Xob bobo ziyoratgohi
Xob bobo ziyoratgohi | ||
---|---|---|
Mamlakat: | O'zbekiston | |
Hudud: | Fargʻona | |
Tuman: | Dangʻara | |
Maqomi: | Qabriston | |
Dafn etilgan: | Xob buva |
Xob bobo ziyoratgohi (Laylak mozor ziyoratgohi) — Fargʻona viloyati Dangʻara tumanining Pungon qishlogʻida joylashgan qabriston. Ziyoratgohning Laylak mozor deb atalishiga sabab mozor atrofida har bir daraxtga laylaklar in qurgan[1]. Yana bir sababi rivoyatlarga koʻra, bu laylaklar avval insonlar boʻlib, dushmandan xalos boʻlish uchun qushga aylangan. Shu sababdan ularga azob bergan yoki oʻldirganlar ogʻir gunohga qoʻl urgan kimsalar hisoblangan[2]. Bir necha oʻn yillar oldin qishloqqa Toshkentdan olimlar tashrif buyurib laylaklar qayerda qishlashini oʻrganish maqsadida taxtacha bogʻlab ketishadi. Keyinchalik aniqlanishicha oyogʻiga shunday taxtacha bogʻlangan laylaklarni Hindistonda uchratishgan. Oʻsha vaqtlari ular qishlash maqsadida Hindistonga uchib ketishgan ekan. Hozirgi paytda esa kuchsiz, qari laylaklar qishni shu yerda oʻtkazishadi. Ziyoratgohga tutash qabristonga yon-atrofdagi 7 ta qishloqdan vafot etganlar dafn qilinadi.
„Xob buva“ (Xob bobo) ni mahalliy xalq „Xuvubbuva“ deb talaffuz qiladi. Bunday deyilishiga sabab — qishloqqa talonchi odamlar bostirib keladi. Ular odamlarni qatl etib, boylik va chorvalarni olib ketadi. Qishloqda bir avliyo boʻlib bosqinchilardan saqlash uchun Xudo uni uyquga solib qoʻyadi. U sahroda uxlab qoladi. Bosqinchilar uni ham oʻlganlar qatorida bilib, zarar yetkazmaydilar. Bobo uyqudan uygʻonsa, atrofda hech kim yoʻq. Uning tirik qolishi atrofdagi qishloq va ovul ahli uchun ilohiy karomat boʻlib tuyulgan. Vafotidan keyin qabri ziyoratgohga aylanib ketgan. Xobbuva ziyoratgohiga Namangan viloyatidan, Buvayda va Uchkoʻprik tumanidan ham ziyoratchilar keladi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Sarvar Ziyayev „Qariyb har bir daraxtga laylak in qurgan - qushlar qo‘nim topgan maskan“. kunuz. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
- ↑ Baxtiyor Eraliev, Ikromiddin Ostonaqulov, Nodirjon Abdulahatov. O‘zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. 1-kitob. Farg‘ona viloyati. Turon zamin ziyo, 2013 — 320 bet-bet. ISBN 978-9943-335-24-0. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
- ↑ „Қишда ҳам ёзда ҳам лайлаклар кетмайдиган манзил“. yandexru. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.