Yevgeniy Ivanovich Buzin (1916-yil 24-fevral, Orenburg viloyati, Rossiya imperiyasi – 1969-yil 26-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – mexanika sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1962), texnika fanlari doktori (1957). Oʻrta Osiyo davlat universitetini bitirgan (1939). Oʻrta Osiyo industrial institutida (1939—1940), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika va mexanika institutida (1950—1955), Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida (1959—1969) ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi texnika va geologiya-kimyo fanlari boʻlimida ilmiy kotib (1948—1950). Ilmiy ishlari deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar, suyuqlik va gaz mexanikasi nazariyalariga doir[1].

Yevgeniy Buzin
Tavalludi 24-fevral 1916-yil
Orenburg viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 26-aprel 1969-yil(1969-04-26)
(53 yoshda)
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Mexanika
Taʼlimi Oʻrta Osiyo Davlat universiteti

Tarjimai holi

tahrir

1916-yil 24-fevralda Orenburg viloyatida tugʻilgan[2].

1939-yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetini (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti) tamomlab, Oʻrta Osiyo sanoat institutiga (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti) ishga joylashdi[2].

1941—1943-yillarda Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan[3].[4]

1948—1950-yillarda – Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Prezidiumi texnika va geologik kimyo boʻlimi ilmiy kotibi. 1950—1955- yillarda – Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Matematika va mexanika institutida katta ilmiy xodim[2].

1955-yilda u Frunze politexnika institutiga (hozirgi I.Razzoqov nomidagi Qirgʻiz davlat texnika universiteti) ishga borib, u yerda dotsent lavozimini egalladi va shu yili konchilik va geologiya fakulteti tarkibida tashkil etilgan umumiy texnika kafedrasiga rahbarlik qildi. 1957-yilda Materiallar mustahkamligi kafedrasi bilan birlashtirilib, nazariy mexanika va materiallar mustahkamligi kafedrasi nomiga oʻzgartirilgach, u 1959-yilgacha rahbarlikni davom ettirgan[5].

1957-yilda texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi[2].

1959-yilda O‘zbekistonga qaytib, Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti amaliy mexanika kafedrasi mudiri, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik barqarorligi instituti boʻlim mudiri lavozimlarida ishlagan. 1962-yildan – Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi etib saylandi[3].

1969-yil 26-aprelda vafot etdi. Botkin qabristoniga dafn etilgan[3].

Oilasi

tahrir
  • Singlisi – Buzina Vera Ivanovna (1924-yil 15-fevral – 2001-yil 15-may, Toshkent);
  • Jiyani – Buzin Yuriy Aleksandrovich (1958-yil 7-mayda tugʻilgan).

Ilmiy faoliyati

tahrir

Yevgeniy Buzin asosan turli sohalarda deformatsiyalanadigan qattiq jismlar mexanikasi ustida ishlagan. Bundan tashqari, uning ilmiy qiziqishlari suyuqlik va gaz mexanikasi muammolarini oʻz ichiga oladi[2]. Olim 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi[3].

Manbalar

tahrir
  1. "Buzin Yevgeniy Ivanovich" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Бузин Евгений Иванович“, Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2000 — 677-bet. (oʻzb.)
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Бузин Евгений Иванович“. Мемориал памяти выдающихся и знаменитых людей, оставивших след в истории Узбекистана. 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  4. Pamyat naroda
  5. „Горно-геологический факультет Фрунзенского политехнического института“. Проект «Кыргызский фотоархив». 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.