Yakov Grishin (8-mart 1942-yilda tug.) — professor, tarix fanlari doktori, tarixchi, xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxasis, tarix va ijtimoiy fanlar oʻqituvchisi. Polsha, Sharqiy Yevropa va polyak-litva tatarlari boʻyicha mutaxasis boʻlib hisoblanadi.

Yakov Yakovlevich Grishin
Tavalludi 8-mart 1942-yil
Estachi qishlogʻi, Biyektau tumani, TASSR
Istiqomat joylari Qozon
Fuqaroligi Rossiya
Millati rus
Sohasi tarix, xalqaro munosabatlar
Ish joylari Qozon Federal Universiteti
Institutlar Xalqaro munosabatlar instituti
Taʼlimi Qozon universiteti
Tezis sarlavhasi Polsha Birlashgan Ishchi partiyasining agrar masalasi
Mashhur ishlari Polsha va Yevropa tashqi siyosati boʻyicha mutaxasis
Dini ateist
Veb-sayt https://kpfu.ru/Yakov.Grishin

Biografiyasi

tahrir

Estachi qishlogʻining, Buyektau tumanining Tatariston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida tavvalud topgan. Otasi Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va 1954-yilda qirq yoshida vafot etgan. Grishinning yana 8 aka-ukalari va opa-singilari bor boʻlgan. Yoshligida Qozonning fabrikada ishlagan va kechki maktabda taʼlim koʻrgan. Maktabni kumush medali bilan taʼmomlagan. Qishloqqa qaytib kutubxonada ishlagan va shu vaqtda unda tarixga qiziqish paydo boʻlgan. Keyinchalik 1963-yilda Qozon universitetining tarix fakultetida oʻqigan[1]. Oʻqishga kirganidan soʻng bir oy oʻtib Grishinni uch yilga Turkiston harbiy okrugiga olib ketishadilar. U yerda Grishin bir yil Chirchiq shahrida maxsus batalyonda boʻladi. Undan keying Toshkent shahrida yana ikki yil armiyada boʻladi. Qozonga 1966-yilda qaytadi va universitetni 1971-yilda tugatadi. 1971–1974-yillarida aspiranturani tugatadi, polyak tilini oʻrganadi va Polsha Xalq Respublikasida bir necha bor sayohat qiladi. 1977-yilda tarix boʻyicha nomzod boʻladi. 1979-yildan boshlqab Qozon universitetining tarix fakultetida ishlashni boshlaydi. Shu vaqt ichida Sharqiy Yevropa davlarida ishlab sayohat qiladi. 1983-yili dotsent unvoniga ega boʻladi. 1992-yilda tarix fanlari doktori boʻladi va yana ikki yil oʻtib professor unvoniga ega boʻladi.

1994-yili Yakov Grishin Qozon universitetining xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik kafedrasini asoschilaridan biri boʻldi va uni yuritishni boshlqadi. Hozirgu vaqtda kafedraning nomi Xalqaro aloqalar, jahon siyosati va diplomatiya kafedrasi deb nomlanadi. Kafedra Qozon universitetning Xalqaro munosabatlar institutining Xalqaro munosabatlar va sharqshunoslik oliy maktabida joylashgan. Hozirgi vaqtda Grishin universitetning eng yetakchi professorlari boʻlib koʻplab dissertatsiya va diplom ishlarini qabul qiladi. U yuzdan ortiq talabalar va fanlar nomzodlarini chiqargan.

Asosiy ishlari[2]

tahrir
  • Гришин Я.Я., Ахметкаримов Б.Г. Подготовка планов нападения Англии и Франции на СССР (август 1939 г. - 1940/41 гг.) / Я.Я. Гришин, Б. Г. Ахметкаримов. - Казань, 2022. - 160 с. — Grishin Ya.Ya., Axmetkarimov B.G. Angliya va Fransiyaning SSSRga hujumi rejalarini tayyorlash (1939-yil avgust – 1940/41) / Ya.Ya. Grishin, B. G. Axmetkarimov. - Qozon, 2022. - 160 b.
  • Гришин Я.Я., Летяев В.А. На пути к «Китайской мечте«. Учебное пособие / Я.Я. Гришин, В.А. Летяев. - Казань: Грумант, 2021. - 276 с. — Grishin Ya.Ya., Letyaev V.A. Xitoy orzusi tomon. Darslik / Ya.Ya. Grishin, V.A. Letyaev. - Qozon: Grumant, 2021. - 276 p.
  • Гришин Я.Я. На пути к декларации 26 января 1934 г. и национальной катастрофе / Я.Я. Гришин. - Казань: Яз, 2020. - 416 с. — Grishin Ya.Ya. 1934-yil 26-yanvardagi deklaratsiya va milliy falokat yoʻlida / Ya.Ya. Grishin. - Qozon: Yaz, 2020. - 416 b.
  • Rising Ya.Ya. Kazan ve (17.-19. yuzyillar arasi) Kagan turkleri / Ya.Ya. Grisin. - Ankara, 2019. - 173 с.
  • Гришин Я. Я. Китайская Народная Республика на новом этапе развития. Учебное пособие/ Я.Я. Гришин - Казань: Изд. Гришин Я.Я., 2018.-304 с. — Grishin Ya.Ya.Xitoy Xalq Respublikasi taraqqiyotning yangi bosqichida. Darslik / Ya.Ya. Grishin - Qozon: Ed. Grishin Ya.Ya., 2018.-304 b.
  • Гришин Я.Я. Метаморфозы ленд-лиза (по страницам документов)/Я.Я. Гришин- Казань: Изд-во «Яз«, 2017.-148 с. — Grishin Ya.Ya. Lend-lizing metamorfozalari (hujjatlar sahifalari orqali) / Ya. Ya. Grishin-Kazan: Yaz nashriyoti, 2017.-148 b.
  • Галиуллин М. З., Гришин Я. Я. Мегатренды мировой политики и глобальная безопасность: учебное пособие: М. З. Галиуллин, Я. Я. Гришин. - Казань: Казан. ун-т, 2017. - 74 с. — Galiullin M.Z., Grishin Ya.Ya.Jahon siyosati va global xavfsizlik megatrendlari: oʻquv qoʻllanma: M.Z.Galiullin, Ya.Ya.Grishin. - Qozon: Qozon. un-t, 2017. - 74 b.
  • Гришин Я.Я. Польский вопрос в политике союзных государств в годы Великой Отечественной войны(1941-1945 гг.)(по страницам документов). - Казань: Изд-во «Яз«, 2017. - 376 с. — Grishin Ya.Ya. Ulugʻ Vatan urushi (1941-1945) davrida ittifoqchi davlatlar siyosatidagi Polsha masalasi (hujjatlar sahifalarida). - Qozon: "Yaz" nashriyoti, 2017. - 376 p.
  • Гришин Я.Я. К вопросу об открытии второго фронта(по страницам документов). - Казань, Яз, 2017. - 136 с. — Grishin Ya.Ya. Ikkinchi jabhani ochish masalasi boʻyicha (hujjatlar sahifalarida). - Qozon, Yaz, 2017. - 136 b.
  • Восточноевропейское страны: внутренняя и внешняя политика (вторая половина 2010-2013 гг.) — Sharqiy Yevropa davlatlari: ichki va tashqi siyosat (2010-2013-yilining ikkinchi yarmi)
  • Внутренняя и внешняя политика восточноевропейских стран (2007-первая половина 2010г.). — Sharqiy Yevropa davlatlarining ichki va tashqi siyosati (2007-2010-yilning birinchi yarmi).
  • Неудавшийся план польско-чехословацкой конфедерации (федерации) 1939-1943гг. — Polsha-Chexoslovakiya konfederatsiyasining (federatsiyasi) 1939–1943-yillardagi muvaffaqiyatsiz rejasi.
  • Гришин Я.Я., Зайнуллин Г.Г. Китайский феномен/ Я.Я.Гришин, Г.Г. Зайнуллин. - Казань: Изд-во Казан. ун-та, 2010. - 112 с. — Grishin Ya.Ya., Zaynullin G.G. Xitoy hodisasi / Ya.Ya.Grishin, G.G. Zaynullin. - Qozon: Qozon nashriyoti. un-ta, 2010-yil. - 112 b.
  • Гришин Я.Я., Зайнуллин Г.Г. Российско-китайские отношения на современном этапе / Я.Я. Гришин, Г.Г. Зайнуллин - Казань: Институт истории АН РТ, 2009. - 260 с. — Grishin Ya.Ya., Zaynullin G.G. Hozirgi bosqichda Rossiya-Xitoy munosabatlari / Ya.Ya. Grishin, G.G. Zaynullin - Qozon: Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti, 2009. - 260 b.
  • Восточная Европа в системе международных отношений (20е годы XXв.- начало XXIв). Дополненное и переработанное — Sharqiy Yevropa xalqaro munosabatlar tizimida (20-asr 20-yillari - 21-asr boshlari). Kengaytirilgan va qayta koʻrib chiqilgan
  • Восточно-европейский регион. Внутри и внешнеполитические аспекты (2004-2006 гг) — Sharqiy Yevropa mintaqasi. Ichki va tashqi siyosat jihatlari (2004-2006)
  • Восточная Европа в системе международных отношений (20е годы XXв.-начало XXIв) — Sharqiy Yevropa xalqaro munosabatlar tizimida (XX asrning 20-yillari - 21-asr boshlari)

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir