Süleyman Bey I (turkcha: Süleyman Bey I) — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining asoschisi Yaman Candarning oʻgʻli. Süleyman Bey ushbu beklikni 1309-1340-yillar orasida boshqargan[1][2][3].

Süleyman Bey I
turkcha: Süleyman Bey I'
Candaroğulları beki
Saltanat 1309-1340
Oʻtmishdoshi Yaman Candar
Davomchisi İbrahim Bey I
Vafoti 1340-yil
Sinop
Farzandlari İbrahim Bey I
Ali Bey
Çoban Bey
Uy Candaroğulları
Otasi Yaman Candar
Dini Sunni Islom

Otasining vafotidan soʻngra, biroz vaqt Eflanida hukmdorlik qilgan Suleyman Bey 1309-yilda Kastamonuga harbiy safarga chiqqan va oʻsha vaqtda Kastamonuda bek boʻlgan Çobanoğlu Mahmud Bey saroyini ishgʻol qilgan va Çobanoğulları bekligini tarixdan oʻchirgan. Shundan soʻng, Çobanoğlu Mahmud Bey qochayotganida ushlanib, qatl etildi. Suleyman Bey beklik poytaxtini Kastamonuga koʻchirdi. Shuningdek, u Tarakli Borluni ham egallab, bu yerda hokimlik qilish uchun oʻrtancha oʻgʻli Alini qoldirdi.

Pervaneoğlu Gazi Çelebi oʻgʻil farzandi boʻlmaganligi uchun Suleyman Bey hokimiyatini tan olgan. Gazi 1322-yilda vafot etganidan keyin, Sinopda qizi oʻz bekligini eʼlon qiladi. Ammo Suleyman Bey qizni oʻldirtirgan va Sinop shahri butunlay Candaroğulları bekligi tarkibiga qoʻshib olingan. Suleyman Bey Sinop shahriga katta oʻgʻli İbrahim Bey I hokim qilib tayinlagan. Mesalik-ül Ebsar va Ettarif asarida, Suleyman Beyning 40 dan oshiq shahar va qal’alari borligi, 25-30 ming otliq askarlari mavjudligi va kerak boʻlgan payt askarlar sonini yanada koʻpaytira olishi va Mamluklar davlati bilan doʻstona aloqalar oʻrnatgani haqida yozib qoldirilgan.

Beklikning ahvoli

tahrir

Beklik Suleyman Beyning otasi Yaman Candar davridagi kabi Hulokuiylar davlatiga vassal holda boshqarilar edi. Bu vassllik Abu Said Bahodirxon vafot etishi bilan nihoyasiga yeta boshlagan.

Bekligining oxirgi vaqtlari va vafoti

tahrir

Suleyman Beyning qachon va qanday vafot etganligi haqida maʼlumotlar uchramaydi. Ammo oʻgʻli İbrahim Bey I 1341-yilda beklik taxtiga chiqqani haqida manbalar, Suleyman Beyning katta ehtimol bilan 1340-yilda vafot etganligini bildiradi. Ibrahim Bey ukasi Choban valiaht deb eʼlon qilishi ortidan isyon etgan va beklik taxtiga oʻtirgan[4]. Ibn Battuta beklikni ziyorat qilganida Suleyman Bey 70 yoshda boʻlganini aytgani bois, vafot etganida yoshi 80 ga yetgan boʻlishi kerak.

Manbalar

tahrir
  1. Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574
  2. Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806
  3. Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109
  4. Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 65.
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Yaman Candar
Candaroğulları beki
1309-1340
Vorisi:
İbrahim Bey I