Bokiralik yuki

Umida Ahmedova muallifligi ostida tasvirga olingan 3 qismli hujjatli filmlar seriyasi
(Vremya devstvennostidan yoʻnaltirildi)

Bokiralik yuki[izoh 1] (ruscha: Бремя девственности; inglizcha: The Burden of Virginity) – 2008-yili havaskor ijodkorlar Umida Ahmedova va Oleg Karpovlar tomonidan suratga olingan 3 qismli hujjatli film[1]. Film va uning muallifi Ahmedova 2011-yili Germaniyada faoliyat olib boruvchi nodavlat-notijorat tashkilot hisoblanmish Terre des Femmes (xotin-qizlar insoniy huquqlarini himoya qilish tashkiloti)ning 30 yillik yubileyiga taklif qilingan. Ahmedova filmning Oʻzbekiston singari oʻsha davrda soʻz erkinligi cheklangan mamlakatda bu kabi yopiq mavzularni olib chiqa olgani va tazyiqqa uchragi, fotoalbomi hamda filmi haqida maʼruza qilgan[2].

Bokiralik yuki
Бремя девственности
Rejissyor(lar) Umida Ahmedova
Operator(lar) Oleg Karpov
Davomiyligi 1:31 daqiqa (3 qism)
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til ruscha

„Bokiralik yuki“ filmi 2010-yilda O‘zbekistonda namoyish etilishi taqiqlangan filmlar qatoridan joy egallagan[3].

Mazmuni haqidagi tortishuvlar

tahrir

Muallifning shaxsiy fikriga koʻra, film yosh kelin-kuyov birinchi kecha yotgan choyshabni omma oldida namoyish etib, kelinning bokira yoki bokira emasligini koʻrsatish anʼanasi va ayollarning huquqlariga bagʻishlangan[4]. Biroq, baʼzi tanqidchilar tomonidan oʻtmishda qolib ketgan oʻzbek urf-odatlarini koʻrsatish bilan Oʻzbekistonni oʻrta asrlardagi qoloq mamlakat sifatida koʻrsatishga uringanlari daʼvo qilingan[5].

Tanqidiy fikrlar

tahrir

Oʻzbekkino

tahrir

„Oʻzbekkino“ milliy agentligi qoshidagi Ekspertlar kengashining vakili Hamidulla AkbarovEng katta oʻgri – vaqt oʻgʻrisi“ sarlavhali 2009-yilgi intervyusida Oʻzbekistonda suratga olinayotgan filmlar saviyasi haqida gapirar ekan, 1 yil muqaddam tasvirga olingan „Bokiralik yuki“ filmi haqida shunday fikrlarni bildiradi[6]:

Yaqinda xorijiy madaniyat markazi tavsiyasi bilan kengashga „Bokiralik yuki“ nomli bir hujjatli film taqdim etildi. Unda tasvirlanishicha, bokiralik qiz bolaga yuk boʻlarmish. Bu yukni koʻtarish juda ogʻir emish. Buni koʻrgan kengash aʼzolari bir ovozdan ekranga chiqishiga yoʻllanma berishmadi. Bu holat – „Bokiralik yuki“ qaysidir xorijliklarni tashvishga solayotgandir, lekin bizda bunday muammoning oʻzi yoʻq. Qizlarimiz bokira, iffatli, or-nomusli. Koʻryapsizmi, qay darajadagi „yuk“larni bizga singdirmoqchi boʻlishmoqda.

— Hamidulla Akbarov

Islom.uz nashri tanqidi

tahrir

Sud voqealari

tahrir

Ushbu film ijodkorlari Toshkent shahar Mirobod tuman sudi tomonidan 2010-yil 10-fevraldaoʻzbek xalqiga tuhmat qilish, milliy udumlarni kamsitish“ ayblovi qoʻyilgan[7]. Biroq, Oliy Majlis eʼlon qilgan amnitsiya ortidan sud ayblanuvchi Umida Ahmedovaning muqaddam sudlanmaganligi hamda 3 farzandning onasi ekanligini inobatga olgan holda uni afv etgan[8].

Boshida qanday hayratda boʻlsam, hozir ham shunday. Ayniqsa sudyaning „milliy urf-odatlarni xor qilgan, zor boʻladi“ degan gaplaridan soʻng. Nima deyishimni ham bilmayman.

— Umida Ahmedova

Baʼzi fikrlarga koʻra, Umida Ahmedovaning bu kabi jinoyatda ayblanishi u kabi erkin fikrli ijodkorlarni qoʻrqitish uchun atayin qilingan ish boʻlgan boʻlishi mumkin[8].

Yana qarang

tahrir

Izohlar

tahrir
  1. Filming asl nomi rus tilida, biroq oʻzbek manbalarda asosan shu tildagi versiyasi keng qoʻllangan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir