Yahyo ibn Yahyo ibn Qays al-Gʻassoniy (arabcha: يحيى بن يحيى الغساني) (750–684) xalifa Umar II (h. 717–720) hukmronligi davrida umaviylarining Mosuldagi hokimi boʻlib xizmat qilgan.

Hayoti

tahrir

Yahyo ibn Yahyo 684-yilda tugʻilgan[1]. Otasi Yahyo ibn Qays ibn Horisa ibn Amr (vafoti: 684) Umaviylar xalifasi Marvon I ning (h. 684–685) xavfsizligini taʼminlashga mas’ul shurta boshligʻi boʻlgan[1]. Ularning oilasi nasroniylikni qabul qilgan gʻassoniylar qabilasi aʼzolari edi[1]. Musulmonlar Suriyani zabt etishi bilan Jabala ibn al-Ayham boshchiligidagi koʻplab gʻassoniylar Vizantiya qoʻshinlari bilan birgalikda mintaqadan qochib ketdi, ammo ularning katta qismi Suriyaning harbiy, siyosiy va ilmiy sohalarida faoliyat yurituvchi yuqori qatlam vakilarining bir qismi boʻlib qoldi. Ular, shuningdek, Muoviya ibn Abu Sufyon (640–680) hukmronligi davrida Islomni qabul qilgan[1]. Yahyo ibn Yahyoning oilasi damashqlik tarixchi Ibn Asokir (vafoti: 1176) tomonidan faxriy xonadonlardan biri sifatida qayd etilgan[1].

Xalifa Umar II Yahyoni Mosul va unga qarashli tumanlarga hokim etib tayinlagan. Ushbu lavozimda u 720-yil, yaʼni xalifaning vafotiga qadar xizmat qilgan[2]. Shundan soʻng Yahyo Damashqqa qaytib kelgan va u yerda hayotini ilm-fanga bagʻishlagan, xususan, hadis rivoji, islom huquqi, arab tili va notiqlik bilan shugʻullangan[1]. Tarixchilar Ibn Asokir, Abu Zur’a (vafoti: 878) va Ibn Hajar al-Asqaloniy (vafoti: 1449) Yahyoni sayyidi ahli Dimashq (Damashq ustozi) deb atagan[1]. Shuningdek, xalifa Hishom (h. 724–743) Damashq qozisi (bosh islom qozisi) lavozimiga tayinlash uchun uning nomzodini ham koʻrib chiqqan, lekin ushbu lavozimga Yazid ibn Abu Molikni tayinlagan[1].

Manbalarda uning vafot sanasi turlicha qayd etilgan, ularga koʻra, Yahyo 749–750, 750–751 yoki 752–753-yillarda vafot etgan[2].

Avlodlari

tahrir

Yahyo ibn Yahyo gʻassoniylar oilasining taniqli vakili boʻlgan. Shuningdek, ushbu oilaning yana bir qancha aʼzolarining nomlari ham hadis rivoyat qiluvchilar qatorida qayd etilgan[1]. Amakisi Sulaymon ibn Qays paygʻambar Muhammadning hadislarini uning sahobalari, jumladan, Abu Dardodan (vafoti: 652) rivoyat qilgan[1]. Yahyoning oʻgʻli Hishom, nabiralari Volid, Ibrohim, evaralari Maʼn (vafoti: 835), Ahmad, chevaralari Horisa va ularning avlodlari ham Quddusda hammom quruvchilar, shuningdek, yuqori martabaga ega damashqlik olimlar boʻlgan[1].

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir