Yukhym Konoplya
Yukhym Dmytrovych Konoplya (talaffuzi: Yuxim Konoplya; 1999-yil 26-avgustda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. Ukraina Premyer-ligasi vakili Shakhtar Donetsk klubida himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yukhym Dmytrovych Konoplya | ||
Tavallud sanasi | 26-avgust 1999-yil | ||
Tavallud joyi | Donetsk, Ukraina | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shakhtar Donetsk | ||
Raqami | 26 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2012—2017 | Shakhtar Donetsk | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017— | Shakhtar Donetsk | 15 | (2) |
2019—2021 | → Desna Chernihiv (ijara) | 44 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2014—2015 | Ukraina U17 | 7 | (0) |
2016 | Ukraina U18 | 1 | (0) |
2018 | Ukraina U19 | 4 | (0) |
2019 | Ukraina U20 | 8 | (0) |
2019—2020 | Ukraina U21 | 7 | (1) |
2020— | Ukraina | 5 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (21-oktabr 2022-yil uchun) |
Klublardagi faoliyatiTahrirlash
Shakhtar DonetskTahrirlash
Donetskda tugʻilgan Konoplya Shakhtar akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. 2017—2018- va 2018—2019-yilgi mavsumlarda UEFA Yoshlar ligasida Donetskning „Shakhtar“ jamoasi bilan o‘ynagan.
Desna ChernihivTahrirlash
2019-yilning yozida Desna Chernihiv klubiga ijaraga oʻtdi va 2019-yil 3-avgustda Poltavaning „Vorskla“siga qarshi oʻyinida ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib Ukraina Premyer-ligasida sifatida debyut qildi[1]. Mavsum yakunida klub tarixda ilk bor UEFA Yevropa ligasiga yo‘llanma oldi[2]. 2020-yilning yozida Desna Chernihiv bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishga rozi boʻldi[3][4]. 2020-yil 30-sentabr kuni Chernigov klubi bilan Ukraina kubogi doirasida Rux Lvovga qarshi o‘ynadi. Uchrashuv Desna foydasiga hal boʻldi va klub 1/8 final bosqichiga yo‘llanma oldi[5]. 2021-yil 9-may kuni Ukraina Premyer-ligasida Mariupolga qarshi o‘yinda debyut golini urdi[6].
DonetskTahrirlash
2021—2022-yilgi mavsumTahrirlash
2021-yilning yozida Shakhtar bilan shartnoma imzoladi[7]. 21-avgust kuni „Chornomorets“ stadionida „Chornomorets Odesa“ga qarshi klub mavsumdagi debyutini oʻtkazdi[8]. 22-sentyabr kuni 2021-yilgi Ukraina Superkubogi doirasida Kiyevdagi „Olimpiyskiy MSK“ stadionida Dinamo Kievga qarshi bahsda 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv Shakhtar foydasiga hal boʻldi[9][10]. 3-dekabr kuni Ukraina Premyer-ligasidagi ilk golini Lviv darvozasiga kiritdi[11].
Xalqaro faoliyatiTahrirlash
Ukraina U20Tahrirlash
20 yoshgacha boʻlgan Ukraina milliy terma jamoasi tarkibi bilan Konoplya 2019-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida gʻolib chiqqan[12]. Ukrainaning muvaffaqiyatida muhim rol oʻynadi, yettita uchrashuvning oltitasida maydonga tushdi va toʻrtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ukraina U21Tahrirlash
Konoplya 21 yoshgacha boʻlgan Ukraina milliy terma jamoasiga kiritilgan, beshta oʻyinda ishtirok etgan. 2019-yilda Valeriy Lobanovskyi xotirasiga bagʻishlangan turnirda jamoasi bilan gʻalaba qozongan[13]. 2020-yil 8-sentyabrda 2021-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralashida Finlandiya darvozasiga gol urdi[14][15].
UkrainaTahrirlash
2020-yil oktabr oyida Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini hamda UEFA Millatlar ligasi doirasida Germaniya va Ispaniyaga qarshi o‘yinlar uchun Ukraina kattalar terma jamoasiga chaqirildi[16][17]. 7-oktabr kuni Stad de Fransda Fransiyaga qarshi milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi[18]. 14-noyabr kuni Leipzigdagi Red Bull Arenada Germaniyaga qarshi oʻyinda ishtirok etdi[19].
