Xonbaliq
Xonbaliq (Oʻrta Moʻgʻ.ᠻᠠᠨᠪᠠᠯᠢᠺ) – Yuan imperiyasining poytaxti, zamonaviy Pekinning nomi. Shaharning xitoycha nomi Dadu (xit. an’anaviy 大都, soddalashtrilgan 大都, pinyin: Dàdū; buyuk poytaxt), moʻgʻullar tomonidan Daidu[1][2] deb talaffuz qilingan. Shaharning moʻgʻul va turkiy tillardagi „Xonbaliq“ nomi toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilinganda „Xon shahri“ degan maʼnoni bildiradi[3]. Marko Polo oʻz asarlarida shaharni Kambalu deb yozgan.
Tarixi
tahrirYuan poytaxti
tahrirMoʻgʻullar istilosidan avval shahar Chjundu deb nomlangan va Szin imperiyasining poytaxti boʻlib xizmat qilgan. 1215-yilda shaharmoʻgʻullar tomonidan zabt etiladi va yoqib yuboriladi. 1264-yilda Xubilay shaharni oʻz poytaxti sifatida tiklashga qaror qiladi. Shaharnk qayta qurishga meʼmorlar Liu Binchjun va Amir ad-Din[4] rahbarlik qilishadi. Oʻsha yili devorlarning qurilishi boshlanadi. Xon saroyini qurish ishlari esa 1274-yilda boshlangan.
1271-yilda Yuan davlati tashkil etilgandan soʻng, Xubilayxon shahar nomini Dadu deb oʻzgartiradi. Shahar imperiyaning markaziga aylanadi[5]. Shaharda qurilish ishlari 1293-yilgacha olib boriladi. Buyuk Xonning avvalgi qarorgohi boʻlgan Shandu shahri yozgi qarorgoh maqomini oladi. Venetsiyalik savdogar Marko Polo Xitoyda boʻlganida bu ikkala poytaxtda ham uzoq vaqt davomida yashagan.
Keyingi tarixi
tahrirXitoyliklar shahar nomini rasman oʻzgartirganiga qaramay, „Xonbaliq“ nomi Yuan imperiyasi qulaganidan ancha keyin moʻgʻullar orasida saqlanib qolgan; Shunday qilib, Xitoy bosqinidan oldin Oyratlar hukmdori Esen-tayshi moʻgʻul zodagonlariga murojaat qilib shunday deydi:
«Xonbaliqni o'zimizga qaytarib olamiz!»[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Rossabi M. Khubilai Khan: His Life and Times, p. 131.
- ↑ Denis Twitchett, Herbert Franke, John K. Fairbank. The Cambridge History of China: Volume 6, Alien Regimes and Border States (Cambridge: Cambridge University Press, 1994), p. 454.
- ↑ Bartold V. V. Sochineniya v 9 tt. T. 3. Raboti po istoricheskoy geografii. / Red. B. G. Gafurov. Predisl. A. M. Belenitskogo i O. G. Bolshakova. – M.: Nauka, 1965.
- ↑ „People’s Daily Online: The Hui ethnic minority“. 2010-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-may.
- ↑ The New Encyclopædia Britannica (Encyclopædia Britannica, Chicago University of, William Benton), p. 2.
- ↑ Мин ши (История династии Мин). Сер. Сыбу бэй-яо. Шанхай, 1936. Цз. 328