Xoʻjaxuroson (ruscha: Ходжахурасан) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].

Xoʻjaxuroson
ruscha: Ходжахурасан
Shaharcha
39°04′01.4″N 66°48′24.4″E / 39.067056°N 66.806778°E / 39.067056; 66.806778
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Shahrisabz tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xoʻjaxuroson ruscha: Ходжахурасан xaritada
Xoʻjaxuroson ruscha: Ходжахурасан
Xoʻjaxuroson
ruscha: Ходжахурасан

Etimologiyasi

tahrir

Xoʻjaxuroson shaharchasi nomi xoʻja va xuroson yoki Xuroson soʻzlarining qoʻshilishidan paydo boʻlgan. Xuroson Eronning shimoli-sharqiy qismida joylashgan qadimiy viloyat boʻlib, qadimda Marv vohasi, Turkmanistonning janubiy qismlari va Afgʻonistonning shimoli va shimoli-gʻarbiy qismi Xuroson tarkibiga kirgan. Eroniy tillarda xuroson soʻzi kun chiqish, sharq tomon maʼnosida qoʻllangan. Kun chiqar tomonda joylashgan hududlarning barchasi xuroson deb atalgan.

Shuningdek, xurosoni bu Surxondaryo qoʻngʻirotlarining torjuvli boʻlimiga qarashli mandaturma urugʻining bir tarmogʻi hisoblanadi. Xurosoni bu xurosonlik inson deganidir. Oʻzbek-xurosonlar Jizzax atrofidagi hududlarda yashaganligi haqida manbalar mavjud. Shu bilan birgalikda, xuroson ismli oʻzbek yigitlar ismi ham bor. Shunga koʻra Xoʻjaxuroson bu avlodi xoʻjalardan boʻlgan Xuroson ismli shaxsga atab qoʻyilgan nom boʻlishi mumkinligi xusuida taxminlar mavjud. Yoki boshqa fikrlarga koʻra Xoʻjaxuroson asli xoʻjalardan boʻlgan xurosoni urugʻiga mansub aholi yashaydigan qishloq hisoblanadi[2].

Joylashuvi

tahrir

Xoʻjaxuroson shaharchasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanining gʻarbiy tomonida joylashgan. Qishloq 2009-yil 13-martdagi Vazirlar mahkamasining 68-sonli qaroriga koʻra shaharcha maqomini olgan. Shaharchaga eng yaqin hudud bu Shaxrisabz shahridir. Xoʻjaxuroson yaqinidan M-39 xalqaro avtomagistral yoʻli oʻtadi.

Tuzilishi

tahrir

Shaharchada 20-sonli maktab, bitta maktabgacha taʼlim muassasasi, Xoʻjaxuroson masjidi, korxona va doʻkonlar faoliyat yuritadi. Shaharchadagi asosiy mahalla Oʻzbegim mahallasidir. Shaharcha hududidan Tanxordaryoning irmoqlari oqib oʻtadi.

Iqlimi

tahrir

Xoʻjaxuroson shaharchasining iqlimi keskin kontinental. Hudud choʻlga yaqin yerda joylashganligi sababli qishi yumshoq, yozi juda issiq kechadi.

Aholisi

tahrir

1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Xoʻjaxuroson shaharchasida 3800 dan koʻproq kishi yashagan. Bu 2013-yildagi koʻrsatkichdan 200 taga koʻproqdir[3].

Manbalar

tahrir
  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 283-284-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 151-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.