Xiva inqilobi
Xiva inqilobi ― 1917-1924 yillarda Xiva xonligida amalga oshirilgan kommunistik inqilob boʻlib, Xivada xonlikning tugatilishiga, Xorazm Xalq Sovet Respublikasining barpo etilishiga olib keldi. Keyinchalik milliy ajralib chiqish yoʻli bilan respublikaning SSSR tarkibiga qoʻshilishi va 1924-yilda Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSRning tashkil etilishi bilan yakunlangan.
Xiva inqilobi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Mixail Frunze | Junaidxon | ||||||
Kuchlar | |||||||
Rossiya SFSR (Yosh Xivaliklar) |
Xiva xonligi |
1917–1920-yillarda Xiva xonligi
tahrirXiva, Rossiya Muvaqqat hukumati va Oktyabr inqilobi (1917-yillar)
tahrir1910—1918-yillarda xonlikni Asfandiyorxon boshqargan. 1917-yil fevral inqilobi davrida Nikolay II taxtdan voz kechishi va Rossiyada Muvaqqat hukumatning hokimiyatga kelganidan soʻng xonllikda liberal islohotlar oʻtkazishga bir qancha urunishlar boʻlib oʻtdi. Biroq ushbu urinishlar Asfandiyorxonning konservativ qarashlari tufayli barbod boʻldi. Xonlikda noroziliklar kuchaya boshlaydi, ayniqsa Rossiya Oktyabr inqilobida bolsheviklar tomonidan Xivada progressiv dekretlar nashr etilganidan soʻng yanada kuchaydi. Xiva xonligi mustaqilligini Muvaqqat hukumat, Oktyabr inqilobi va Muvaqqat hukumat tugatilgandan soʻng RSFSR tan oldi.
Xivadagi davlat toʻntarishi (1918)
tahrirAsfandiyorxon siyosatidan norozilik 1918-yilga kelib ancha kuchaydi va 1918-yil bahorida turkman-yomudlar boshligʻi Junaidxon harbiy davlat toʻntarishi uyushtirdi, Asfandiyorxonni agʻdarib, Xivada hokimiyatni deyarli qarshiliksiz qoʻlga kiritdi. Asfandiyorxon akasi Said Abdullaxon xon etib tayinlandi (1918—1920).[1]
1918–1920-yillarda Xiva xonligi
tahrirJunaidxon diktaturasi va uning agressiv tashqi siyosati xonlikda bir qator magʻlubiyatlarga olib keldi, bu xonlikdagi qarama-qarshilikni yanada kuchaytirdi. 1918-yilda Xivadan tashqarida Xorazm Kompartiyasi tuzildi. Bu 600 nafar aʼzoga ega kichkina partiya edi, biroq keyinchalik partiya (RSFSR yordami bilan) Xivada monarxiyani agʻdargan katta kuchga aylandi.[2] Ushbu davrda Bobooxun Salimov "Yosh xivaliklar" harakatining faollaridan biri edi.
1920–1924-yillarda Xiva
tahrirXiva xonligining tugatilishi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi (1920)
tahrirXiva xonligida ichki qarama-qarshiliklar kuchayib, 1919-yil noyabrda Xiva xonligida kommunistlar boshchiligidagi qoʻzgʻolon boshlandi. Biroq, isyonchilarning harbiy kuchi xonlik qoʻshinlarini yengish uchun yetarli emas edi. Qoʻzgʻolonchilarga yordam berish uchun Rossiyadan Qizil Armiya qoʻshinlari yuborildi. 1920-yil fevral oyining boshlarida Junaidxon qoʻshini magʻlubiyatga uchray boshladi. 2-fevralda Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi, 1920-yil 26-aprelda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi RSFSR tarkibiga kirganligi eʼlon qilindi.
Xivadagi inqilob natijalari
tahrirInqilob natijasida Xivada monarxiya agʻdarildi (1920), respublika eʼlon qilindi, keyinchalik SSSR tarkibiga kirdi.
Adabiyotlar
tahrir- Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarixining ocherklari, II jild (1917–1963). Toshkent, 1964-yil, 68-bet.
- Kuzmin S. 2018-yil. 20-asrning birinchi yarmida Ichki Osiyo mamlakatlarida monarxiyalarni yoʻq qilish mexanizmlari. //Sharqda din va jamiyat. 2-son, 188–45-betlar.
Manbalar
tahrir- ↑ „Xorazm quyoshining botishi. Xiva xonligi qulatilganiga yuz yil to‘ldi“ (uz-latn). Daryo.uz (2020-yil 14-fevral). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
- ↑ „The Russian Revolution and the Khivan Khanate“ (en). Art of Asymmetrical Warfare (2021-yil 7-iyul). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.