Xochesh, ya tebe spoyu

Korni guruhi qoʻshigʻi (2003)

Xochesh, ya tebe spoyu“ (ruscha: Хочешь, я тебе спою, yaʼni „Xohlaysanmi, kuylab beraman“) — „Korni“ rus musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2006-yilning aprel oyida singl oʻlaroq eʼlon qilingan. Qoʻshiq soʻzini rus shoiri Pavel Jagun yozgan, kuyini esa Igor Matviyenko bastalagan. Matviyenko qoʻshiqni dastlab „Lyube“ rus guruhi uchun yozgan boʻlgan[1]. Qoʻshiq „Korni“ guruhi repertuaridagi eng koʻp shuhrat qozongan taronalarning biridir.

„Xochesh, ya tebe spoyu“
„Korni“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2006
Yozib olingan 2006
Janr pop-rok
Davomiyligi 4:33
Matn muallif(lar)i Pavel Jagun
Bastakor(lar) Igor Matviyenko
Klipi
„Xochesh, ya tebe spoyu“ YouTubeda

„Xochesh, ya tebe spoyu“ qoʻshigʻi uchun 2006-yilning aprel oyida Kiyev shahrida klip suratga olingan. Klipga ukrainalik klipmeyker Viktor Priduvalov rejissyorlik qilgan[2]. Priduvalov „Fabriki zvyozd-5“ loyihasi gʻolibi Viktoriya Dayneko ijro etgan „Ya prosto srazu ot tebya uydu“ qoʻshigʻi uchun ham klip olgan. Rejissyor „Xochesh, ya tebe spoyu“ va „Ya prosto srazu ot tebya uydu“ qoʻshiqlari syujetini bogʻlagan. „Koʻrni“ qoʻshigʻi klipi 2006-yilning mayida eʼlon qilingan.

Klipda „Korni“ aʼzolari kafega borib, stol atrofida salfetkalarga qoʻshiq yozadilar. Guruh aʼzosi Pavel Artemyev deraza tashqarisida goʻzal qizni koʻrib, suyib qoladi. Juvon rolini xonanda Daynkeko oʻynagan. „Korni“ aʼzolari uni topishga qaror qilishadi. Buning uchun televizor ekranidan juvonga murojaat qilishga kelishib olishadi. Toʻpponcha bilan qurollangan holda „Noviy kanal“ (ukraincha: Новий канал) telestudiyasini egallab, efirga chiqishadi. Pavel izlab yurgan juvon uyida televizorni yoqib, uning murojaatini koʻradi.

Manbalar

tahrir
  1. „Группа «Корни»“ (ruscha). 24СМИ. Qaraldi: 10-noyabr 2022-yil.
  2. „Группа "Корни" сняла украинский клип“ (ruscha). Newsmuz (26-iyun 2006-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2022-yil.

Havolalar

tahrir