Wílmer López
Wilmer López Arguedas (1971-yil 3-avgustda tugʻilgan) — nafaqadagi kosta-rikalik futbolchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Wilmer López Arguedas | ||
Tavallud sanasi | 3-avgust 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Alajuela, Kosta Rika | ||
Boʻyi | 1.69 m (5 ft 6 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Raqami | 6 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Carmelita | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1992—1993 | Carmelita | (2) | |
1993—1998 | Alajuelense | 238 | (46) |
1998 | Tolima | 0 | (0) |
1998—2007 | Alajuelense | 240 | (34) |
2007—2008 | Pérez Zeledón | 14 | (1) |
2008—2009 | Carmelita | 18 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
1995—2003 | Kosta Rika | 76 | (6) |
Boshqargan klublari | |||
2010—2011 | Jacó Rays | ||
2017- | Alajuelense | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
U „Alajuelense“da oʻynagan va klubning barcha davrlardagi eng yaxshi oʻyinchilaridan biri hisoblanadi.
Klubdagi faoliyati
tahrirLópez Kosta-Rika Primerasida debyutini 1992-yil 5-yanvarda Carmelita bilan ASODELIga qarshi oʻynagan, oʻsha uchrashuvda ligadagi birinchi golini ham kiritgan. Keyingi mavsumda u Alajuelense tomonidan sotib olingan. U jamoada 13 mavsum oʻynagan va 7 marta Kosta-Rika chempionatida, 3 marta Klublararo UNCAF chempionatida va 1 marta KONKAKAF chempionlar kubogida gʻolib chiqgan. Jamoasi bilan u ketma-ket 4 marta milliy chempionatda gʻolib chiqqan (1999-2000-2002-2003). U Kolumbiyaning Deportes Tolima klubiga oʻtgunga qadar ketma-ket ikki mavsum milliy turnirning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
Xalqaro faoliyat
tahrirLópez Kosta-Rika terma jamoasi safida 1995-yil avgust oyida Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va jami 76ta oʻyin oʻtkazib, 6ta gol urgan[1]. U oʻz mamlakatini FIFA Jahon chempionati saralashida 22 ta oʻyinda himoya qilgan va 2002-yilda Koreya va Yaponiyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionatida barcha 3 oʻyinda ishtirok etgan. U 1995[2] va 1997-yilgi UNCAF Millatlar kubogi[3] hamda 1998[4] 2000[5] 2002[6] va 2003-yilgi KONKAKAF Oltin kubogi[7] hamda 1997-yilgi Amerika Kubogida oʻynagan[8].
Uning soʻnggi xalqaro oʻyini 2003-yil iyul oyida KONKAKAF Oltin Kubogida AQShga qarshi oʻyin boʻlgan.
Xalqaro maydondagi gollar
tahrir№ | Sana | Joy | Raqib | Score | Result | Competition |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 1.12.1996 | Estadio Ricardo Saprissa Aymá, San José, Costa Rica | AQSh | 2-0 | 2-1 | 1998 FIFA Jahon kubogi saralash |
2. | 23.04.1997 | Estadio Mateo Flores, Guatemala City, Guatemala | Honduras | 3-0 | 4-0 | 1997-UNCAF |
3. | 28.01.1998 | Estadio Alejandro Morera Soto, Alajuela, Costa Rica | Trinidad va Tobago | 4-0 | 4-0 | Oʻrtoqlik oʻyinlari |
4. | 4.02.1998 | LA Memorial Coliseum, Los Angeles, United States | Kuba | 3-0 | 7-2 | 1998 KONKAKAF Oltin Kubogi |
5. | 4.02.1998 | LA Memorial Coliseum, Los Angeles, United States | Kuba | 5-0 | 7-2 | 1998 KONKAKAF Oltin Kubogi |
6. | 26.01.2000 | Estadio Ricardo Saprissa Aymá, San José, Costa Rica | Trinidad va Tobago | 1-1 | 2-1 | Oʻrtoqlik oʻyinlari |
Shaxsiy hayoti
tahrirLópez Alejandra Lopesga uylangan va er-xotinning ikki oʻgʻli va bir qizi bor.
Manbalar
tahrir- ↑ Appearances for Costa Rica National Team — RSSSF
- ↑ UNCAF Tournament 1995 — RSSSF
- ↑ UNCAF Tournament 1997 — RSSSF
- ↑ CONCACAF Championship, Gold Cup 1998 — Full Details — RSSSF
- ↑ CONCACAF Championship, Gold Cup 2000 — Full Details — RSSSF
- ↑ CONCACAF Championship, Gold Cup 2002 — Full Details — RSSSF
- ↑ CONCACAF Championship, Gold Cup 2003 — Full Details — RSSSF
- ↑ Copa América 1997 — RSSSF