Pulkovo rasadxonasi
Pulkovo rasadxonasi - Sankt-Peterburgdagi i. t. muassasasi; dengiz sathidan 75 m balandlikdagi Pulkovo qishlogʻida joylashgan. 1839-yil tashkil etilgan. 1840 yil ish boshlagan. Ikkinchi jahon urushida nemis fashist qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan, 1954-yil qayta tiklangan.
Pulkovo rasadxonasida 65 sm li refraktor, fotografik qutb trubasi, zenit-teleskop, 2 ta quyosh teleskopi, meridian teleskopi, koronograf, katta radioteleskop va boshqa asboblar ishlab turibdi. Unda astrometriya, astrofizika, radioastronomiya va boshqa sohalarga doir ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Rasadxonada 10000 ga yaqin xira yulduzlar katalogi tuzilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |