Yuriy Nikolayevich Pavlov (1923-yil 17-noyabr, Namangan, Oʻzbekiston SSR) — sovet askari, SSSRda xizmat koʻrsatgan sinov uchuvchisi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, kapitan (1967-yil).

Yuriy Nikolayevich Pavlov
Tavalludi 1923-yil 17-noyabr
SSSR, Oʻzbekiston SSR, Namangan viloyati
Qoʻmondonlik qilgan Minomyot vzvod komandiri

Biografiyasi tahrir

1923-yilda Namangan shahrida tavallud topgan[1]Заслуженные испытатели СССР, 2015. 

1941-yilning iyul oyidan boshlab SSSR qurolli kuchlari safida xizmat qila boshlagan. Oʻsha yili Orenburg shahridagi Chkalovskiy otliqlar maktabiga ham oʻqishga kiradi[1]Заслуженные испытатели СССР. .

Ukraina markaziy, birinchi va toʻrtinchi frontlari qoʻshinlari tarkibidan Ulugʻ Vatan urushi jang maydonlarida jang olib borgan[1]Заслуженные испытатели СССР. . Kursk jangida, Chernigov-Pripyat, Kiev mudofaa va hujumlarida, Jitomir-Berdichev, Rivne-Lutsk, Proskurov-Chernovsi, Lvov-Sandomierz, Karpat-Ujgorod, Gʻarbiy Karpat va Moraviya-Ostrava operatsiyalarida ham ishtirok etgan[1]. 1943-yilda ikki marta, birinchi marta 28-iyulda, ikkinchi marta noyabr oyida janglarda jarohat olgan[1].

Urushdan keyin Pavlov Karpat harbiy okrugida xizmat qilishni davom ettiradi, keyinchalik 1946-yilda zahira qoʻshinlari safiga qoʻshiladi. 1946—1948-yillarda Kuybishev sanoat texnikumida tahsil olgan[1][2]. 1952-yilga kelib, Kiev fuqarolik havo floti muhandislari institutini tugallaydi[1][2].

1952—1962-yillarda fuqarolik havo floti ilmiy-tadqiqot institutida muhandis, soʻngra yetakchi muhandis boʻlib faoliyat olib borgan[2]. 1950-yildan 1952-yilga qadar Pavlov Kiev aeroklubida parvoz va samolyot sporti bilan faol shugʻullangan[1]Симонов А. А. „Павлов Юрий Николаевич“,. Заслуженные испытатели СССР, 2-е изд., доп., Москва: Фонд «Русские витязи», 2015 — 154 bet. ISBN 978-5-9906036-9-1. .

1962-yil dekabr oyidan 1983-yil noyabr oyiga qadar parvozlar ilmiy-tadqiqot institutida sinovchi uchuvchi boʻlib xizmat qilgan[1]Заслуженные испытатели СССР. . Bundan tashqari, Pavlov institutda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha Mi-2, Mi-4, Mi-6, Mi-8, Mi-10, Mi-24, Ka-25 mashinalari va ularning modifikatsiyalari boʻyicha test dasturlari toʻplamini tugatgan[1][2].

Hozirgi kunda Yuriy Pavlov Moskva shahrida istiqomat qiladi.

Mukofotlari va unvonlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Симонов А. А. „Павлов Юрий Николаевич“,. Заслуженные испытатели СССР, 2-е изд., доп., Москва: Фонд «Русские витязи», 2015 — 154 bet. ISBN 978-5-9906036-9-1. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Павлов Юрий Николаевич“,Авиационная энциклопедия в лицах. Москва: Барс, 2007 — 455 bet. ISBN 978-5-85914-075-6. 

Adabiyotlar tahrir

  • Vasin V. P., Simonov A. A. Ispitateli LII. — Jukovskiy: Aviatsionniy Pechatniy Dvor, 2001. — S. 80. — 192 s. — ISBN 5-93705-008-8.
  • Dobroxotov V. A. Ispitateli vertolyotov. Kniga pervaya. Ispitateli vertolyotov OKB M. L. Milya. — Moskva, 2010.

Havolalar tahrir