Yekaterina Dmitriyevna Aleksandrovskaya (ruscha: Екатерина Дмитриевна Александровская; 1-yanvar 2000-yil, Moskva — 18-iyul 2020-yil[1], Moskva) — ilgari rossiya vakili sifatida, keyinchalik esa avstraliya vakili sifatida Harley Windsor bilan juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashga figurali uchuvchi. Ular oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni (2017), oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri final chempioni (2017) va ikki karra Avstraliya chempioni (2017 va 2019) boʻlgan.

Yekaterina Aleksandrovskaya
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Ekaterina Dmitriyevna Aleksandrovskaya
Davlat Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Oldin vakil boʻlgan Rossiya bayrogʻi Rossiya
Yashash joyi Sidney, Avstraliya / Monreal, Kanada
Boʻyi 154
Sherigi Harley Windsor
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 190.31 (Nebelhorn Trophy 2017)
Qisqa dastur 66.45
Erkin dastur 125.80 (Nebelhorn Trophy 2017)

2018-yil 5-mayda bu juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 13-oʻrinni egallagan[2].

Faoliyati

tahrir

Olimpiya mavsumi

tahrir

Juftlik Wolkersdofda ishtirok etishgan, u yerda Nebelhorn saralash turnirida uchinchi oʻrinni egallab, oʻz mamlakatlari uchun Qishki Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan[3]. Bir hafta oʻtgach, avstraliyalik konkida uchuvchilar Gdanskdagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prida ishtirok etishgan va u yerda birinchi oʻrinni egallab, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻl olishgan[4]. Noyabr oyi oxirida Tallin shahrida boʻlib oʻtgan shahar turnirida avstraliyaliklar gʻolib boʻlishgan[5]. Juftlik Nagoyadagi final musobaqasida[6] ham gʻolib boʻlishgan. Final kuni Avstraliya rahbariyati Aleksandrovskayaga mamlakat fuqaroligini va Olimpiya oʻyinlarida erkin ishtirok etish imkoniyatini sovgʻa tariqasida taqdim etdi[7]. Juftlik qitʼa va Olimpiya oʻyinlariga yaxshiroq tayyorgarlik koʻrish uchun milliy chempionatlarni oʻtkazib yuborishga qaror qilishdi. Biroq, Gangneungdagi Olimpiya oʻyinlaridan ikki hafta oʻtgach, juftlik muvaffaqiyatsizlikka uchradi, natijada Janubiy Koreyadagi musobaqaning final qismiga chiqa olmadilar.

Vafoti

tahrir

Yekaterina Aleksandrovskaya 2020-yil 18-iyulda Moskvadagi 1905-Goda koʻchasida joylashgan uyning oltinchi qavatidagi derazadan sakrab vafot etgan[8]. Uning kvartirasidan oʻlimidan oldin yoilgan xat topilgan, xatda „sevaman“ soʻzi yozilgan edi[9][10]. Yekaterina Balashixada Nikolo-Arxangelsk qabristoniga dafn qilingan[11].

Sportdagi yutuqlari

tahrir

(Harley Windsor bilan)

Musobaqalar/mavsum 2016 — 2017 2017 — 2018 2018 — 2019 2019 — 2020
Olimpiya oʻyinlari 18
Jahon chempionati 16 16
Toʻrt qitʼa chempionati 11 6 WD WD
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 7
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup 7
Gran-pri bosqichlari: Skate America 7
Nebelhorn 3 9
Finlandia Cup 6 6
Warsaw Cup WD WD
AQSh xalqaro 3
Tallin kubogi 1
Jahon chempionati (oʻsmirlar) 1
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 5 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Chexiya 8
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Estoniya 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Latviya 4
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Polsha 1
Avstraliya chempionati 1 1
  • WD — sportchilar musobaqadan chiqib ketgan.

Manbalar

tahrir
  1. Soobщenie TASS (Wayback Machine saytida 2021-09-08 sanasida arxivlangan) // ТАСС.
  2. „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (en). ИСУ (2011-yil 23-iyun). 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-iyun.
  3. „Nebelhorn Trophy. Пары: Тарасова и Морозов победили, Савченко и Массо — вторые.“. 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-oktyabr.
  4. „Гран-при среди юниоров. 6-й этап. Пары. Александровская и Уиндсор одержали победу, Павлюченко и Ходыкин — вторые, Полуянова и Сопот — третьи.“. 2017-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-oktyabr.
  5. „Tallinn Trophy. Пары: Александровская и Уиндсор победили, Ефимова и Коровин — вторые, Полуянова и Сопот — третьи.“. 2018-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-may.
  6. „Финал Гран-при среди юниоров. Пары: Австралийцы Александровская и Уинсдор победили, Панфилова и Рылов — вторые, Павлюченко и Ходыкин — третьи.“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-dekabr.
  7. „Александровская получила гражданство Австралии.“. 2017-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-dekabr.
  8. „Трагически погибла фигуристка Екатерина Александровская“. 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyul.
  9. „Источник: фигуристка Екатерина Александровская покончила с собой“. TASS (2020-yil 18-iyul). 2020-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyul.
  10. Ryazov, Igor. „В квартире погибшей фигуристки Александровской нашли записку“. 5TV (2020-yil 18-iyul).
  11. „Екатерина Александровская похоронена на Николо-Архангельском кладбище в подмосковной Балашихе.“. 2020-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-iyul.