Where Rivers and Mountains Sing

Ichki Osiyo musiqasi boʻyicha Theodore Levin qalamiga mansub kitob

„Where Rivers and Mountains Sing: Sound, Music, and Nomadism in Tuva and Beyond“ („Daryolar va togʻlar kuylovchi yerlar: Tiva va uning atrofidagi hududlarda tovush, musiqa va koʻchmanchilik“) (ruscha: Музыка новых номадов. Горловое пение в Туве и за ее пределами; „Yangi koʻchmanchilar musiqasi. Tiva va uning atrofidagi hududlarda jir ijrosi“) — amerikalik musiqashunos va etnograf Theodore Levin qalamiga mansub kitob. Kitob matnini boshdan-oyoq Levin yozgan boʻlsa-da, muallif unga yaqindan koʻmaklashgan va u bilan gʻoyalarini boʻlishgan tivalik etnograf olima Valentina Suzukeyni hammualif oʻlaroq koʻrsatgan. Kitobda Oltoy togʻlari yaqinida yashovchi koʻchmanchi xalqlar, xususan, tivalar, xakaslar, oltoylar, moʻgʻullar, qozoqlar va qirgʻizlar musiqiy merosi haqida soʻz yuritiladi. Kitobda, shuningdek, tivalik jirovlardan iborat „Xun-Xurtu“ musiqiy guruhi faoliyati atroflicha yoritilgan.

Where Rivers and Mountains Sing: Sound, Music, and Nomadism in Tuva and Beyond
Where Rivers and Mountains Sing.jpg
Muallif Theodore Levin
Valentina Suzukey bilan
Janr musiqa
antropologiya
Til inglizcha
Nashriyot Indiana University Press
Nashr etilgan 2006
2010
2019
ISBN 0-253-34715-7 (2006)
ISBN 978-0-253-04503-4 (2010)
ISBN 978-0-253-04471-6 (2019)

Asar ilk bor 2006-yil AQShning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida chop etildi. 2010- va 2019-yillarda qayta nashr qilindi. 2012-yil Moskva shahrida „Klassika XXI“ nashriyotida Ilya Kun oʻgirgan ruscha tarjimasi chop etildi.

Kitob 40 qoʻshiq va kuyni oʻzida jamlagan hamroh kompakt-disk hamda 25 ta videolavhani oʻzida jamlagan DVD disk bilan nashr qilingan. Kuylarning barchasini va videolarning aksarini Levinning oʻzi yozib olgan. Kitobda, shuningdek, Oltoy xalqlari musiqasi va musiqiy hayoti toʻgʻrisida yozilgan ilmiy asarlar bibliografiyasi keltirilgan.

Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi.[1] Britan qoʻshiqchisi va etnomusiqashunosi Carole Pegg kitobni yuqori baholadi: „Kitob etnografik tafsilotlarga boy boʻlib, bizni tovush va musiqa orqali nafaqat zamonaviy koʻchmanchilar fizik dunyosiga, balki ularning animistik ishonch va anʼanalari, shomonlar va dostonchilardan iborat ruhiy dunyosiga ham yetaklaydi. Levin qator nazariyotchilar, jumladan, etnomusiqashunoslar, antropologlar, tilshunoslar, musiqachilar, bastakorlar, tarixchilar, evolyutsiya psixologlari, faylasuflar va sanʼat tarixchilariga tayanadi.“[2] Ammo Pegg kitobda Oltoy xalqlari sanʼatidan uslubiy jihatdan farq qiluvchi qozoq va qirgʻiz sanʼati haqida soʻz yuritilganini, ijrochilarni yozib olish aksar holatlarda „sahnalashtirilgan“ muhitda oʻtkazilganini hamda ayrim holatlarda kichik aholi punktlariga koʻp sonli xorijlik aʼzodan iborat etnografik guruh tashrif buyurganini tanqid qildi.

BoʻlimlariTahrirlash

Kitobning asosiy boʻlimlaridan oldin kirish soʻzi, muallif soʻzi, asarda tilga olingan xalqlar tillari haqida qisqacha maʼlumot, kitob qahramonlari roʻyxati hamda xaritalar keltirilgan. Asosiy boʻlimlardan keyin esa glossariy, izohlar, bibliografiya, indeks, kompakt hamda DVD disklar indeksi oʻrin olgan.

Boʻlim Tarjimasi Mazmuni
1 Finding the Field
  • Road Warriors
  • Kyzyl
  • Reinventing Tuva
Mavzu izlab
  • Yoʻl jangchilari
  • Qizil
  • Tivani qayta kashf etib
Birinchi boʻlimda muallif tivalik jirovlardan tuzilgan „Xun-Xurtu“ guruhi menejeri oʻlaroq uning aʼzolari Sayan Bapa, Anatoliy (Tolya) Kuular, Kaygal-ool Xovalig hamda Aleksey Sariglar bilan 1997–2003-yillarda AQSh va Rossiya shaharlari boʻylab qilgan gastroli haqida hikoya qiladi. Xususan, boʻlimda guruh aʼzolarining Santa Fe, Los Angeles, Seattle, Ann Arbor, Moskva, San Francisco, Portland hamda Valencia shaharlarida qilgan chiqishlari yoritilgan. Shuningdek, boʻlimda Levin 1987–1988-, 1995- hamda 1998-yillarda Tiva poytaxti Qizil shahriga qilgan safarlari hikoya qilinadi. Jumladan, birinchi boʻlimda muallif rus musiqashunosi Eduard Alekseyev hamda tivalik folklorchi Zoya Kirgis bilan Tivaning chekka hududlariga sayohatlari hamda birgalikda yozib olib, Smithsonian Folkways leyblida eʼlon qilgan „Tuva: Voices from the Center of Asia“ („Tiva: Osiyo markazidan ovozlar“) diski muvaffaqiyatiga toʻxtalib oʻtgan.
2 The World Is Alive with the Music of Sound
  • Musical Offerings
  • In a Cave
  • Natural Reverb
Jahon tovush musiqasi bilan tirik
  • Musiqiy hadyalar
  • Gʻorda
  • Tabiiy reverberatsiya
Ikkinchi boʻlimda „egalar“ uchun „olqish“ kuylash – mahalliy ruhlarga ularni olqishlovchi musiqiy hadya keltirish haqida hikoya qilinadi. Boʻlimda, shuningdek, suv tovushiga taqlid qilib kuylash, gʻor ichida hamda togʻlar aks-sadosi hamrohligida kuylash anʼanalariga toʻxtalib oʻtilgan. Mazkur boʻlimdan „uzun qoʻshiq“ janri haqida ham maʼlumot oʻrin olgan. Nihoyat, ikkinchi boʻlimda tivalar va moʻgʻullar orasida keng tarqalgan, jir ijrosi bilan bogʻliq afsona va rivoyatlar keltirilgan.
Interlude Interlyudiya Interlyudiyada muallif rahbarligida 1990-yil eʼlon qilingan „Tuva: Voices from the Center of Asia“ (Tiva: Osiyo markazidan ovozlar“) albomiga kiritilgan kuyning pishloq tayoqchalari ishlab chiqaruvchi shved shirkati reklamasida ishlatilgani haqida hikoya qilinadi. Mazkur reklama shirkat ruxsati bilan asarga hamroh DVD diskka kiritilgan.
3 Listening the Tuvan Way
  • Timbre-Centered Music
  • Throat-Singing: The Ideal Timbral Art
Tivaliklarcha tinglash
  • Tembrga tayanuvchi musiqa
  • Jir: ideal tembr sanʼati
Uchinchi boʻlimda Tiva va umuman koʻchmanchi xalqlar musiqasida tembr tutgan oʻrin, xususan, ushbu xalqlarda ham tembrga asoslangan, ham tovush balandligiga asoslangan musiqa haqida hikoya qilinadi. Boʻlimdan, shuningdek, Levinning tivalik etnograf olima Valentina Suzukey bilan ushbu mavzuda suhbatlari oʻrin olgan. Bundan tashqari, mazkur boʻlimda jir ijrosida obertonlar va burdon tutgan oʻrin hamda jir ijrosi uslublari va ularning klassifikatsiyasi yoritilgan. Nihoyat, boʻlimda muallif tivaliklar va moʻgʻullar oʻrtasida jir ijrosining kelib chiqishiga doir munozaralar va ularning asossiz ekanligiga toʻxtalib oʻtgan.
4 Sound Mimesis
  • Mimesis and the Power of Representation
  • Hunters: The Earliest Sound Technologists?
  • Ludic Mimesis
  • Sound Mimesis and Spiritual Landscape
  • Sound Mimesis as Narrative
  • The Mimesis of Mimesis
  • Mimesis as Cultural Memory
Musiqiy mimesis
  • Mimesiz va timsol kuchi
  • Ovchilar: Eng qadimiy ovoz ustalari?
  • Oʻyinqaroq mimesis
  • Tovush mimesisi va ruhiy landshaft
  • Tovush mimesisi hikoya oʻlaroq
  • Mimesis mimesisi
  • Mimemis madaniy xotira oʻlaroq
