Yaman Candar
Yaman Candar (turkcha: Yaman Candar) — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining asoschisi. Yaman Candar ushbu beklikni 1291-1309-yillar orasida boshqargan[1][2][3].
Yaman Candar | |
---|---|
turkcha: Yaman Candar' | |
Candaroğulları beki | |
Saltanat | 1291-1309 |
Oʻtmishdoshi | lavozimga asos solindi |
Davomchisi | Süleyman Bey I |
Vafoti | 1309-yil |
Farzandlari |
Süleyman Bey I Yakup Bey |
Uy | Candaroğulları |
Dini | Sunni Islom |
Kelib chiqishi va yoshligi
tahrirYaman Candarning turkman qabilasidan ekanligidan boshqa hech qanday manbalar tarixda uchramaydi. Ammo uning turkmanlarning qaysi qabilasidan ekanligi manbalarda yoritilmagan. Islom ensiklopediyasiga koʻra, uning ismi Candar ham saroy qoʻriqchilari unvoni boʻlgan va Yaman Candar, katta ehtimol, Saljuqiylar saroyidagi candar yaʼni qoʻriqchi boʻlgan[4].
Fuqarolar urushidagi faoliyati
tahrir1291-yilda Koʻniya sultonligi qaram boʻlgan Hulokuiylar davlati oliy xoni Argʻun ibn Abaqaxon vafot etdi. Saljuqiylar shahzodasi Qilich Arslon (Qrimda yashovchi Kaykaus II ning oʻgʻli) Argʻun xonning oʻlimidan keyingi tartibsizliklar chogʻida 1292-yilda Saljuqiylar taxtiga kurashish uchun Onadoʻliga keldi. Uning asosiy ittifoqchisi Çobanoğulları bekligi edi. Koʻniya sultoni, Qilich Arslonning akasi Mesut Qilich Arslonni taʼqib ostiga oldi. Ammo Çobanoğulları bekligi beki Muzaffereddin Yavlak Arslan va Qilich Arslon jangda Mesutni magʻlubiyatga uchratdi. Mesut qamoqqa olindi. Biroq Yaman Candar kutilmagan hujum orqali ikki ittifoqchini magʻlub etdi. Mesut ozod qilindi va Muzaffereddin Yavlak Arslan qatl etildi[5].
Beklik davri
tahrirHulokuiylar davlatining yangi xoni Geyxatu Yaman Candardan mamnun boʻlib, Kastamonu (Turkiyaning Qoradengiz mintaqasi, ilgari Çobanoğulları bekligi mulki boʻlgan)ni Yaman Candarga iqto sifatida hadya etdi. Yaman Candarning keyingi hayoti haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. U, ehtimol, 14-asr boshlarida vafot etgan. Baʼzi manbalarda 1309-yilda vafot etganligi qayd etilgan[6].
Vafotidan soʻng
tahrirYaman Candarning vafotidan koʻp oʻtmay, Çobanoğulları bekligi Kastamonuni qaytarib olganlar. Beklik taxtiga oʻgʻli Süleyman Bey I oʻtirgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574
- ↑ Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806
- ↑ Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109
- ↑ Islam Encyclopedia
- ↑ Prof. Yaşar Yüce-Prof. Ali Sevim: Türkiye tarihi Cilt I, AKDTYKTTK Yayınları, İstanbul, 1991 pp. 199
- ↑ Turkish history, 2016-06-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-27
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: lavozimga asos solindi |
Candaroğulları beki 1291-1309 |
Vorisi: Süleyman Bey I |