Yovuz Salim masjidi
Yovuz Salim masjidi, shuningdek, Salim I masjidi yoki Yovuz Sulton Salim masjidi (turkcha: Yavuz Selim Camii) – XVI asrga oid Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahri 5-tepaligida, Çukurbostan (talaffuzi: Chuqurboʻston) mahallasida, Oltin shox tomonga qaragan holda bunyod etilgan. Masjid kattaligi va geografik joylashuvi jihatidan Istanbuldagi eng diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi.
Masjid | |
Mamlakat | Turkiya |
Koordinatalar | 41°01′35.6″N 28°57′4.8″E / 41.026556°N 28.951333°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1520—1521—1527—1528 |
Balandligi | 32.5 m (107 ft) |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar balandligi | 45 m (148 ft)? |
Qurilish materiali | ashlar, granit, marmar |
Holati | amaldagi |
Yovuz Salim masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirYovuz Salim masjidi Istanbuldagi ikkinchi eng qadimgi Usmonli masjididir. Bino meʼmor Alouddin (Acem Alisi) tomonidan Usmonli sultonlaridan biri Sulaymon I topshirigʻiga koʻra 1520-yilda vafot etgan Salim I xotirasiga bagʻishlab qurilgan[1]. Inshoot 1527–1528-yillarda qurib bitkazilgan. Masjid qurilishida Xoʻja Sinonning meʼmorchilik uslublaridan foydalanishga urinilgan degan taxminlar mavjud, ammo ushbu maʼlumotni tasdiqlovchi manbalar mavjud emas. Biroq masjid bogʻidagi maqbaralardan biri aynan meʼmor Xoʻja Sinonning loyihasi hisoblanadi.
Arxitekturasi
tahrirTashqi koʻrinishi
tahrirMasjid Konstantinopoldagi uchta Rim suv omborlarining eng kattasi boʻlgan Aspar sardoniga qarovchi terassada bunyod etilgan. Katta hovlida (avlu) har xil turdagi marmar va granitdan ishlangan ustunli ayvon mavjud. Masjidda, shuningdek, turli bezaklar bilan ishlov berilgan rangli, koshinli panellar ham mavjud boʻlib, ular Usmonli saroyida ishlaydigan bir guruh eronlik hunarmandlar tomonidan ishlangan[2]. Masjidning yon tomonida esa egizak minoralar mavjud.
Ichki koʻrinishi
tahrirMasjidning ichki qismi tomonlari 24.5 metr (80 ft) boʻlgan oddiy kvadrat shaklidagi xonalardan iborat boʻlib, balandligi 32.5 metr (107 ft)ni tashkil qiladi, yuqori qismi gumbaz bilan qoplangan[3]. Asosiy xonaning shimoliy va janubiy qismlarida joylashgan gumbazli yoʻlaklar toʻrtta kichik gumbazli xonalarga olib boradi, ular sayohatchi darvishlar uchun hospis sifatida xizmat qilishi kerak boʻlgan.
Qabrlar
tahrirMasjid orqasidagi bogʻda, Oltin shoxga qaragan ushbu hududda 1523-yilda qurib bitkazilgan sulton Salim I ning maqbarasi joylashgan. Bino tashqi tomondan sakkiz burchakli boʻlib, ayvon qismi oʻziga xos dizayndagi kafel panellari bilan bezatilgan[3].
Ikkinchi sakkiz qirrali, tashqi qismidagi toshga oʻyilgan uzun yozuvli maqbarada Sulaymon I ning toʻrt nafar farzandi qabri joylashgan. Maqbaralar Xoʻja Sinon tomonidan bunyod etilgan boʻlib, qurilish davri 1556-yilga toʻgʻri keladi. Bogʻdagi uchinchi maqbara 1861-yilda Sulton Abdulmajid I ning vafotidan biroz oldin qurilgan.
Galereya
tahrir-
Egizak minoralardan biri
-
Kirish qismidagi yozuv
-
Masjid hovlisidagi tahorat oladigan favvora
-
Yon kirish eshigi
-
Yovuz Salim masjidi
-
Yovuz Salim masjidi
-
Sulton Salim I Yovuz maqbarasi
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Carswell, John. Iznik Pottery. London: British Museum Press [1998], 2006. ISBN 978-0-7141-2441-4.
- Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture. London: Thames & Hudson [1971], 2003. ISBN 0-500-27429-0.
- Necipoğlu, Gülru (1990). "From International Timurid to Ottoman: a change of taste in sixteenth-century ceramic tiles". Muqarnas 7: 136–170. doi:10.2307/1523126. http://archnet.org/sites/2024/publications/3340.
- Necipoğlu, Gülru. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 2005. ISBN 978-1-86189-253-9.
- Faroqhi, Suraiyah. Subjects of the Sultan: Culture and Daily Life in the Ottoman Empire. I B Tauris, 2005. ISBN 1-85043-760-2.
- Freely, John. Blue Guide Istanbul. W. W. Norton & Company, 2000. ISBN 0-393-32014-6.
- Rogers, J.M.. Sinan: Makers of Islamic Civilization. I B Tauris, 2007. ISBN 978-1-84511-096-3.