Xe Den Yer (1913-yil, Koreya – 1983-yil 7-may, Dushanbe, Tojikiston SSR) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Dimitrov nomidagi kolxoz raisi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).

Xe Den Yer
Tavalludi 1913-yil
Vafoti 7-may 1983-yil
Dushanbe, Tojikiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Qishloq xoʻjaligi texnikumi
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

1913-yil Koreyada dehqon oilasida tugʻilgan. 1920-yillarning boshida ota-onasi bilan Rossiyaning Primorsk viloyatiga koʻchib oʻtgan. 1931-yilda Uzoq Sharq oʻlkasi Spasskiy tumani qishloq aholi punktlaridan biridagi toʻliqsiz oʻrta taʼlim maktabining 6-sinfini tamomlagan. 1933-yilda qishloq xoʻjaligi texnikumini tugatib, boshlangʻich maktabda koreys tilidan dars bergan.

1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus aholi punktiga deportatsiya qilinadi[1]. Quyi Chirchiq tumanidagi Segizboyev nomidagi koreys kolxozida (keyinchalik Staxanov nomidagi kolxoz) (1938-yildan), Dimitrov nomidagi kolxozda (1943-yildan, keyinchalik Beruniy kolxozi) oddiy ishchi boʻlgan. 1942-yilda dala ekinlari boʻlimi boshligʻi etib tayinlanadi.

1950-yilda Xe Den Yer rahbarligidagi boʻlim 11,5 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 92 sentnerdan yashil kanop hosilini oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-iyuldagi farmoni bilan „1950-yilda MTS ishiga natura shaklida haq toʻlagani, barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha kolxozning majburiyatlari va shartnomalarini bajargan holda sugʻoriladigan yerlarda sholi, paxta va yashil kanop poyalaridan yuqori hosil olganliklari uchun hamda 1951-yilda bahorgi ekish uchun toʻliq talab miqdorida barcha ekinlarni urugʻlik bilan taʼminlagani“ uchun Lenin ordeni (tartib raqami 183895) va O‘roq va Bolg‘a oltin medali (tartib raqami 6040) hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[2].

1955-yildan boshlab Toshkent viloyatidagi Kalinin tumanida (hozirgi Zangiota tumani) yashagan. Tumandagi Ilich nomidagi kolxozda oddiy ishchi boʻlib mehnat qilgan. 1958-yilda Tojikistonning Kuybishev tumaniga (hozirgi Xatlon viloyatining Abdurahmon Jomiy tumani) koʻchib oʻtadi va tumandagi „Novobod“ kolxozida sholichi boʻlib mehnat qilgan.

Umrining soʻnggi yillarida Dushanbeda yashagan. 1983-yil may oyida shu shaharda vafot etgan.

Olgan mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Хе Ден Ер“ (ru). warheroes.ru. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
  2. Шин Д. В.. Советские корейцы Герои Социалистического труда. Toshkent: Zamin Nashr, 2019 — 544-bet.