Xoʻjaipok
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Xoʻjaipok — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi daryo, Surxondaryoning oʻng irmogʻi. Boysuntogʻning sharqidagi Xoʻjabuzboraktogʻdan 3360 m balandlikdan boshlanadi. Uzunligi 91 km, havzasining maydoni 765 km², oʻrtacha balandligi 695 m. Yillik oʻrtacha suv sarfi 16,8 m³/sek.dan (koʻp suvli 1969-yilda) 2,49 m³/sek.gacha (kam suvli 2001-yilda) oʻzgaradi. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Daryoning gidroenergiya zaxirasi 1 mlrd. kVt/soat. Xoʻjaipokdan ekinzorlarni sugʻorishda foydalaniladi. Qayroq, Duoba, Diybola, Qoʻrgʻoncha, Oqsuv, Fangart qishloqlaridan oqib oʻtadi. Xoʻjaipokning turli qismlari qaysi qishloq yonidan oʻtishiga qarab Xalqajar, Qizilsuv, Xoʻjabuzborak, Qoʻrgʻonchasoy, Tentaksoy deb yuritiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |