Yevgeniy Sigizmundovich Politovskiy (1874-yil 12-noyabr, Toshkent – 1905-yil 14-may) – kema quruvchi. Shuningdek, rus-yapon urushi qatnashchisi va Tinch okeanining ikkinchi eskadronining flagman dengiz muhandisi. Tsusima jangida „Knyaz Suvorov“ eskadronli zirhli kemasida halok boʻlgan.

Yevgeniy Politovskiy
Tavalludi 1874-yil 12-noyabr
Toshkent, Sirdaryo viloyati, Turkiston general-gubernatorligi Rossiya imperiyasi
Vafoti 1905-yil 14-may
Yapon dengizi
Qoʻshin turlari Naval ensign of Russia Harbiy-dengiz floti
Jang/urush Susima jangi Rus-yapon urushi
Mukofotlari RUS Imperial Order of Saint Stanislaus ribbon Stanislav ordeni (Rossiya imperiyasi)

Hayoti tahrir

Yevgeniy Sigizmundovich Politovskiy 1874-yil 12-noyabrda[1] Toshkent shahrida tugʻilgan. Surgun qilingan polshalik isyonchi Sigizmund Feliksovich Politovskiy (1842-yilda tugʻilgan) oilasidan chiqqan.

Yevgeniy Politovskiy 1894-yildan beri xizmatda. 1897-yilda Kronshtadtdagi Dengizchilik boʻlimi texnik maktabining kemasozlik boʻlimini tamomlagan[1]. 1899-yilda Borodino jangovar kemasi quruvchisining yordamchisi, kichik kema quruvchisi K. M. Tokarevskiy etib tayinlanadi. Kema qurilishi „yangi admirallik“ verfiyasida portning bosh kema muhandisi D. V. Skvortsovning umumiy rahbarligida oʻtkaziladi.

Politovskiy 1889-yilning oxiri – 1900-yil boshlarida komissiya aʼzosi boʻlgan. Bunda „Admiral Apraksin“ qirgʻoq mudofaasi jangovar kemasini muz sharoitida qayta tiklash uchun qutqaruv ishlarini tashkil etish va oʻtkazishda bevosita ishtirok etadi. Qutqaruv ishlarining boshligʻi oʻquv artilleriya otryadi komandiri, kontr-admiral Z. P. Rojestvenskiy edi[2].

 
„Knyaz Suvorov“ jangovar kemasi

1901-yil 6-oktyabrda u 3-darajali Muqaddas Stanislaus ordeni bilan taqdirlangan.

Oilasi tahrir

Akasi – Apollinariy, aka-ukalarning eng kattasi. 1873-yil 6 (19)-iyulda tugʻilgan. Vladivostok va Sankt-Peterburgda yashagan. 1914-yilda sud maslahatchisi lavozimini egallagan.

Opasi – Nina. Sankt-Peterburgdagi Mariinskiy gimnaziyasini tamomlagan. 1904-yil avgustdan Rossiya-Yaponiya urushi harbiy operatsiyalari teatrida hamshira, 1905-yil martdan oktyabrgacha – 63-dala koʻchma kasalxonasida oldingi lavozimlarda ishlagan[3][4].

Ukasi – Sergey (1880-yil 3-oktyabr – 1936-yil 8-noyabr) – dengiz korpusini tamomlagan. Birinchi jahon urushi paytida Krepkiy, keyin Gaydamak esminetlariga qoʻmondonlik qilgan. 1917-yilning yanvar oyida 1-darajali kapitan unvoniga sazovor boʻladi. Fuqarolar urushidan keyin surgunda boʻlib, Tallinda vafot etgan[5].

Turmush oʻrtogʻi – Sofiya Gerasimovna (taxminan 1885-yilda tugʻilgan), irsiy faxriy fuqaro Karpenkoning qizi. Sofiya va Yevgeniyning toʻyi 1900-yil 26-mayda boʻlib oʻtgan[4].

Xotirasi tahrir

  • Tom Klansining „Qizil oktyabr uchun ov“ romanida sovet harbiy-dengiz flotining zamonaviy atom suvosti kemalaridan biri E. S. Politovskiy sharafiga „E. S. Politovskiy“ deb nomlangan (aslida dengiz flotida bunday nomdagi suvosti kemasi mavjud emas edi).
  • Flagman kema muhandisi Yevgeniy Sigizmundovich Politovskiy A. S. Novikov-Priboyning „Tsushima“, V. P. Kostenkoning „Tsusimadagi Orel“ kitoblarida eslatib oʻtilgan[6].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Список генералам, штаб и обер-офицерам корпусов корабельных инженеров морской строительной части. СПб.: Типография морского министерства, 1902 — 88 bet. 
  2. Gribovskiy V. Yu. Bronenoses beregovoy oboroni „General-admiral Apraksin“. -SPb. „Gangut“, vip. 18, 1999.
  3. Istina o russko-yaponskoy morskoy voyne. T. 1. SPb., 1907. S. 296.
  4. 4,0 4,1 Pensionnoe delo s poslujnim spiskom Ye. S. Politovskogo. RGAVMF. F. 417. Op. 5. D. 1780.
  5. Politovskiy Sergey Sigizmundovich. Biografiya[sayt ishlamaydi] na sayte „Russkaya Estoniya“.
  6. Kostenko V. P. Na „Orle“ v Tsusime. – L.: Sudpromgiz, 1955. – 544 s. – 35000 ekz