William Eric Gallas (17-avgust 1977-yil) – fransiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan[4]. U oʻz futbolchilik kareyerasining koʻp qismini Fransiya va Angliya klublarida oʻtkazgan va Avstraliyada A-ligasi klubi Perth Gloryda oʻz faoliyatini yakunlgan. Gallas Fransiyada karyerasini boshladi, 2001-yilda esa ingliz klubi Chelsea bilan shartnoma imozladi. U 2006-yilda boshqa futbolchiga almashtirilgan holda Arsenalga borib qoʻshildi. Keyinchalik u 2010-yilda yana bir London klubi Tottenham bilan shartnoma imzolaydi.

William Gallas
Gallas 2018-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi William Eric Gallas[1]
Tavallud sanasi 17-avgust 1977-yil (1977-08-17) (46 yosh)[2]
Tavallud joyi Asnières-sur-Seine, France
Boʻyi 1.81 m[3]
Ampluasi Himoyach
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1987–1992 AVG Football
1992–1993 RCF Paris
1992–1994 INF Clairefontaine
1994–1995 Caen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995–1997 Caen 34 (0)
1997–2001 Marseille 85 (2)
2001–2006 Chelsea 159 (12)
2006–2010 Arsenal 101 (12)
2010–2013 Tottenham Hotspur 61 (1)
2013–2014 Perth Glory 15 (1)
Milliy terma jamoa
1997 Fransiya U-20 3 (0)
1997–1998 Fransiya U-21 11 (0)
2002–2010 Fransiya 84 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Uning karyerasi muvaffaqiyatli oʻtgan, shu jumladan 2005 va 2006-yillarda Premyer Liga titullari qoʻlga kiritadi. 2007-yilda u Arsenal jamaosining sardori etib tayinlandi, ammo 2008-09-yilgi mavsumda bergan intervyusida jamoa aʼzolarini tanqid qilganidan soʻng sardorlik undan olib qoʻyiladi. U 2009-10-yilgi mavsum soʻnggida shartnoma muddati tugagach klubni tark etadi va keyinchalik ashaddiy raqiblari Tottenhamga borib qoʻshildi. Bu klubni 2012-2013-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugaganida tark etadi. U 2014-yilning 16-oktabrida isteʼfoga chiqdi.

Klublardagi faoliyat

tahrir

Faoliyatining ilk yillari

tahrir

Fransiya futbol akademiyasini bitirgan Gallas 1996-yilda ikkinchi diviziondagi Caenda professional karyerasini boshladi. Keyinchalik 1997-yilda u Marseillega oʻtdi, u yerda u toʻrt mavsum davomida toʻp surdi. U UEFA chempionlar ligasidagi debyutini Marseilleda oʻtkazadi, 1999-yil oktyabr oyida esa oʻsha yilgi chempion Manchester Yunaytedga qarshi oʻyinda esa ilk golini kiritadi va oʻsha oʻyinda jamoasi 1-0 hisobda gʻalaba qozonadi[5].

Chelsea

tahrir
 
William Gallas „Chelsea“ va „Inter“ afsonalari oʻrtasidagi oʻyinda

Chelsining murabbiyi Claudio Ranieri 2001-yilda Gallasni 6,2 million funt sterlingga Marseilledan sotib oldi[6][7]. U London klubi tarkibida 13 raqamni tanladi, chunki bu Marsieille shahrining pochta kodi edi. Ranieri boshchiligida Gallas Marsel Desailly va keyinchalik Jon Terry bilan markaziy himoyada sherik boʻlgan. Terry bilan hamkorlikda 16 oʻyin davomida darvozasi daxsizligini saqlab qoladi. U baʼzida chap qanot himoyachisi sifatida ham oʻynagan. Ranieri dacrida Gallas terma jamoa safida ham debyut qiladi. Gallas 2001-yil avgust oyida Newcastle Unitedga qarshi Jon Terry oʻrniga maydonga tushgan holatda debyut qiladi[8]. Uning birinchi golini Angliya kubogida Tottenham Hotspur qarshi kiritiladi[9]. Chelsea 2002-yilgi Angliya kubogi finalida ishtirok etdi, u oʻyinda Gallas asosiy tarkibda maydonga tushadi va jamoasi magʻlubiyatga ucharydi[10].

Arsenal

tahrir
 
Gallas muxlislariga minnatdorchilik bildirmoqda

Gallas Arsenal bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U yaqinda pensiyaga chiqqan Dennis Bergkampdan keyin boʻsh qolgan 10-raqamni oldi[11].

Gallas Gunners tarkibida 2006-yil 9-sentyabr kuni Middlesbrough qarshi 1-1 hisobida yakunlangan uy oʻyinida chap qanot himoyachisi sifatida debyut oʻyinini oʻtkazadi va 23-sentyabr kuni Sheffield United qarshi Arsenal tarkibidagi birinchi golini kiritdi[12][13].

Gallas 2007-yil 9-avgustida Arsenal sardori sifatida belgilanadi, Kolo Touré vice-kapitanlikni oʻz zimmasiga oldi. Biroq, koʻpchilik Gilberto Silva sardorlik bogʻichini taqishini kutganligi sababli bu baʼzi bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Arsenal kapitanligi sifatida uning birinchi oʻyini 2007-yil 12-avgust kuni Fulham qarshi boʻlib oʻtdi[14]. Gallas 19-avgust kuni Blackburn Rovers qarshi oʻyinda jarohat oladi va 20-oktyabr kuni safga qaytadi. 3-noyabr kuni Emirates stadion oʻtkazilgan Arsenal-Manchester United bahsida u oʻz darvozasini ishgʻol etadi. Soʻnggi daqiqalarda Londonliklar tomonidan kiritilgan gol esa oʻyin durrang bilan yakunlanishini taʼminlaydi[15].

2010-yil 17-fevral kuni Gallasning Stamford Bridgedagi Chelseaga qarsi oʻyini Arsenal safidagi futbolchining 100-oʻyini boʻladi. Gallas klubni shu yili yozda erkin agent sifatida tark etadi. Himoyachi klub safida jami 142 ta oʻyin oʻtkazgan va 17 ta gol muallifiga aylangan.

Tottenham Hotspur

tahrir
 
Gallas(oʻngda) Cesc Fàbregasga qarsi, 2010-yil

2010 yil 20 avgust kuni Tottenham Hotspur menejeri Harry Redknapp Gallas klubga qoʻshilishi haqidagi xabarlarni tasdiqladi[16]. Transfer 22-avgust kuni rasman eʼlon qilindi, Gallas ushbu klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi[17]. Gallasning Londonnig bu klubiga transfer himoyachinlantirdi[18].

Gallas 11-sentabr kuni West Bromwich Albion jamoasiga qarsi oʻyinda oʻz debyutini oʻtkazadi va ushbu oʻyin 1-1 hisobida yakunlanadi[19]. 20-noyabr kuni jamoa sardorlari Ledley King va Michael Dawson jarohat olishi natijasida, Gallas sardorlik bogʻichi bilan ilk bahsini sobiq klubi Arsenalga qarshi Emirates stadionida oʻtkazadi va ushbu oʻyinda Tottehnam 1993-yildan beri birinchi marotaba liga oʻyinida derbida gʻolibi boʻladi.

Perth Glory

tahrir

2013-yil 23-oktabrda Gallas Perth Glory bilan bir yillik shartnoma imzolaydi[20] va Avstraliya A-ligasida toʻp surgan birinch fransuz futbolchiga aylanadi. Bu davrda Alessandro Del Piero, Emile Heskey va Shinji Ono kabi boshqa koʻplab yulduzlar ham bu ligada oʻynayotgan edi[21]. 2013-14-yilgi mavsum oxirida u isteʼfoga chiqadi. A-ligada jami 14 oʻyinda maydonga tushib va bitta gol muallifiga aylangan[22][23][24].

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir
 
Gallas UEFA Yevropa chempionati-2008 turnirida Fransiya tarkibida

Gallas Fransiya U-18 jamoasi Yevropa chempionatida gʻolib boʻlganida jamoa tarkibida boʻlgan. U shuningdek, 1997 yilgi FIFA Jahon chempionati U-20da Fransiya yoshlari jamoasida Thierry Henry, Devid Trezeguet, Nikolas Anelka, Mikael Silvestre va Villi Sagnol bilan birga oʻynadi.

2002-yil oktyabr oyida Gallas Sloveniyaga qarshi UEFA Yevro 2004 saralash oʻyinida Fransiya tarkibida debyut qiladi[25]. 2005-yil avgust oyida Gallas milliy terma jamoa safidagi debyut golini Kot-dʼIvuarga qarshi oʻyinda kiritadi.

2011-yil 6-iyun kuni 33 yoshida terma jamoa safida 84 ta oʻyin oʻtkazib 5 ta gol kiritgan holda Fransiya safida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[26].

Statistikasi

tahrir
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Caen 1995-96 Liga 2 16 0 19 0
1996-97 Liga 1 18 0 21 0
Umumiy 34 0 40 0
Marseille 1997-98 Liga 1 3 0 3 0
1998-99 Liga 1 30 0 42 0
1999-2000 Liga 1 22 0 31 1
2000-01 Liga 1 30 2 32 2
Umumiy 85 2 108 3
Chelsea 2001-02 Premyer Liga 30 1 41 2
2002-03 Premyer Liga 38 4 48 4
2003-04 Premyer Liga 29 0 45 1
2004-05 Premyer Liga 28 2 46 2
2005-06 Premyer Liga 34 5 45 5
Umumiy 159 12 225 14
Arsenal 2006-07 Premyer Liga 21 3 29 3
2007-08 Premyer Liga 31 4 42 4
2008-09 Premyer Liga 23 2 36 6
2009-10 Premyer Liga 26 3 35 4
Umumiy 101 12 142 17
Tottenham Hotspur 2010-11 Premyer Liga 27 0 36 0
2011-12 Premyer Liga 15 0 18 0
2012-13 Premyer Liga 19 1 24 1
Umumiy 61 1 78 1
Perth Glory 2013-14 A-liga 15 1 15 1
Jami statistika 455 28 608 36

Terma jamoa

tahrir
Milliy choy Yil Oʻyinlar Gollar
Fransiya 2002 3 0
2003 8 0
2004 15 0
2005 11 1
2006 15 1
2007 7 0
2008 10 0
2009 9 2
2010 6 1
Umumiy 84 5

Siovrinlari

tahrir

Caen[27]

  • Liga 2: 1995-96

Chelsea[28]

  • Premyer Liga: 2004-05, 2005-06[29]
  • Futbol ligasi kubogi: 2004-05
  • FA Community Shield: 2005-yil

Fransiya

Shaxsiy sovrinlar

  • Liga 1 yil kashfiyoti: 1999[31]
  • PFA yil jamoasi: 2002-03, 2005-06 (Premyer Liga)[32][33]
  • ESM yil jamoasi: 2007-08[34]

Manbalar

tahrir
  1. „FIFA World Cup South Africa 2010: List of Players: France“. FIFA (2010-yil 12-iyun). 2019-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Hugman, Barry J.. The PFA Premier & Football League Players' Records 1946–2005. Queen Anne Press, 2005 — 226 bet. ISBN 1-85291-665-6. 
  3. „Player Profile“. FIFA. 2010-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-may.
  4. „Ranking Arsenal's 11 captains in the Premier League era from best to worst“ (en-GB). GiveMeSport (2019-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 11-noyabr.
  5. „Gallas sinks Man Utd“. BBC (2000-yil 19-oktyabr).
  6. „Poyet heads for Chelsea exit“. BBC Sport (2001-yil 21-may). Qaraldi: 2012-yil 23-mart.
  7. „Gallas goes to Chelsea in £6.2m deal“. The Guardian (2001-yil 21-may). Qaraldi: 2012-yil 23-mart.
  8. „Clockwatch: Chelsea 1-1 Newcastle“. BBC (2001-yil 19-avgust). Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
  9. „Chelsea's cup revenge“. BBC (2002-yil 10-mart). Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
  10. „Arsenal lift FA Cup“. BBC (2003-yil 16-fevral). Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
  11. „Robin van Persie 'to transfer Arsenal squad shirt number' for new season“. Metro (2010-yil 7-iyul). Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
  12. „Arsenal 1-1 Middlesbrough“. BBC (2006-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
  13. „Arsenal 3-0 Sheff Utd“. BBC (2006-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
  14. „Gallas named captain as Wenger looks to older heads“. Arsenal.com (2007-yil 9-avgust). 2007-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-avgust.
  15. „Arsenal 2-2 Man Utd“. BBC (2007-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
  16. Riach, James. „Redknapp confirms Gallas deal“. Sky Sports (2010-yil 20-avgust). Qaraldi: 2010-yil 20-avgust.
  17. „Gallas deal agreed“. Tottenham Hotspur F.C. (2010-yil 22-avgust). Qaraldi: 2014-yil 5-fevral.
  18. „Gallas agrees landmark Spurs move“. FourFourTwo. Reuters (2010-yil 20-avgust). Qaraldi: 2010-yil 24-avgust.
  19. Lillywhite, Jamie. „West Brom 1–1 Tottenham“. BBC Sport (2010-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 14-sentyabr.
  20. „Perth Glory signs former Premier League defender William Gallas“. The Australian (2013-yil 23-oktyabr).
  21. „William Gallas agrees to Perth Glory move“. TheGuardian.com (2013-yil 23-oktyabr).
  22. A-League. „Wellington Phoenix vs Perth Glory, Hyundai A League 2014 (Round 22)“ (2014-yil 9-mart). 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  23. Metro.co.uk. „Gallas retires – and this epic Perth Glory gaffe is probably why“ (2014-yil 16-oktyabr).
  24. „William Gallas to announce his retirement from football“. ESPN (2014-yil 16-oktyabr).
  25. „Marlet leads French charge“. UEFA. Qaraldi: 2013-yil 1-avgust.
  26. „Gallas storms out of international football“. espn.co.uk (2011-yil 6-iyun). Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.
  27. „W. Gallas – Trophies“. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.„W. Gallas – Trophies“.
  28. „W. Gallas – Trophies“. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.
  29. „William Gallas: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2018-yil 16-aprel.
  30. 30,0 30,1 „W. Gallas – Trophies“. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.„W. Gallas – Trophies“.
  31. „France – Footballer of the Year“. RSSSF.
  32. The PFA Footballers' Who's Who 2003/2004 Hugman: . Queen Anne Press, 2003 — 496 bet. ISBN 1-85291-651-6. 
  33. The PFA Footballers' Who's Who 2006–07 Hugman: . Mainstream Publishing, 2006 — 480 bet. ISBN 1-84596-111-0. 
  34. „ESM Squad of the season: Season 2007/08“. European Football Statistics. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.