Yuriy Moiseyevich Doljanskiy (ruscha: Юрий Моисеевич Должанский; 1923-yil 31-may — 1943-yil 27-noyabr) — sovet ofitseri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (16.10.1943).

Yuriy Doljanskiy
Asl ismi ruscha: Юрий Моисеевич Должанский
Tavalludi 31-may 1923-yil
Vesyolie Terni (hozirgi Krivoy Rog), Ukraina SSR
Vafoti 27-noyabr 1943-yil(1943-11-27)
(20 yoshda)
Ukraina SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1941-1943-yillar
Unvoni Sovet gvardiyasi katta leytenant
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
||

Hayoti

tahrir

1923-yil 31-mayda Vesyolie Terni qishlogʻida (hozirgi Krivoy Rog) tugʻilgan. Urushgacha Namangan viloyatida yashab, tahsil olgan va Namangan harbiy komissarligi tomonidan harbiy xizmatga chaqirilgan. 1941-yil iyulda Krivorojsk konchilik institutining elektromexanika fakulteti talabasi Doljanskiy Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yilda harbiy-siyosiy maktabni tugatgan. Bryansk va Markaziy frontlarda jang qilgan. Volga, Kursk janglarida va Ukrainaning chap sohillarini ozod qilishda qatnashgan. Uning harbiy mahorati Dnepr uchun boʻlgan jangda namoyon boʻlgan[1].

1943-yil 26-sentyabrda Doljanskiy birinchi koʻngillilar qatorida Parijev qishlogʻi (Chernobil tumani, Kiyev viloyati) yaqinida Dneprni kechib oʻtadi. Boʻlinma daryoni qoʻqqisdan kechib oʻtishga va Dneprning oʻng qirgʻogʻidagi „kichik hududni“ mustahkam egallashga ulguradi. Bu holni kutmagan fashist oʻqchilari birinchi hujumni boshlaydilar. Doljanskiy bir guruh askarlar bilan yaqinlashib kelayotgan dushmanga toʻqnashib, olov, qoʻndoq va nayzalari bilan qarshilik koʻrsatadi hamda dushmanni halok boʻlganlar va yaradorlarni qoldirib, orqaga chekinishga majbur qiladi. Koʻp oʻtmay desantchilarni birdaniga oʻqqa tutish boshlanadi. Keyin zirhli mashinalar panasida fashistlar oldinga harakatni boshlaydi. Doljanskiy dushmanning oʻziyurar artilleriya qurilmasini tankka qarshi quroldan aniq nishonga olib, yoʻq qilishga muvaffaq boʻladi. Bir nechta zirhli mashinalar qulay pozitsiyaga joylashgan jangchilar tomonidan yakson qilinadi. Fashistlarning oʻqchilari 20-30 metrga yaqinlashganda, buyruqqa binoan ular tomon granatalar otiladi. Portlashdan keyin Doljanskiy okopdan sakrab chiqadi. Uning ortidan qurol ushlashga qodir har bir askar fashistlar bilan qonli jangga kiradi. Dushman shafqatsiz hujumga dosh berolmadi. Yuzga yaqin fashistlar yoʻq qilinadi. Yana bir hujum qaytariladi[2].

Berestovets qishlogʻi (Boronensk tumani, Chernigov viloyati) yaqinida 300 dan ortiq nemislar tanklar va samolyotlar koʻmagida hujumga oʻtadi. Ana shunday qaltis vaziyatda Doljanskiy shaxsiy tarkibni ruhlantirib, kuch jihatdan teng boʻlmagan dushmanni toʻxtatishga erishadi. Shuningdek, Furmanka qishlogʻi uchun kechgan janglarda shaxsan oʻzi uch nafar nemis askarini asirga oladi[3].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 16-oktyabrdagi farmoni bilan „Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, Yuriy Doljanskiy Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Ammo jasur ofitserga tirikligida Vatanning munosib mukofotiga sazovor boʻlish nasib etmadi. 1943-yil 27-noyabrda Yuriy Doljanskiy jangda halok boʻladi. Yuriy Doljanskiy Kiyevda Ikkinchi jahon urushi askarlarining abadiy shon-sharaf bogʻiga dafn etilgan[4].

Xotira

tahrir
  • Kievdagi shon-shuhrat bogʻida Doljanskiyga yodgorlik lavhasi oʻrnatildi.
  • Krivoy Rog maktabida yodgorlik oʻrnatildi.
  • Krivoy Rogda shahar koʻchalaridan biriga Yuriy Doljanskiy nomi berilgan[4].

Manbalar

tahrir