Shaxsiy hayotiTahrirlash
2022-yil 9-yanvarda Konoplya Anastasiya Hladun bilan turmush qurdi[20].
Faoliyat statistikasiTahrirlash
KlubTahrirlash
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Liga | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Desna Chernihiv (ijara) | 2019—2020 | Ukraina Premyer-ligasi | 22 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 0 |
2020—2021 | 22 | 1 | 2 | 0 | 1 [lower-alpha 1] | 0 | 0 | 0 | 25 | 1 | ||
Jami | 44 | 1 | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 49 | 1 | ||
Shakhtar Donetsk | 2021—2022 | Ukraina Premyer-ligasi | 9 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 [lower-alpha 2] | 0 | 11 | 1 |
2022—2023 | Ukraina Premyer-ligasi | 6 | 1 | 1 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 12 | 1 | |
Jami | 15 | 2 | 2 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 23 | 2 | ||
Jami faoliyati | 59 | 3 | 6 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 72 | 3 |
- ↑ Appearance(s) in UEFA Europa League
- ↑ Appearance(s) in Ukrainian Super Cup
XalqaroTahrirlash
- 19-may, 2022-yil holatiga koʻra[21]
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Ukraina | 2020 | 3 | 0 |
2022 | 2 | 0 | |
Jami | 5 | 0 |
FaxrlarTahrirlash
Shakhtar Donetsk
- Ukraina Superkubogi: 2021
Shakhtar Donetsk U19
- 19 yoshgacha boʻlgan Ukraina Premer-ligasi ikkinchi oʻyinchisi: 2017-18
Ukraina U20
- FIFA U-20 Jahon chempionati: 2019
Ukraina U21
- Valeriy LobanovskyI xotirasiga bagʻishlangan turnir: 2019-yil
MaNBalarTahrirlash
- ↑ „Favbet Ліга. 2-й тур Матч №12“ (uk). UPL Official Web Site (28-avgust 2019-yil).
- ↑ „Yukhym Konoplya qualified with Desna for the Europa League third qualifying round“. thetimeshub.in. Qaraldi: 20-iyul 2020-yil.
- ↑ „Десна договорилась с Шахтером о продлении аренды Конопли“. football.ua. Qaraldi: 5-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Yukhym Konoplya extended the contract with Desna“. www.desna.football. Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
- ↑ „Перемога в Кубку України: Десна - Рух“. Ukrainian Premier League. Qaraldi: 30-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Маріуполь — Десна — 4:1“. Ukrainian Premier League. Qaraldi: 9-may 2021-yil.
- ↑ „Конопля відправиться на навчально-тренувальні збори з Шахтарем“. www.sport.ua. Qaraldi: 20-iyun 2021-yil.
- ↑ „CHORNOMORETS VS. SHAKHTAR DONETSK 0 - 3“. www.soccerway.com. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.
- ↑ „Шахтар розгромив Динамо і завоював Суперкубок України – Де Дзербі переграв Луческу в дебютній дуелі тренерів“. www.football24.ua. Qaraldi: 22-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Шахтар 3 : 0 Динамо“. Ukrainian Premier League. Qaraldi: 22-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Шахтер 6-1 Львів“. Ukrainian Premier League. Qaraldi: 3-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Spirited comeback earns Ukraine first U-20 title“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (15-iyun 2019-yil). 15-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Мемориал Лобановского возвращается на Олимпийский“ (ru). www.ua-football.com (21-may 2019-yil). Qaraldi: 22-may 2019-yil.
- ↑ „Finland U21 - Ukraine U21 0-2“. www.uefa.com. Qaraldi: 8-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Фінляндія U-21 – Україна U-21 – 0:2“. www.football24.ua. Qaraldi: 8-sentabr 2020-yil.
- ↑ Strack-Zimmermann. „Ukraine (2020)“. www.national-football-teams.com.
- ↑ „Ukraine - Record International Players“. www.rsssf.com.
- ↑ „France 7 - Ukraine“. www.uefa.com. Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Germany 3 - 1 Ukraine“. www.uefa.com. Qaraldi: 15-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Конопля одружився з колишньою дівчиною Попова“. www.sport.ua. Qaraldi: 9-mart 2022-yil.
- ↑ 21,0 21,1 Yukhym Konoplya Soccerway saytida
- ↑ „Konoplia Yukhym Dmytrovych“. Ukrainian Premier League. Qaraldi: 10-oktabr 2020-yil.