Yunusobod yoʻli
Toshkent metrosining uchinchi Yunusobod yo'li (liniyasi)
(Yunusobod yo'lidan yoʻnaltirildi)
Yunusobod yoʻli — Toshkent metropoliteni yoʻllaridan biri. 2001-yil 26-oktyabrda yoʻlga qoʻyilgan. 2016-yil noyabrda avvaldan qurilishi rejalashtirilgan Yunusobod va Turkiston bekatlarini qurish ishlari boshlab yuborildi. Qurilishga 108 million dollar ajratilgan. Bekatlar 2020-yil 29-avgustda foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Fayzulla Xoʻjayev, Bobur, Toʻqimachilar, Usmon Nosir, Janubiy bekatlari loyihasi bekor qilindi[1][2][3].
Yunusobod yoʻli | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Bekatlar
tahrir- Mingoʻrik (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — Oʻzbekiston yoʻlining Oybek bekatiga o'tiladi.
- Yunus Rajabiy (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — Chilonzor yoʻlining Amir Temur xiyoboni bekatiga o'tiladi.
- Abdulla Qodiriy (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) —
- Minor (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) —
- Bodomzor (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) —
- Shahriston (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — 2015-yil 16-iyungacha nomi "Habib Abdullayev" bo'lgan
- Yunusobod (metro bekati) (29-avgust 2020-yilda ishga tushgan) —
- Turkiston (metro bekati)[4] (29-avgust 2020-yilda ishga tushgan)[5] —
Harakat tarkibi
tahrirYunusobod yoʻlida 81-717/714 raqamli vagonlardan iborat toʻrt vagonli poyezd harakatlanadi.[6]
Avariya
tahrir- 2019-yil 18-dekabrda Yunusobod bekati qurilishida yon devorning qulab tushishi oqibatida avariya holati kelib chiqqan.[7] Hodisa joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari, qutqaruchilar, shifokorlar yetib kelishgan, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan[8] Oʻzbekiston Bosh vaziri boshchiligida avariya oqibatlarini bartaraf etish komissiyasi tuzildi[9]
- Hodisaga kuchli yomgʻir natijasida beton devorning orasiga suv toʻplanib, devor ogʻirlik oqibatida qulab tushgani aytildi[10].
- Qutqaruv yakunlandi. Qurbonlar soni 6ta ekani aytildi[11].
- 19-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan hodisa yuzasidan jinoiy ish ochildi[12][13][14]
- Saylovlar doirasidagi anjumanlarda deptatlar qurilish sohasiga mas’ul shaxslarni tanqid qilishgan[15]. Go Uzbekistan loyihasi muallifi esa Yunusobod bekatiga „Quruvchilar“ nomini berishni taklif qilgan[16].
- Oʻzbekiston temir yoʻllari halok boʻlgan har bir ishchining oilasi uchun 100 million soʻm (taqriban 10400 dollar) tovon puli ajratdi[17].
Manbalar
tahrir- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/11/06/toshkent-metropoliteni-42-yoshini-qarshiladi
- ↑ „Метронинг Юнусобод йўналишидаги иккинчи туннелда бурғилаш ишлари якунланди“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги кўчалардан бири вақтинча ёпилади“. Kun.uz.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/06/16/toshkent-metrosining-yunusobod-yonalishida-ikkita-bekat-qurib-bitkazildi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/08/29/prezident-toshkent-metrosining-qurilishi-tugallangan-yunusobod-yonalishi-bilan-tanishdi
- ↑ http://metrotashkent.narod.ru saytida Yunusobod yoʻli
- ↑ „Тошкент метросининг Юнусобод йўналиши қурилишида авария содир бўлди. Тупроқ остида бир неча киши қолиб кетган бўлиши мумкин“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги метро аварияси: Бир неча ишчининг тақдири номаълумлигича қолмоқда“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги авария оқибатларини бартараф этиш бўйича ҳукумат комиссияси тузилди“. Kun.uz.
- ↑ „ФВВ ва ССВ Юнусободдаги ер ўпирилиши бўйича маълумот берди“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги авария жойида тупроқ остидан яна бир жасад олиб чиқилди. Қурбонлар сони 6 нафар“. Kun.uz.
- ↑ „Прокуратура Юнусободдаги ҳодиса юзасидан жиноий иш очди“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги фожиа сабаби аниқланди“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусобод фожиаси бўйича тузилган махсус комиссия қарори қачон эълон қилинади?“. Kun.uz.
- ↑ „«Мутасаддилар халқдан узр сўрасин» - ЎзЛиДеП вакили Юнусободдаги фожиа ҳақида“. Kun.uz.
- ↑ „Тошкент метросининг янги қурилаётган бекатларидан бирига «Қурувчилар» номини бериш таклиф этилди“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги фожиада ҳалок бўлган ишчиларнинг оилаларига 100 млн сўмдан компенсация ажратилди“. Kun.uz.