Vladimir Parfyonov ( 1970-yil 17-iyun) — sovet va o‘zbek yengil atletikachisi, nayza uloqtirish bo‘yicha ixtisoslashgan. XXVI yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, Osiyo chempionati va Osiyo o‘yinlari sovrindori sanaladi.

Vladimir Parfyonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 17-iyun 1970-yil (1970-06-17) (53 yosh)
Sport
Qaysi sport yengil atletikachi
Sport mukofotlari
Osio chempionati
Kumush Manila 1993 nayza
Osio o‘yinlari
Kumush Xirosima 1994 nayza

Sport faoliyati tahrir

1989-yilda Odessada (Ukraina SSR) bo‘lib o‘tgan Butunittifoq musobaqalarida nayza uloqtirishda 74.22 metr natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. 1992-yilda Olmaotadagi (Qozog‘iston) xalqaro musobaqalarda birinchi o‘rinni egalladi.

1993-yilda Manilada (Filippin) o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida nayza uloqtirishda 77.32 metr natija qayd etib, kumush medalga sazovor bo‘ladi[1]. Biroq Shtutgartda (Germaniya) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida u omadsiz ishtirok etgani bois saralash bosqichida 70.88 metr natija bilan atigi 38-o‘rinni egalladi[2].  

Vladimir Parfyonov 1994-yilda Xirosimadagi (Yaponiya) yozgi Osiyo o‘yinlarida nayza uloqtirish bahslarida 81.66 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritadi[3]. Toshkentda bo‘lib o‘tgan mamlakat chempionatida birinchi o‘rinni egalladi. 1995-yilda u Ispaniyada o‘tkazilgan turnirda birinchi o‘ringa munosib ko‘riladi va Gyoteborgda (Shvesiya) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida yana ishtiroki muvaffaqiyatsiz bo‘lib, ikkinchi saralash guruhida atigi o‘n uchinchi o‘rinni egalladi[4] .

1996-yilda Atlantadagi (AQSH) Yozgi Olimpiya o‘yinlarida u nayzani 73.96 metrga uloqtiradi va umumiy saralashda atigi 27-o‘rinni egalladi[5]. 1997-yilda Toshkentda birinchi o‘rin sohibi, lekin Afinadagi (Gresiya) jahon chempionatida yana omadsiz chiqish qiladi[6]. Kelgusi yili Olmaotada (Qozog‘iston) “Gusman Kusanov hotirasiga bag‘ishlangan” xalqaro turnirida 74.45 metr natija bilan ikkinchi o‘ringa loyiq qo‘riladi.

2000-yilda Flandriya kubogida (Belgiya) ikkinchi, Belgiya chempionatida birinchi o‘rinni, 2006-yilda Parfyonov Belgiya klublar chempionatida ikkinchi, 2008-yilda uchinchi o‘rinni egalladi. 2016-yilda Belgiya chempionatida uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ladi[7].

Manbalar tahrir

  1. „Asian Championships“. www.gbrathletics.com. 2018-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  2. „Past Results“. web.archive.org (2004-yil 12-dekabr). 2004-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  3. „Athletics“. web.archive.org (1997-yil 4-avgust). 1997-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  4. „Men Javelin Throw Athletics V World Championship 1995 Goteborg, Sweden - Sunday 13.08 - Gold Medal: Jan Zelezny, Czechia“. todor66.com. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  5. „Olympic Games 1996 Atlanta Athletics“. web.archive.org (2007-yil 30-sentyabr). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  6. „Men Javelin Throw Athletics VI World Championship 1997 Athens (GRE) - Tuesday 05.08 - Gold Medal: Marius Corbett, South Africa“. todor66.com. 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  7. „Архивированная копия“. 2016-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.