Xoʻja Magʻiz maqbarasi
Xoʻja magʻiz maqbarasi — Mapgʻilondagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr 1-yarmi). Maqbara toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (6,4x7,4 m), bir xonali, gumbaz tomli (diametri 4,4 m) qilib pishiq gʻishtdan qurilgan. Gumbaz osti qirrador boʻlib, gʻoʻlasimon asosga oʻrnatilgan. Xonaning ichki tomoni sakkiz burchakli, tokchasi ravoqli. Sagʻana quyma ganch taxtalaridan tashkil topgan, boʻrtma islimiy naqshlar ishlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |