Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy jome masjidi

jome masjid

Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Buxoro viloyati Gʻijduvon shahrida joylashgan[1]. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid 2002–2003-yillarda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. 2022-yilga kelib esa shaharsozlik talablariga javob beradigan qilib qayta qurib bitkazilgan. Masjid bir vaqtning oʻzida 1400 nafar kishini sigʻdira oladi. Shu jumladan, masjid xonaqohiga 1200 nafar, hovliga esa 200 nafar kishi kirishi mumkin.

Masjid
Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani
Manzil Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani, „A. ijduvoniy“ MFY, „A. ijduvoniy“ koʻchasi, 1-uy[1]
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Masjid turi Jome masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi, sharqona
Soʻngi imom Amonov Orif Azimovich[2]
Maqomi Ishlaydi
Qurilish materiali Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „"ABDUXOLIQ G'IJDUVONIY" JOME' MASJIDI“. Qaraldi: 28-dekabr 2023-yil.
  2. „Абдухолик Ғиждувоний жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 28-dekabr 2023-yil.