Toʻrtinchi boʻlim musiqiy mimesis, yaʼni „tabiiy muhit hodisalarini va ushbum muhit va uning aholisi bilan oʻzaro munosabatini aks ettirish uchun tovushdan foydalanish“ga bagʻishlangan. Xususan, boʻlimda muallif musiqiy mimesis haqidagi turli teoriyalarga toʻxtalib oʻtib, insonlar oʻz atrofidagi tabiat kuchlari va borliqqa boʻlgan munosabatini tovush mimesisi yordamida izhor qilishini tasvirlab bergan. Boʻlimda, shuningdek, Oltoydagi ovchi xalqlarning qadimiy musiqa asboblari hamda tabiat va hayvonlar tovushlariga taqlid qilish anʼanalari haqida soʻz yuritiladi. Bundan tashqari, boʻlimda tivaliklar va boshqa xalqlar ijodida geografik nomlar va obrazlar tutgan oʻringa toʻxtalib oʻtilgan. Shuningdek, muallif qirgʻizlar, qozoqlar va moʻgʻullar instrumental musiqasi hamda koʻchmanchi va oʻtroq xalqlar musiqasi oʻrtasidagi farq boʻyicha fikrlarini bayon qilgan. Nihoyat, boʻlimda Levin bir guruh musiqachi bilan Mongoliya gʻarbiga qilgan sayohati yoritilgan.
5 Music, Sound, and Animals
  • Animal Spirits
  • Signaling and Singing to Animals
  • Listening to Animals
  • Animals in Music
  • "Animal Style" Art and Music
Musiqa, tovush va jonivorlar
  • Jonivorlari ruhi
  • Jonivorlarga ishora qilish va kuylash
  • Jonivorlarning tinglash
  • Jonivorlar musiqada
  • „Jonivorlar uslubidagi“ sanʼat va musiqa
Beshinchi boʻlimda shomonlarning hayvonlar ruhiga boʻlgan ishonchi, doira va qoʻbiz kabi asboblar yordamida hayvonlar ruhini „mujassamlashtirishi“ hamda ular bilan „aloqa bogʻlashi“ haqida hikoya qilinadi. Boʻlimda, shuningdek, uy hayvonlari uchun moʻljallangan kuylar hamda choʻponlar hayvonlarni boshqarish uchun qoʻllanadigan ovoz va kuylar haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, ovchilarning hayvonlar oʻzini tutishiga tayangan holda fasl oʻzgarishiga hozirlik koʻrishi hamda hayvonlarni qoʻshiq va kuylarda olqishlashi va ifodalashi yoritilgan. Nihoyat, ushbu boʻlimda musiqa va tasviriy sanʼat oʻrtasidagi bogʻliqlik hamda oʻtroq va koʻchmanchi xalqlar musiqa va tasviriy sanʼati oʻrtasidagi farq va oʻxshashliklar yoritilgan.
6 An Animist View of the World
  • Huun-Huur-Tu at Home
  • Epic Dreams
  • Shamans and Champagne
  • The Spirit of Manas
  • Women Are Not Supposed to Do This
  • The Ondar Phenomenon
  • Crete
Animistik dunyoqarash
  • „Xun-Xurtu“ oʻz uyida
  • Epik tush
  • Shomonlar va shampan
  • Manas ruhi
  • Bu ayollar uchun emas
  • Ondar fenomeni
  • Krit
Oltinchi boʻlimda tivalik „Xun-Xurtu“ hamda xakasiyalik „Sabjilar“ musiqiy guruhlari jahon miqyosida topgan shuhrati, Oltoyda Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin folklor guruhlar va milliy musiqa va sanʼatga qiziqishning qayta tiklangani haqida hikoya qilinadi. Boʻlimda Ichki Osiyoning oʻtroq xalqlari orasida keng tarqalgan ustoz-shogird anʼanasi koʻchmanchilarning mustaqil ravishda (koʻp holatlarda „ruhlardan ruhlanib“) ijroni oʻzlashtirishiga qiyoslangan. Boʻlimda, shuningdek, zamonaviy shomonlar faoliyati, jumladan, muallif ishtirok etgan „poklanish“ amali haqida bayon qilinadi. Shuningdek, yakuniy boʻlimdan qirgʻiz xalq eposi „Manas“, ayol jirovlar, tivalik jirov Konga-oola Ondar xalqaro miqyosda topgan shuhrat haqida soʻz yuritiladi. Boʻlim yakunida musiqachi Ross Daily Gretsiyaning Krit orolida uyushtirgan konsert, unda muallif va „Xun-Xurtu“ guruhining ishtiroki haqida hikoya qilinadi. Nihoyat, boʻlimda yunon futbol lotereyasi reklamasida „Xun-Xurtu“ ashulasi qoʻllanilishi ortidan guruh Gretsiyada topgan shuhrat bayon qilingan.
Postlude: Appropriation and Its Discontents Postlyudiya: Oʻzlashtirish va unga qarshilar Postlyudiya jirovlar ijrosidagi kuylarning Gʻarbda olingan filmlarda, jumladan, „The Fast Runner“ filmida mualliflik huquqlarini buzmasdan, ammo ijrochilar bilan maslahatlashmasdan qoʻllanilgani haqida soʻz yuritiladi. Yakuniy qismda, shuningdek, Levinning Vermont shtatidagi Norwich shahridagi uyida „Xun-Xurtu“ guruhi aʼzolari bilan anʼanaviy musiqaning qayta ishlanishi, xalqaro musiqiy hamkorliklar hamda zamonaviy koʻchmanchilar mavzularidagi suhbatlari keltirilgan.

Ruscha nashriTahrirlash

2012-yil asarning Ilya Kun oʻgirgan ruscha tarjimasi Музыка новых номадов. Горловое пение в Туве и за ее пределами („Yangi koʻchmanchilar musiqasi. Tiva va uning atrofidagi hududlarda jir ijrosi“) nomi bilan chop etildi. Ruscha nashr Moskva shahrida „Klassika XXI“ nashriyotida nashr qilindi. Ruscha nashrga sovet etnomusiqashunosi Eduard Alekseyev kirish soʻz yozgan.

Hamroh kompakt diskTahrirlash

Tavsif Tarjimasi Ijrochi
1 Evening Roundup in Chandman, Mongolia Chandman, Mongoliyada hayvonlarni kechki payt toʻdalash
2 Wind Harmonics on Stringed Instruments Torli asboblarda shamol flajoleti
3 Artyy-Saiyr „Artii sayir“ Vasiliy Chazir
4 Alash „Alash“ Mergen Mongush
5 Kargyraa in a Cave Gʻordagi qargʻiraa Anatoliy Kuular
6 Kargyraa Qargʻiraa Eres-ool Mongush
7 Xöömei Xomey Sundukay Mongush
8 Jew's Harp Changqoʻbiz Oleg Kuular
9 The River Harlen „Xarlen daryosi“ Xongorzul
10 Borbangnadyr with Water Suv joʻrligidagi borbannadir Anatoliy Kuular
11 Kai: My Topshuur Kay: „Mening topshuurim“ Sarimay Orchimayev
12 Buyant Gol „Buyant-Gol“ Sengedorj
13 Gooj Nanaa „Goodj Nanaa“ Sengedorj
14 Amyrgaa Amirgʻa Maar-olt Sat
15 Two Lovers on Horseback „Ot minib olgan ikki sevishgan“ Gombojav
16 Running Horse „Chopayotgan ot“ Gombojav
17 Wounded Bear „Yaralangan ayiq“ Gombojav
18 Young Show-off „Yosh maqtanchoq“ Gombojav
19 Camel Gait „Tuya yurishi“ Gombojav
20 Animal Sound Mimicry Hayvonlar tovushlariga taqlid Albert Saspik-ool
21 Animal Sound Mimicry Hayvonlar tovushlariga taqlid Aleksandr Tulush
22 Mountaing Kargyraa Togʻ qargʻiraaasi Aldin-ool Sevek
23 Steppe Kargyraa Dasht qargʻiraaasi Aldin-ool Sevek
24 Contour of Altai Mountains „Oltoy togʻlari qiyofalari“ Gombojav
25 Contour of Hangai Mountains „Xangay togʻlari qiyofalari“ Gombojav
26 The Sound of a Mountain Singing Kuylayotgan togʻ ovozi Yevgeniy Ulugbashev
27 Mountain Voices „Togʻ sadolari“ Yevgeniy Ulugbashev
28 Shanchyg „Shanchigʻ“ Anatoliy Kuular
29 Gallop of Jonon Har „Jonon Xarning chopishi“ Bat-Erdene
30 Talking Jew's Hapr „Soʻzlovchi changqoʻbiz“ Sarimay Orchimayev
31 The River Eev „Eev daryosi“ Deleg Bayansair
32 Black-Spotted Yak „Chipor qoʻtos“ Dardi Bandi
33 Animal Signals Hayvonlar chaqiriqlari Dari Bandi
34 Sheep Domestication Song (Mongolia) Qoʻylarni qoʻlga oʻrgatish kuyi (Mongoliya) Gobmbosurenjiyn Begjyav
35 Sheep Domestication Song (Tuva) Qoʻylarni qoʻlga oʻrgatish kuyi (Tiva) Doluma Lopsanchap
36 Yak-Milking Melody Qoʻtos sogʻish kuyi Serenedimit
37 Chyraa-Xor „Chiraa-Xoor“ „Xun-Xurtu“
38 Xöömei on Horseback Ot ustidagi xomey Anatoliy Kuular va Kaygal-ool Xovalig
39 Ezenggileer Ezengileer Marjimal Ondar
40 Ancestors „Ajdodlarimiz“ „Xun-Xurtu“

Hamroh DVD diskTahrirlash

Tavsif Tarjimasi Ijrochi
1 Huun-Huur-Tu on the Road; San Francisco, California, 1999 „Xun-Xurtu“ yoʻlda, California, 1999 „Xun-Xurtu“
2 A Drive in the Mountains; Wetern Tuva, Summer 2003 Gʻarbiy Tiva togʻlarida yoʻl yurib „Xun-Xurtu“
3 The Singing River „Kuylovchi daryo“ Anatoliy Kuular
4 Whistling a Landscape Manzara hushtagi Grigoriy Mongush
5 Bayan-Dugai „Bayan-Dugay“ Kaygal-ool Xovalig
6 Buqtym, Buqtum (I'm Ducking, I'm Ducking) Bugʻtim, bugʻtim, sayda bugʻdim („Shoʻngʻiyapman, shoʻngiyapman, soyga shoʻngʻiyapman“) Abdulxamit Raimbergenov
7 Karasai „Qorasoy“ Abdulxamit Raimbergenov
8 Ak-Tamak—Kök-Tamak (White Neck—Blue Neck) „Oqtomoq–koʻktomoq“ Namazbek Uraliyev
9 Toguz Qairyq (Nine Themes) Toʻguz qayriq („Toʻqqiz mavzu“) Ruslan Jumabayev
10 Bie Dance Biye raqsi Turgen somoni, Uvs aymogʻi turgʻunlari, Gʻarbiy Mongoliya
11 The White Swan „Oqqush“ Raushan Orazbayeva
12 The Rabbit-Shaman „Shomon quyon“ Ochur-ool Mongush
13 Chyraa-Bora „Chiraa-Bora“ Aldar Tamdin
14 The Gallop of Tulpar Tulpor chopishi Yedil Xusainov
15 Dancing Mountain Goat „Raqqos togʻ echkisi“ Yedil Xusainov
16 Siber Chyltys „Siber Chiltis“ Vyacheslav Kuchenov
17 Pis Kildibis „Pis Kildibis“ „Sabjilaar“
18 Shaman Ritual Shomon marosimi Lazo Mongush
19 Excerpt from Manas Epic „Manas“dan parcha Risbek Jumanayev
20 Kojamyk Qojamiq „Tiva qizi“
21 Öpei-Yry (Lullaby) „Opey iri“ allasi „Tiva qizi“
22 Praise-Song Olqish [„Oltoyimdan soʻrab“] Raisa Modorova
23 Kyzyl-Taiga „Qizil tayga“ Kaygal-ool Xovalig
24 Tuvan Music Ad-Ventures I: A Swedish Snack Food Shved pishloq shirkati reklama roligi „Xun-Xurtu“
25 CTuvan Music Ad-Ventures II: A Greek Soccer Lottery Yunon futbol lotereyasi reklama roligi „Xun-Xurtu“

ManbalarTahrirlash

  1. Yoon, Sunmin (Winter/Spring 2015). "Where Rivers and Mountains Sing: Sound, Music, and Nomadism in Tuva and Beyond by Theodore Levin with Valentina Süzükei, and: The Horse-head Fiddle and the Cosmopolitan Reimagination of Tradition in Mongolia by Peter K. Marsh (review)" (inglizcha). Asian Music 46 (1): 154-159. 
  2. Pegg, Carole (2007). "Theodore Levin with Valentina, Where Rivers and Mountains Sing: Sound, Music, and Nomadism in Tuva and Beyond. Bloomington: Indiana University Press, 2006. xxv +281 pp., 32 color photos, 41 b/w photos, 2 maps, bibliography, index. CD/DVD included. ISBN 0-253-34715-7 (cloth), US$35.00." (inglizcha). The World of Music 49 (1): 195-199. 

HavolalarTahrirlash