Wang Qiang
Wang Qiang (talaffuzi: Van Syan) (1984-yil 23-iyulda tugʻilgan) — Xitoy terma jamoasi futbolchisi, himoyachi. Wangning akasi Wang Gang ham futbolchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Wang Qiang | ||
Tavallud sanasi | 23-iyul 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Dalian, Liaoning, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2003 | Changsha Ginde | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2010 | Changsha Ginde | 151 | (7) |
2011—2015 | Shandong Luneng | 61 | (3) |
2016—2018 | Beijing Renhe | 45 | (2) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2009—2011 | Xitoy | 14 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2018-yil 11-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2012-yil 16-oktyabr uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirWang Qiang oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2003-yilgi liga mavsumida yuqori diviziondagi Shenyang Gindeda himoyachi sifatida boshlagan va 2005-yilgi liga musobaqasida jamoa uchun 21 liga oʻyinida maydonga tushgan[1]. Shenyang Ginde 2006-yilgi Xitoy Superligasi mavsumining koʻp qismida jamoasining quyi ligaga tushib ketishga qarshi kurashgan. Wan Qiang jamoadagi oʻz mavqeini mustahkamlay olgan va 2006-yilning 22-iyulida mavsum davomida „Inter Xian“ga qarshi ligadagi birinchi golini urgan[2]. 2007-yilgi liga mavsumi boshida Shenyang Ginde Changshaga koʻchib oʻtgan va oʻz nomini Changsha Ginde deb oʻzgartirgan, Wang Qiang jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻlib qolgan va jamoaga ligadagi oʻyinlarda gʻalaba qozonishga yordam bergan, shu tariqa liga jadvalidagi oʻrinlarini yaxshilshga yordam bergan10[3]. Jamoaning markaziy himoyasida doimiy oʻyinchi boʻlgan Wang keyingi mavsumda klub sardori lavozimiga koʻtarilgan, ammo uning sardorlik faoliyati klub tarixidagi eng yomon mavsumga toʻgʻri kelgan va Xitoy Superligasining 2010-yil mavsum yakunida klub quyi ligaga tushib ketgan[4]. 2011 yilgi liga musobaqasi boshlanishidan oldin liga chempioni Shandong Luneng Wangni 5 million yuanga sotib olgan[5].
2015-yil dekabr oyida Wang Xitoyning Birinchi Liga jamoasi Beijing Renhega ikki yillik shartnoma bilan erkin agent sifatida oʻtgan[6]. U klub bilan shartnomasini 2017-yilning 31-dekabrida Beijing Renhe Xitoy Superligasiga chiqqanidan keyin uzaytirgan[7].
Xalqaro faoliyati
tahrirWang Qiang xalqaro maydondagi debyutini 2009-yilning 18-iyulida Falastinga qarshi o‘tkazgan va bu oʻyinda Xitoy 3:1 hisobida g‘alaba qozongan[8]. Oʻsha oʻyindan soʻng u milliy terma jamoaning doimiy oʻyinchisiga aylangan va 2011-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan jamoaga chaqirilgan. Bu musobaqaga qadar Wang 2010-yilgi Sharqiy Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan jamoa tarkibiga kiritilgan.
Faoliyat statistikasi
tahrirLiga | Kubok | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol |
Xitoy | Liga | FA Kubogi | CSL Kubogi | Osiyo | FA Super Kubogi | Jami | ||||||||
2003 | Shenyang Ginde / Changsha Ginde | Jia-A Ligasi / CSL | 1 | 0 | 0 | - | - | - | 1 | 0 | ||||
2004 | 12 | 0 | 0 | 0 | - | - | 12 | 0 | ||||||
2005 | 21 | 0 | 0 | 2 | 1 | - | - | 23 | 1 | |||||
2006 | 22 | 2 | 0 | - | - | - | 22 | 2 | ||||||
2007 | 19 | 0 | - | - | - | - | 19 | 0 | ||||||
2008 | 24 | 2 | - | - | - | - | 24 | 2 | ||||||
2009 | 28 | 3 | - | - | - | - | 28 | 3 | ||||||
2010 | 29 | 0 | - | - | - | - | 29 | 0 | ||||||
2011 | Shandong Luneng | 17 | 0 | 0 | 0 | - | 2 | 0 | - | 19 | 0 | |||
2012 | 21 | 1 | 3 | 1 | - | - | - | 24 | 2 | |||||
2013 | 3 | 0 | 2 | 0 | - | - | - | 5 | 0 | |||||
2014 | 8 | 0 | 3 | 0 | - | 1 | 0 | - | 12 | 0 | ||||
2015 | 12 | 2 | 3 | 0 | - | 3 | 0 | 1 | 0 | 19 | 2 | |||
2016 | Guizhou Renhe / Beijing Renhe | Xitoy Birinchi Ligasi | 21 | 3 | 0 | 0 | - | - | - | 21 | 3 | |||
2017 | 23 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 23 | 0 | |||||
2018 | CSL | 1 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 1 | 0 | ||||
Jami | Xitoy | 262 | 13 | 11 | 1 | 2 | 1 | 6 | 0 | 1 | 0 | 282 | 15 |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirShandong Luneng Taishan
- Xitoy FA kubogi : 2014[9]
- Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil
Xalqaro
tahrirXitoy milliy futbol jamoasi
- Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Wáng, Qiáng“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
- ↑ „外援维森特染红 沈阳2-1击碎西安十轮不败金身“. sports.sohu.com (2006-yil 22-iyul). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
- ↑ „China 2007“. www.rsssf.com (2008-yil 18-aprel). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
- ↑ „China 2010“. www.rsssf.com (2012-yil 21-iyun). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
- ↑ „汪强转投鲁能褒贬不一 豪门深似海铁卫需过考验“. sports.163.com (2010-yil 25-noyabr). 2012-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ 汪强离队确认加盟人和 盼与新东家一起冲回中超 at sports.sohu.com 2015-12-11 Retrieved 2015-12-14
- ↑ „人和官方宣布续约韩鹏汪强:加油两位"小将"!“. Sina (2017-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
- ↑ „国足3-1巴勒斯坦 曲波郜林进球杨智红牌 图 评“. sports.sohu.com (2009-yil 18-iyul). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
- ↑ „足协杯-麦克格文压哨绝杀 鲁能5-4舜天夺冠“. Sports.sina.com.cn (2014-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.