Vladimir Mixaylovich Shapiro (1948.25.2, Toshkent) — rejissyor Oʻzbekiston sanʼat arbobi (2000). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1971), Leningrad teatr, musika va kinematografiya instituti (1979)ni tugatgan. Ijodiy faoliyatini Toshkentdagi M. Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida aktyorlikdan boshlagan (1965). 1989-yildan shu teatrda rej., 1990-yildan badiiy rahbar (1991-yildan direktor ham). Sh. "Bir yildan soʻng oʻsha kun" (B. Sleyd), "Telba hayot" (S. Zlotnikov), "Grafinya Yuliya" (A. Strinberg), "Hamma narsa bogʻda" (E.Olbi), "Buyuk afsungarlik" (E. De Filippo), "Shapaloq yeydigan kishi" (L. Andreyev), "Kal xonanda" (E. Ionesko), "Jorj Danden" (J. Molyer), "Mexmonxona bekasi" (K. Goldoni), "Har toʻkisda bir ayb" (A. Ostrovskiy), "Zoyaning uyi" (M. Bulgakov) va boshqa ni saxnalashtirgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Shapiro Vladimir Mixaylovich" OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil