shashkov „Krilya Sovetov“ bosh direktori lavozimiga tayinlandi[1]. 2020-yil 4-avgustda Shashkov lavozimidan ozod etiladi[6].

Yutuqlari tahrir

Futbolchi sifatida RSFSR kubogi gʻolibi (1986)[7], murabbiy sifatida toʻrt karra Rossiya chempioni (1993, 1994, 1996, 2001)[8], toʻrt karra Rossiya vitse-chempioni (1992, 1995, 1997, 1998), Rossiya kubogi gʻolibi (1994), Rossiya kubogi finalchisi (1995, 1996, 2002), Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi (1996), 2002–2003-yilgi ayollar chempionlar ligasining 1/4 finali ishtirokchisi boʻlgan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Vitali Shashkov“. 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Шашков Виталий Валентинович“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Brazil Cup 1996 (Women) (Campinas)“. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  4. „Марушко назначен спортивным директором «Крыльев Советов»“ (2010-yil 3-avgust). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  5. „«Крылья Советов» назначили нового вице-президента“. 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  6. „Корниленко стал спортдиректором «Крыльев», отец рэпера Фараона и Шашков покинули клуб“ (2020-yil 4-avgust). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  7. „Футбольный клуб "Текстильщик"“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  8. „Виталий Шашков – генеральный директор ПФК "Крылья Советов"“. 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.