Yashtux makoni — ilk paleolit davriga oid ibtidoiy odamlar manzilgohi. Suxumi shahri (Abxaziya Respublikasi)dan 3 km shim.da joylashgan. 1934-38 yillarda S. N. Zamyatnin tomonidan topib tekshirilgan. 1958 —60-yillarda I.Z. Berdzenishvili va 1961 —65 yillarda I. I. Korobkov tekshirgan. Yashtux makonidan tosh siniklari, nukleuslar,vaza chopqilar, oʻtkir tishli qurollar topilgan. Yashtux makonining madaniy qatlami saqlanmagan.