Vladislav Figelskiy
Vladislav Damianovich Figelskiy (1889-1919) — Oʻrta Osiyoda sovet hokimiyati uchun kurash qatnashchisi, 14 nafar Turkiston komissarlaridan biri.
Tarjimai holi
tahrirPolyaklar avlodidan. 1889-yilda Plotsk shahrida xizmatchilar oilasida tugʻilgan. 1905-yilda inqilobiy harakatda qatnashgani uchun gimnaziyadan haydalgan. 1909-yilda Parijga joʻnab ketdi va u yerda Sorbonna universitetining matematika fakultetini tugatgan(1913); V.I.Lenin tomonidan oʻtkazilgan ommaviy maʼruzalarda, munozaralarda qatnashgan. 1915-yil armiya safiga safarbar qilingan, askarlar oʻrtasida inqilobiy targʻibot olib borilgan, koʻrish qobiliyati yomonligi sababli demobilizatsiya qilingan. 1916-yildan Samarqand gimnaziyasida matematika oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1917-yilda internatsionalistlar oʻqituvchilarining tashabbuskor guruhida qatnashgan, soʻngra Samarqand okrugi xalq taʼlimi komissari etib saylangan. 1917-yilda RKP(b) safiga qoʻshilgan.
1917-yil noyabr (dekabr)dan Samarqand shoʻrosi aʼzosi, okrug xalq maorif komissari boʻlgan. 1917-yil 28-noyabrda (11-dekabr) Samarqand ishchi, soldat va musulmon deputatlari kengashiga, 1918-yil 25-iyunda esa Samarqand shoʻrosining raisi etib saylangan.
1918-yilda Samarqand viloyati ishchi, dehqon va soldat deputatlari kengashining raisi etib saylangan. Bu lavozimda u banditizmga qarshi kurashgan va tez orada mintaqaning inqilobiy rahbarlarining oldingi safiga oʻtgan. 1918-yil oktabrda Sovetlarning viloyat qurultoyiga saylangan. 1918-yil noyabr oyida Turkiston Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining 6-chaqiriq sessiyasida Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Sovetining raisi, 1918-yil noyabridan Turkiston Respublikasi Mudofaa Oliy harbiy kollegiyasining aʼzosi etib saylangan.
1919-yil yanvarida 14 nafar Turkiston komissarlari orasida sobiq harbiy ishlar komissari K.Osipov boshchiligidagi qoʻzgʻolon paytida Toshkentda otib oʻldirilgan.
Adabiyotlar
tahrir- За Советский Туркестан, Таш., 1963;
- Вечная слава, М., 1967
- Зевелев А. И., В. Д. Фигельский, в сборнике: Революционеры, вожаки масс, Таш., 1967.
- Билик, В. Д. Фигельский, «Красная летопись Туркестана», 1923, No 1-2;
- В. Д. Фигельский, в кн.: Памятник борцам пролетарской революции, погибшим в 1917—1921 гг., 3 изд., М.-Л., 1925;
- Большая советская энциклопедия. — М.: Советская энциклопедия. 1969—1978.
- Советская историческая энциклопедия. — М.: Советская энциклопедия . Под ред. Е. М. Жукова. 1973—1982.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |