Xitoy chinnisi Xitoy madaniyati va sanʼatining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Polixromli sirlangan boʻyoqli buyumlar

Materiallar va ishlab chiqarish

tahrir
 
Kaolin

Xitoy chinnisini ishlab chiqarish uchun quyidagi materiallar ishlatiladi:

Tarixi

tahrir

Xitoyda kulolchilikning rivojlanish tarixi neolit davridan boshlangan. Chjou sulolasi hukmronligining oʻrtalariga kelib (miloddan avvalgi VI-V asrlar) kulolchilik buyumlarining zichligini oshirishga erishildi[1]. Birinchi sirlangan sopol idishlar ham shu davrda paydo noʻla boshladi. Birinchi marta kaolindan tayyorlangan proto-chinni Xitoyda Xan sulolasi davrida (eramizning 206-221-yillari) paydo boʻlgan. Keramika ishlab chiqarish shakli va dekorasida oʻsha davrning bronza mahsulotlarini takrorlaydigan idishlar va vazalar ishlab chiqarish bilan chegaralangan. Uch podsholik davrida (milodiy 220-280-yillar) va Olti sulola davrida (eramizning 220-589-yillari) keramika ishlab chiqarish sohasida sezilarli yaxshilanishlar va innovatsiyalar amalga oshirilmagan.

Xitoy kulolchiligining gullab-yashnashi Tan sulolasi davrida (milodiy 618-906-yillarda) boshlanga[2]. Bu polixromli sirlangan idishlar:vazalar, qopqoqli idishlar, idish-tovoqlar, koʻzalar, kosalar, kosmetika uchun idishlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Yuqoridagi buyumlar koʻpincha bezak naqshlari bilan bezatilgan. Shakllar (ayollar, raqqosalar, otlar tasvirlari bilan) — bu davr sopol bezash sanʼatining oʻziga xos xususiyati boʻlgan.Bu shakl va bezaklar marhumlarning keyingi hayotida hamroh boʻlish uchun moʻljallangan va nozik kuzatish, yuksak mahorat va badiiy did bilan yaratilgan.

Xitoy kulolchiligining rivojlanishining choʻqqisi yashil va koʻk seladonli sirli mahsulotlari bilan mashhur boʻlgan Sun sulolasi davri hisoblanadi. Bunday kulolchilik buyumlaridan biri Chju Yao chinnisi hisoblanadi. Chju Yao chinnisi 1100-yillarda ishlab chiqarilgan[3].

1400-1460 °C haroratda pishirish natijasida olingan qattiq chinni buyumlar ishlab chiqarish Xitoyda Yuan sulolasi davrida boshlangan va Min sulolasi davrida eng yuqori choʻqqisiga yetgan.Bu davrda pigmenti birinchi marta Fors davlatidan olib kelingan sirlangan koʻk rangdagi chinni mahsulotlari mashhur boʻlgan.Bu chinni buyumlari oʻsha davrda mashhurlikka erishdi va koʻp miqdorda Janubi-Sharqiy Osiyo, Hindiston, Yaqin Sharqqa va XVI asrdan Yevropaga — avval portugallar, keyin esa Gollandiyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasiga eksport qilindi. XVI-XVIII asrlardagi koʻpgina Yevropa monarxlari xitoy chinnisiga qiziqishgan.Ular oʻz saroylarida „Xitoy chinnisi zali“ deb nomlanuvchi xonada Xitoy uslubida va sanʼati asarlari bilan bezatilgan chinni buyumlarini toʻplashgan.Bunday xonalardan biri Yekaterina II hukmronligi davrida meʼmor Rastrelli loyihasi boʻyicha yaratilgan.

Xitoyda 1644-yilda Min sulolasi agʻdarilganidan soʻng, 1780-yillarning boshlarigacha chinni ishlab chiqarish deyarli toʻxtadi. Buning sababi, XIV asrdan beri chinni ishlab chiqarishning muhim markazi boʻlgan Jingdezhendagi toʻqnashuvlar natijasida chinni pechlarini vayron qilingandi. Sin sulolasining birinchi imperatori Kansi koʻrsatmasi bilan bu pechlar qayta tiklandi va chinni ishlab chiqarish qayta tiklandi[4]. Min sulolasi davrida yaratilgan obyektlar (koʻk rangdagi emal va monoxrom sirlari bilan) emallashninng yangi texnikasi va dekorlari bilan yaratilgan. Bu obyektlarni emallashda „sariq“, „yashil“, „qora“ ranglardan foydalanilgan. Taxminan 1710-yildan boshlab „pushti“ rangdan foydalanish boshlangan. Keyingi imperatorlar Yonchjen va Syanlun ham chinni ishlab chiqarishga katta eʼtibor berishdi. XVIII asrning oxiriga kelib, chinni ishlab chiqarishning badiiy darajasida sezilarli pasayishlar boʻldi va XIX asr Xitoy chinnisi uchun tanazzul davriga aylandi. Bunng sababi bu davrda oʻtgan davrlarning shakllari va dekorlari takrorlangan yangiliklar amalga oshirilmagan.

Galereya

tahrir

Tang sulolasi (618-906)

tahrir

Sun sulolasi (960-1279)

tahrir

Yuan sulolasi (1279-1368)

tahrir

Min sulolasi (1368-1644)

tahrir

Sin sulolasi (1644-1912)

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Wood N. Chinese Glazes: Their Chemistry, Origins and Re-creation. London, and University of Pennsylvania Press, USA, 2007.
  2. Valenstein, S. A handbook of Chinese ceramics, Metropolitan Museum of Art, New York, 1998.
  3. Vasileva Ye.; Bu I. Farfor Жу Яо i prinsipi minimalizma: k probleme chuvstva formi // Vestnik Tomskogo gosudarstvennogo universiteta. Kulturologiya i iskusstvovedenie, 2021, № 42, s. 43-52.
  4. Vainker S.J. Chinese Pottery and Porcelain. London: British Museum Press, 1991.

Adabiyotlar

tahrir
  • Vasilyeva E .; Bu I. Chinni Zhu Yao va minimalizm tamoyillari: shakl hissi muammosiga // Tomsk davlat universiteti axborotnomasi. Madaniyatshunoslik va sanʼat tarixi, 2021 yil, 42-son, b. 43-52.
  • Brook T. Lazzat chalkashliklari: Ming Xitoyda savdo va madaniyat. Berkli va Los-Anjeles: Kaliforniya universiteti matbuoti, 1998 yil.
  • Fong V., Vatt J. Oʻtmishni egallash: Milliy saroy muzeyi Taypeyi xazinalari. Nyu-York: Metropolitan sanʼat muzeyi, 1996 yil.
  • Gompertz G. Xitoy seladon buyumlari. London: Faber va Faber, 1980 yil.
  • Li H., Michael K. Quvvat va shon-sharaf: Xitoyning Ming sulolasining sud sanʼati. San-Fransisko: Osiyo sanʼat muzeyi, 2008 yil.
  • Vainker SJ Chinese Pottery and Porcelain(Xitoy kulol va chinni). London: British Museum Press, 1991.
  • Valenshtein, S. Xitoy keramikasi boʻyicha qoʻllanma, Metropolitan sanʼat muzeyi, Nyu-York, 1998 yil.
  • Watt J. Xitoy: oltin asrning boshlanishi, eramizning 200-750 yillari. Nyu-York: Metropolitan sanʼat muzeyi, 2004 yil.
  • Yogʻoch N. Xitoy sirlari: ularning kimyosi, kelib chiqishi va qayta yaratilishi. London va Pensilvaniya universiteti matbuoti, AQSh, 2007.