Vyacheslav Leykin
Vyacheslav Abramovich Leykin (1937-yil 8-iyun, Leningrad, SSSR) – rus shoiri, yozuvchi va ssenariynavis. 1972-yildan 1991-yilgacha "Leninskiye iskri" gazetasida adabiy maslahatchi boʻlgan. Bundan tashqari, bolalar adabiy uyushmasini boshqargan. Birinchi she’rlar kitobi 1991-yilda nashr etilgan. Sankt-Peterburg Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1998).
Vyacheslav Leykin | |
---|---|
Tavalludi |
1937-yil 8-iyun |
Fuqaroligi | SSSR→ Rossiya |
Kasbi | Shoir, ssenariynavis, pedagog, aktyor |
Faoliyat yillari | 1954-yildan hozirgacha |
Biografiyasi
tahrirDastlabki yillar (1937-1959)
tahrirVyacheslav Leykin 1937-yil 8-iyunda Leningradda tugʻilgan. Otasi – Abram Mixaylovich Leykin, Pulkovo rasadxonasining ilmiy kotibi, 1940-yilda oilani tark etgan; onasi – Sara Mironovna Ledvich, Egorovanomidagi vagon qurish zavodining muhandis-iqtisodchisi.
Boʻlajak yozuvchi 406-sonli oʻrta maktabni tugatib, 1954-yilda Gersen nomidagi pedagogika institutining matematika fakultetiga oʻqishga kirgan, ammo u yerda atigi uch yil oʻqigan. Oʻqishni tashlab Vorkuta yaqinida ishlaydigan aerogeodeziya ekspeditsiyasida ishchi boʻlib ishga kirgan. 1958-yil kuzida institutning 3-kursida tiklanib, boʻlajak rafiqasi Tamara Moiseyeva oʻqigan guruhga kirgan. Biroq, yozuvchi yana oʻqishni tugatmagan. Leykin endi institutni butunlay tashlagan va „hayot bilan tajriba qila boshlagan“[1].
Shoir-geolog (1960–1971)
tahrirLeykin geolog-shoirlardan biri boʻlgach Leningradning jonli norasmiy adabiy hayoti bilan tanishgan, uning yorqin namoyandalari – Iosif Brodskiy, Gleb Gorbovskiy, Aleksandr Gorodnitskiy, Yevgeniy Klyachkin va boshqalar bilan doʻstlashgan[2].
1980-1990-yillardagi hayoti va ijodi
tahrirLeykin Abramovich 1980-yillarning boshida Yuriy Maminning „Alter Ego“ (1980), „Ochered“ (1981) kurs filmlari va „Jelayu Vam“ (1982) bitiruv filmi uchun ssenariylar yozgan.
1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida „Bakenbardi“ (1990), „Imitator“ (1991) va „Okno v Parij“ (1993) filmlari uchun ssenariylar yozgan.
"Leykinning birinchi kitobi 1991-yilda nashr etilgan"[3].
Yozuvchining asarlari 90-yillarda „Neva“, „Iskorka“, „Koster“, „Balamut“, „Tsarskoe selo“ [4] va boshqa jurnallarda nashr etila boshlangan.
V. A. Leykin 1996-yilda shoir Andrey Krijanovskiy xotirasiga bagʻishlangan „Recitative“ sheʼriy almanaxi (1996) nashrining bosh muharriri boʻlgan[5].
Shoir nafaqaga chiqqandan soʻng qoʻriqchi boʻlib ishlagan. Xususan, Pushkin shahridagi Aleksandrovskiy bogʻining eng oʻziga xos diqqatga sazovor joylaridan biri – Pensioner otxonalari va ular qoshidagi mavjud ot qabristonini qoʻriqlagan. Bu „Stixax ob oxrannoy deyatelnosti“ („Men oʻlgan otlarni qoʻriqlayman…“) (1999) da oʻz aksini topgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Наш собеседник — поэт и сценарист Вячеслав Лейкин // Подкаст «Настоящий XX век», 08.06.2023“. «Радио Фонтанный Дом».
- ↑ Сталина Мишталь. «Четверги» на Литейном, От костра к микрофону. Из истории самодеятельной песни в Ленинграде в 50–60-х гг, СПб.: Респекс, 1996. ISBN 5-7345-0072-0.
- ↑ „Петербургский поэт Вячеслав Лейкин отмечает 80-летний юбилей“. «Петербургский дневник» (2017-yil 2-iyun).
- ↑ Каримов, Гумер „«Царские» проекты“. «Литературная газета» (2007-yil 1-yanvar). 2024-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Xato:
|sarlavha=
andozasida parametr koʻrsatilmagan {{publikatsiya}}. - ↑ Лейкин, Вячеслав „Стихи об охранной деятельности“. Живой Журнал (2010-yil 14-aprel). Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.