Yusuf Soʻfi (1380-yilda vafot etgan, Urganch) – Qoʻngʻirot soʻfilari sulolasidan boʻlgan Xorazm hukmdori (13751380).

Yusuf Soʻfi
Xorazmshoh
Mansab davri
1372 – 1380
Oʻtmishdoshi Husayn Soʻfi
Vorisi Sulaymon Soʻfi
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 1380-yil
Urganch
Mansubligi qoʻngʻirot soʻfilari

Kelib chiqishi

tahrir

Yusf Soʻfi turkiylashgan qoʻngʻirot qabilasidan boʻlib, Husayn Soʻfi asos solgan Xorazmda hukmronlik qilgan soʻfilar sulolasining vakili boʻlib, sulola vakillari 1370-yil boshidan 1388-yilgacha Amir Temurga qarshi mustaqillik uchun kurashgan. Amir Temur Yusuf Soʻfini sulh shartnomasini tuzishga taklif qilib, sulhni qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlagan. Amir Temur taklifi bilan Yusuf Soʻfi akasi Oq Soʻfining Xonzoda begim nomi bilan mashhur boʻlgan qizi Sevinbekani (malikani onasi Shakarbeka Oʻzbekxonning qizi boʻlgan) Temurning oʻgʻli Jahongir Mirzoga turmushga beradi[1].

Amir Temur bilan kurashi

tahrir

Urusxon bilan urush olib borayotgan Amir Temurning yoʻqligidan foydalanib, 13751376-yillarda Yusuf Soʻfi Kat va Xiva shaharlarini egallaydi. Temurning xabarchisi va elchisini qamoqqa oladi. Tuybugʻa qoʻmondonligi ostidagi xorazm qoʻshinlari Buxoro atrofida bosqinlar uyushtiradilar. 13761377-yillarda Amir Temur Moʻgʻuliston xoni Qamaraddinga qarshi yurish qilib, Yusuf Soʻfidan yurishda qatnashishni talab qiladi, ammo bu talab bajarilmaydi va Xorazm qoʻshinlari Buxoro va Samarqand chekkalariga bosqinlarni kuchaytiradilar[2].

Oʻlimi

tahrir

13791380-yillarda Amir Temur nihoyat Yusuf Soʻfiga qarshi yurish qilib, Urganchni qamal qildi. Qamal paytida Yusuf Soʻfining Ming Soʻfi bilan orasidagi nizo avj oladi[2]. Yusuf Soʻfi Ming Soʻfi tomonidan hokimiyatdan agʻdarilib, oʻldiriladi. Keyinroq esa uning tarafdorlari amir Xoʻjalak boshchiligidagi Amir Temurga shahar darvozasini ochib beradilar. Amir Temur oʻzi bilan Xorazm hunarmandlari, olimlarini Samarqand va Keshga olib ketadi. Biroq Amir Temur qoʻngʻirot soʻfilari sulolasini yoʻq qilmaydi va hokimiyat tepasiga Sulaymon Soʻfi keladi[2].

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Б.А. Ахмедов. Государство кочевых узбеков. Москва, «Наука», 1965