Buxoro va unga tarixiy bogʻliq boʻlgan tuman va shaharlarda Savr (Sabr) ota nomi bilan bogʻliq qabrlar koʻplab uchraydi. Sentob qishlogʻida xam ana shunday ziyoratgoh bor. Bu zot, taxminiy maʼlumotlar ifodasiga koʻra, Said ibn Vaqqos boʻlib, milodiy 706-707 yillarda Qutayba ibn Muslim – Abomuslim bilan kelgan safdoshlari deb taxmin qilinadi.

Diyorimizda kadamjolarining bir necha oʻrinda mavjudligi islom olamida eʼtiborli oʻtganligidan dalolat beradi.