Vladimir Naumovich Vapnik (6-dekabr 1936-yil) – sovet va amerikalik matematik, mashina oʻrganish nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan. Aleksey Chervonenkis bilan birgalikda empirik maʼlumotlardan bogʻliqlikni tiklash boʻyicha statistik nazariyani ishlab chiqqan va (Vapnik- Chervonenkis nazariyasi) bu empirik xavfni minimallashtirish tamoyilini asoslagan.

Vladimir Vapnik
Tavalludi 6-dekabr 1936-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR AQSH bayrogʻi AQSh
Akademik rahbarlari Lerner Aleksandr Yakovlevich

Tarjimai holi

tahrir

Vladimir Vapnik 1943–1953-yillarda Toshkentdagi 18-maktabda tahsil olgan[1]. 1958-yilda Samarqand shahridagi Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Vapnik 1964-yilda menejment muammolari institutida (Moskva) texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun A. Y. Lerner rahbarligi ostida izlanishlar olib bordi[2]. 1984-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi[3].

Naumovich 1990-yildan beri AQShda istiqomat qiladi. Vladimir Bell laboratoriyasida (1990–2002), NECda (2002-yildan) ishlagan. U qoʻllab-quvvatlovchi vektor mashinasi algoritmining hammualliflaridan biridir. Shuningdek, 1995-yildan beri Xollovey qirollik kollejida (London universiteti) va 2003-yildan Nyu-Yorkdagi Columbia universitetida professor lavozimida faoliyat olib borgan.

Karyerasi

tahrir

Naumovich 2000-yilda Hava Sigelmann qoʻllab-quvvatlovchi vektorli klasterlashni ishlab chiqdi.

2002-yilda AT&Tni tark etdi va Nyu-Jersidagi NEC Laboratoriesga aʼzo boʻldi va Machine Learning guruhida ishladi.

Vapnik 2014-yil 25-noyabrda Facebook AI Research kompaniyasiga qoʻshildi va u yerda oʻzining uzoq yillik hamkorlari Jeyson Veston, Léon Bottou, Ronan Kollobert va Yann LeKun bilan birga ishladi. 2016-yilda Peraton Labs kompaniyasiga ham aʼzo boʻldi.

Mukofotlari

tahrir

Vladimir Vapnik Gabor mukofoti[4], Kanellakis mukofoti (2008)[5], Frenk Rozenblatt mukofoti (2012), Benjamin Franklin medali (2012), C&C mukofoti (NEC, 2013), Campe de Ferrier mukofoti (2014) va Jon fon Neyman medali (2017) bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir