Xayrobod eshon majmuasi – Toshkent shahridagi meʼmoriy yodgorlik (1620-asr boshlari). Xayrobod eshon mablagʻiga usta Qoraxoʻja rahbarligida bunyod etilgan. Majmua sharqqa qaratib yonmayon qurilgan, tomi gumbazlar bilan yopilgan masjid, maqbara, hovuzli hovlidan iborat. Maqbara trapetsiya tarhli (7,5x7,7 m), bezaksiz, pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida barpo etilgan. Bosh tarziga devor sathidan 80 sm boʻrttirib uncha katta boʻlmagan peshtoq ishlangan, gumbazi ravoklar shaklidagi bagʻallarga oʻrnatilgan, ichki devorlarida sayoz ravoqli taxmonlar bor, gʻarbiy devoridagi tuynuk orqali xonaga yorugʻlik tushib turadi. Maqbara eshigi yogʻoch panjara shaklida, tobadoniga yogʻoch oʻymakorligida panjara ishlangan. Masjid toʻrtburchak xonali (12,5x 16,5 m), oldi va shim. tomonidan ustunli ayvonlar bilan tutashgan. Masjidning ichki devorlariga taxmonlar va odam boʻyi balandligida gir aylana navoli tokchalar ishlangan. Jan. devoridagi 2 ta deraza tashqi tarafdan buklama yogʻoch pardaderaza bilan berkitiladi. Ayvonlar tomi tekis, toqili shifti bir necha boʻlaklarga boʻlinib, islimiy naqshlar bilan turli ranglarda jozibador bezatilgan. 20-asrda taʼmirlangan. Hovuz saqlanib qolmagan.

Manbalar

tahrir